James d. Gwartney


Video: Baham ko'rish iqtisodiyoti


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Baham ko'rish iqtisodiyoti
Turli tejamkor strategiyalardan birini tanlash yoki ularga obuna bo'lish sizga o'zingiz
istagan boshqa buyumlarga ega bo'lish imkonini beradi. O'ylamasdan yangi buyumlarni xarid
qilishdan tashqari, sizda ko'plab boshqa variantlar ham mavjudligini unutmaslik muhimdir.


254
Kutilmagan vaziyatga tayyor bo'ling
Biz jamg'armaning kelajagingiz uchun ahamiyati to'g'risida gaplashib oldik. Bundan tashqari,
sizga favqulodda holatlar uchun ham jamg'arma hisob raqami zarur bo'ladi. Buning o'zi nima?
Hayot kutilmagan hodisalarga to'la: goh mashinangiz buzilib qoladi, goh tomdan suv oqadi,
goh quruqchilik ekinlarni barbod qiladi, goh farzandingiz qo'lini sindirib qo'yadi va
hokazolar
(105)
. Biz qaysi biri va u qachon yuz berishini oldindan aytib berolmaymiz. Ammo
uzoq vaqt davomida har bir xonadon ushbu kutilmagan xarajatlarga duch kelishini bilamiz.
Shuning uchun bularga moliyaviy tayyor turish kerak. Favqulodda holatlar uchun jamg'arma
hisob raqami mana shu maqsadni nazarda tutadi. U qattiq emotsional stressga va og'ir
moliyaviy holatga olib kelishi mumkin bo'lgan kutilmagan xarajatlarni qoplashingizga
ko'maklashadi.
Yoki aksincha, kutilmagan holatlar paydo bo'lishini kutib, keyin ularni qanday bartaraf
ELEMENT 4.6
Har oy favqulodda holatlar uchun mo'ljallangan jamg'arma hisob raqamiga mablag'
(«qora kun» uchun mablag') ajratishni boshlang.


255
etish uchun reja tuzish mumkin. Bu ko'pincha kredit karta qarzining ko'payishini yoki boshqa
noqulay shartlar bilan qarz olishni anglatadi. Shunda siz foiz xarajatlari va olingan qarzning
qaytarish yo'llarini topishingiz lozim bo'ladi. Boshqa holarlarda bu favqulodda holatlar uchun
o'zlari mablag' to'plashga aqli yetgan oila yoki tanish-bilishlardan yo'rdam so'rashni anglatishi
mumkin. Bular bilan bog'liq tashvishlar noto'g'ri moliyaviy qarorlar qabul qilinishiga olib
kelishi mumkin.
Bunday voqealar uchun siz muntazam ravishda qancha mablag' ajratishingiz kerak?
Buning bir yo'li siz, va qarindoshlaringiz, va qo'shnilaringiz bilan o'tgan yil yuz bergan
kutilmagan holatlarning ro'yxatini tuzib, har birining xarajatini hisoblab chiqishdan iborat.
Mashinani ta'mirlash, kutilmagan safar, shifokorga ko'rinish, uy-joy anjomlarini almashtirish
va o'tgan yili bo'lgan boshqa kutilmagan holatlarni eslang. Xarajatlarni qo'shib chiqib, o'n
ikkiga bo'ling va shuncha miqdordagi mablag'ni qora kun uchun mo'ljallangan hisob
raqamingizga ajratib borishni boshlang.
Har ehtimolga qarshi, kelajakdagi kutilmagan omadsizlikka tayyor bo'lish uchun siz
ushbu hisob raqamingizga o'rtacha ehtiyojga nisbatan sal ko'proq miqdorda mablag'
ajaratishingiz ham mumkin. Agar natijada ko'proq mablag' jamg'arsangiz, bu sizga qo'shimcha
moliyaviy xavfsizlikni ta'minlaydi. Agar jamg'arma miqdori o'sishni davom etsa, siz
keyinchalik uning bir qismini boshqa maqsadlarga ishlatishingiz yoki pensiya jamg'arma
dasturiga o'tkazishingiz mumkin. Eng asosiysi, jamg'arma uchun oylik to'lovlariga ixtiyoriy
to'lov emas, balki majburiy to'lov sifatida qarang. Bu jamg'armaga xuddi ipoteka krediti
to'lovi, elektr energiyasi uchun to'lov va shunga o'xshash boshqa muntazam xarajatlar kabi
qarashingiz lozim.
Favqulodda holatlar uchun ajratilgan jamg'arma hisob raqami sizga xotirjamlik olib
kelib, yuz berishi mumkin bo'lgan moliyaviy qiyinchiliklar bilan bog'liq tashvishlarning oldini
oladi. Ushbu jamg'arma sizga kutilmagan xarajatlarni ishonch bilan uddalashga imkon beradi.
Garchi bu xarajatlar kutilmagan bo'lsada, ularni ma'lum darajada aniqlik bilan bashorat qilish
mumkin. Agar kutilmagan xarajatlar o'rtacha miqdordan kamroq bo'lsa, unda qora kun uchun
jamg'arma qoldig'i o'sadi. Agar kutilmagan xarajatlar miqdori odatdagidan katta bo'lsa, unda
hisob raqamingizdagi qoldiq kamayadi. Biroq, siz bunday holatlarga tayyor bo'lganingiz uchun
ko'nglingizni to'q tutishingiz mumkin. Bu «pul sizni boshqarmasin», balki «pulni o'zingiz


256
boshqaring» degan naqlning ma'nosidir.


257

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling