James d. Gwartney


Murakkab foiz stavkasining kuchi


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Murakkab foiz stavkasining kuchi
Murakkab foiz stavkasi dunyodagi eng qudratli kuchdir.
— Mignon McLaughlin. N.d. BrainyQuote.com. 24 oktyabr, 2015-yil BrainyQuote.com
internet sahifasidan olingan:
http://www.brainyquote.com/quotes/quotes/m/mignonmcla158995.html
. Bu bayonot
Albert Einshteynga tegishli ekanligiga munozara mavjud, lekin u murakkab foiz
stavkasining salohiyati to'g'risida shu kabi bayonotlar qilgani aniq.
4.3-elementda muntazam ravishda byudjetni rejalashtirish, mablag'ni jamg'arish va uni unumli
sarflashning ahamiyatini ta'kidlab o'tgandik. Bularni bajarishga oldinroq kirishishning ikkita
asosiy sabablari mavjud. Birinchidan, avval muhokama qilingandek, agar hozirdan byudjetni
rejalashtirish, mablag'ni jamg'arish va uni oqilona sarflashni boshlashga bahonalar topsangiz,
bularni keyinchalik boshlashingiz ham qiyin kechadi. Biroq, ushbu elementda biz mablag'
jamg'arishni kechiktirmaslikning ikkinchi sababi to'g'risida suhbatlashmoqchimiz. Jamg'arishni
qancha erta boshlasangiz, uning unumi ham shuncha katta bo'ladi.
Jamg'arishni kichkina omonatdan boshlashning o'ziyoq katta daromad olish imkonini
beradi. 4.3-elementda keltirilgan 22 yoshdan to 33 yoshgacha jamg'arilgan kichik miqdorning
pensiyaga chiqqanda qancha qo'shimcha davlat olib kelishi to'g'risidagi misolni eslang. To'qqiz
yil davomida xaridlarni kamaytirish evaziga 9 000 yevrodan biroz ko'proq bo'lgan miqdor 67
yoshga yetganda pensioner pulini 150 000 yevroga ko'paytirishi mumkin. Bugungi kichik
mablag'ni keyinchalik katta miqdorga aylantirish uchun jamg'arishni erta boshlash lozim,
chunki bu «murakkab foiz stavkasi mo'jizasi»dan to'liq foydalanish imkonini beradi.
Aslida murakkab foiz stavkasi
(?)
hech qanday mo'jiza emas, ammo u gohida shunday
ELEMENT 4.7
Murakkab foiz stavkasidan (investitsiyaning rentabelligidan) foydalaning.


258
tuyuladi. U faqat foiz bo'lishi shart emas. Agar fond birjasigagi investitsiyadan olingan foyda
qayta investitsiya qilinsa, sodda qilib aytish uchun, bu foyda ham gohida murakkab foiz
stavkasi deb ataladi
(106)
. Murakkab foiz stavkasini tushuntirish oson bo'lishiga qaramasdan,
uning natijalari haqiqatan ajoyib. Murakkab foiz stavkasi foiz ustiga foiz olishni anglatadi.
Agar bu yil jamg'armangizdan olingan foizni sarflamasangiz, shu foiz keyingi yil sizning ham
jamg'armangizni, ham foizingizni ko'paytiradi. Bu kelajakda har yili takrorlansa, siz foiz ustiga
foiz ustiga va hokazo yana foiz olasiz. Bir qarashda bu uncha ko'pdek ko'rinmasligi mumkin va
dastlabki yillarda u davlatingizga uncha ta'sir qilmaydi. Biroq, biroz vaqt o'tib boyligingiz
sezilarli darajada o'sishni boshlaydi va ko'paygani sari u tezroq o'sadi. U xuddi qorli tog'dan
pastga dumalagan kichkina yumaloqlangan qorga o'xshaydi. Avval uning hajmi sekin
kattalashadi. Ammo har bir ozgina qo'shimcha qor uning hajmini oshiradi. Bu esa yana ko'proq
qor to'playdi va tezda u juda katta sharga aylanib, tez o'sishni va to'g'ri siz tomon kelishni
boshlaydi.
Jamg'arma rejasini erta boshlashning ahamiyati murakkab foiz stavkasining kelajakda
tez o'sishga zamin yaratishi bilan bog'liq. Pensiyaga chiqishdan sal oldinroq jamg'arishni
boshlasangiz, mablag'ingiz ko'pga oshirmaydi. Dumalashni tog'ning tagiga yaqinroq joyda
boshlangan yumaloq qor pastga tushgancha uncha ko'p katta bo'lishga ulgurmaydi.
Jamg'arishni qancha erta boshlasangiz, jamg'armangiz o'sishi uchun shuncha ko'p vaqt bo'lib,
o'sish ham shunchalik jadallashadi.
Quyidagi oddiy misolni ko'rib chiqaylik. Faraz qiling, 16 yoshdagi yigit sigaret
chekishni boshlash to'g'risida o'ylayapti. Bir qator sabablarga ko'ra, ayniqsa, sog'liq nuqtai
nazaridan, bu muhim qarordir. Sog'liqqa ta'siridan tashqari, sigaret chekmaslikning moliyaviy
sabalari ham mavjud. 2017-yilda Yevropada bir quti sigaretning o'rtacha narxi 3 dollardan 13
dollargacha bo'lgan
(107)
. Misolimiz uchun bir quti sigaretning narxi 8 dollar deb faraz qilaylik.
Demak, agar yosh yigit, uni ismi Honza bo'laqolsin, chekmaslikka qaror qilsa, u yiliga 2 920
dollar tejaydi (agar u kuniga bir quti sigaret chekadi deb faraz qilsak). Deylik, Honza ushbu
mablag'ni sarflamasdan, uni yiliga 7 foiz daromad beradigan va daromad solig'idan ozod
etilgan pensiya hisob raqami yoki fondiga investitsiya qiladi. 24-chizmada ko'rsatilganidek,
agar Honza o'n yil davomida shunday qilsa, 26 yoshga yetganda uning 29 200 dollar
jamg'armasi jami 40 344 dollarga yetadi. Kam emas, lekin Honzaning sog'lig'i uchun foydali


259
o'zgarishning natijasi ham chakki emas.
Bu hali boshlanishi. Murakkab foiz endi-endi natija berishni boshlayapti. Agar Honza
ushbu jamg'arma rejasini 36 yoshigacha davom ettirsa, uning 58 400 dollar jamg'armasi jami
119 707 dollarga ko'payadi. Buni 46 yoshgacha davom ettirsa, uning 87 600 dollar jamg'armasi
jami 275 825 dollarga yetadi. Shundan boshlab jamg'arma o'sishda tezlashishni boshlaydi.
Honza 56 yoshga yetganda u 116 800 dollar jamg'armadan 582 935 dollar to'plagan bo'ladi.
24-chizmada namoyish etilganidek, u 65 yoshda pensiyaga chiqqanda, uning 143 080 dollarlik
bevosita investitsiyasi jami 1 106 677 dollarga yetadi. Demak, sigaret chekmay, undan tejalgan
mablag'ni rejalashtirish natijasida, Honza pensiyaga chiqquncha bugungi narxlardagi xarid
qobiliyatida teng dollarda 1,1 million jamg'aradi
(108)
.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling