4-Mavzu: Aksiyalar bozori. Hosilaviy qimmatli qog’ozlar bozori
Investitsiya qilishni qancha erta boshlasangiz shuncha yaxshi, lekin boshlashdan oldin ba’zi muhim narsalarni e’tiborga olish kerak. Aniqroq aytganda, agar siz aksiya sotib olishga qiziqayotgan bo’lsangiz, avval quyidagi savollarni o’zingizga berib ko’ring.
Aksiya sotib olishdan maqsadingiz nima?
Pulni ko’paytirish. Ha albatta, hammada umumiy maqsad shu. Lekin maqsadni aniqroq qiling. Aksiya sotib olib, ertaroq nafaqaga chiqmoqchimisiz yoki farzandlaringiz bir necha yillardan so’ng ta’lim olishi uchun zarur pulni jamg’arib-ko’paytirib qo’ymoqchimisiz? Oldingizga aniq maqsad qo’ying.
Favqulodda holatlar uchun olib qo’ygan alohida pulingiz bormi?
Kutilmagan xarajatlar uchun (qora kunga) alohida saqlab qo’ygan naqd pulingiz bo’lsin. Bor pulingizning hammasiga aksiya sotib olmang. To’satdan pul kerak bo’lib qolganda, hali foydaga kirmagan aksiyangizni sotib yuborishga majbur bo’lib qolmang.
Boshqalardan qarzingiz yo’qmi?
Qarz olib aksiya sotib olmang. Yoki kelgusi oylarda to’lashingiz kerak bo’lgan qarzlaringiz bo’lsa, oldin qarzlaringizdan qutuling. Qarz evaziga aksiya sotib olish – sha’riy tomondan ham joiz emas.
Siz aksiyasini sotib olayotgan kompaniya haqida yaxshi bilasizmi?
Aksiya bozori haqida va aynan nimaga investitsiya qilayotganingiz haqida tushunchangiz bo’lsin. Sotib olayotgan aksiyangiz haqida yaxshilab o’rganing. Kimdandir shunchaki eshitib, kompaniyani tekshirmasdan aksiyasini sotib olmang.
Qancha muddatga aksiya sotib olmoqchisiz?
Aksiyani sotib olgandan keyin kamida qancha vaqt ushlab turishingizni rejalashtiring.
Siz sotib olmoqchi bo’lgan aksiya halolmi?
Eng muhimi, aksiyaning halol ekanligiga ishonchingiz komil bo’lsin. Aksiyalarning shariatga muvofiq kelishi ya’ni halolligini aniqlash uchun alohida ichlab chiqilgan me’zonlar bor. Shulardan biri AAOIFI Shariat Standardi. Siz sotib olmoqchi bo’lgan aksiya halol ekanligini batafsil tekshirib chiqing.
Agar chet el (xususan, AQSh va Yevropa) kompaniyalari aksiyalarini sotib olmoqchi bo’lsangiz, Ingliz tilini bilishingiz katta yordam beradi. Aksiya bozori yangiliklari, hisobotlar, tahlillar va boshqa kerakli ma’lumotlarni Ingliz tilida eng ko’p topa olasiz.
Quyida aksiyalar narxini va qimmatli qog’ozlar bozorini kuzatib borish uchun ba’zi saytlar (mobil ilovalar)ni keltirib o’tamiz:
Yahoo Finance – Bu saytda kapital bozori yangiliklari, aksiyalar narxi, hisobotlar, moliyaviy ko’rsatkichlar va boshqa ko’plab kerakli ma’lumotlar jamlangan.
Link: https://finance.yahoo.com/
Bloomberg – Yahoo Financega o’xshash va shu bilan birga video orqali ham kapital bozori haqida muntazam ma’lumot berib boriladi.
Link: https://www.bloomberg.com/
Seeking Alpha – Bu saytda turli investor mualliflarning maqolalari, tadqiqotlari va fikrlari bozordagi o’zgarishlar bilan real vaqtda berib boriladi.
Link: https://seekingalpha.com/
Investopedia – Investitsiyaga oid terminlar, tushunchalar, jarayonlar nimani anglatishini shu yerdan topasiz. Barcha ta’riflar oson tushuntirilgan. Aksiya bozori yangiliklari va tadqiqotlar ham berib boriladi.
Link: https://www.investopedia.com/
Do'stlaringiz bilan baham: |