James d. Gwartney
-chizma. Chekmasdan boyib ketish!
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
24-chizma. Chekmasdan boyib ketish!
$1,200,000 $1,000,000 $800,000 $600,000 $400,000 $200,000 $0 26 36 46 Investorning yoshi 56 65 $29,200 $40,344 $58,400 $119,707 $87,600 $275,825 $116,800 $582,935 $143,080 $1,106,677 Investitsiya miqdori Investitsiyaning foiz to'lovlari bilan qiymati Manba: Muallifning hisob-kitoblari. Kuniga 8 dollarlik bir quti sigaret chekmasdan, tejalgan mablag' daromadi 7 foizlik investitsiyaga qo'yilishi nazarda tutilgan. Endi Honza 16 yoshdan to 26 yoshgacha chekib va keyin chekishni tashlab, har kuni 260 bir quti sigaret narxiga teng miqdorni jamg'arishi natijasini ko'rib chiqamiz. Uning chekishni tashlagani tahsinga loyiq. Lekin, Honza tejalgan mablag'dan ham foyda oladi. Biroq, jamg'arma rejasi 10 yilga kechikganligi bois, 65 yoshga yetganda 1 106 667 dollar o'rniga u endi 542 070 dollar jamg'ara oladi, xolos. 49 yillik jamg'arma rejasini 10 yilga kechiktirishi Honzaga 564 597 dollarga tushadi! Jamg'armani sezilarli darajada oshirish uchun, siz biror narsadan butunlay voz kechishingiz shart emas. Iste'molni bir oz cheklash ham katta natijalar berishi mumkin. Masalan, har kuni ertalab a'lo sifatli kofe sotib olish o'rniga oddiy kofe sotib oling yoki uni uyda tayyorlang. Har kuni restoranda tushlik qilmasdan, haftasiga 1-2 marta o'zingiz bilan tushlik olib keling. Restoranda qimmat narxlangan mineral suv, o'rniga krandagi suvdan iching (harqalay ba'zi mamlakatlardagi suv ishonchli). Ishga tramvayga borgandan ko'ra yurib boring yoki velosipedda boring (bu sizning tibbiy xizmat xarajatlaringizni ham kamaytiradi). Agar dachangiz bo'lsa, u yerga avtobus yoki poyezdda bora olasizmi? Honza haftasiga 56 dollar tejash uchun sigaret chekishni tashladi va uni investitsiya qildi. Siz ham iste'mol odatlaringizni o'zgartirish orqali mablag'ingizni tejashingiz mumkin. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling