4-Mavzu: Aksiyalar bozori. Hosilaviy qimmatli qog’ozlar bozori


Aksiya sotib olish tartibi: hisob raqam ochish


Download 184 Kb.
bet3/8
Sana03.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1743167
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu. Moliya bozori 2023

Aksiya sotib olish tartibi: hisob raqam ochish
AQSh kompaniyalarining aksiyasini sotib olish uchun AQSh qonunchiligi bilan nazorat qilinadigan Brokerlik firmalaridan hisob raqam ochishingiz kerak. Agar siz AQShda yashasangiz, ko’plab brokerlar yoki banklar orqali hisob raqam ochishingiz mumkin. Charles Schwab, Fidelity, TD Ameritrade kabi brokerlik kompaniyalar shular jumlasidan. Lekin AQShdan boshqa davlatda istiqomat qilsangiz, bunday kompaniyalar soni cheklangan. Ayniqsa, O’zbekistonda sanoqli brokerlik firmalarining xizmatidan foydalana olasiz. Hozirda siz yashayotgan mamlakat nomini quyidagi link orqali kiritsangiz, qaysi brokerlar xizmatidan foydalanish mumkinligini tezda ko’rishingiz mumkin:
https://www.stockbrokers.com/guides/internationaltrading
Brokerlarni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

  • Qonuniy ro’yxatdan o’tganligi va davlat tomonidan nazorat qilinishini tekshiring. AQShda brokerlik faoliyati bilan shugullanish uchun, broker FINRA (The Financial Industry Regulatory Authority) va SEC (Securities and Exchange Commission)dan ro’yxatdan o’tgan bo’lishi kerak. Shuningdek, brokerlik faoliyati sug’urta qilingan bo’lishi zarur. Agar bankrot bo’lsa, mijozlar pulini qaytarib olishi uchun. Asosan, SIPC (Securities Investor Protection Corporation) va FDIC (Federal Deposit Insurance Corporation) brokerlar faoliyatini sug’urtalaydi.

  • Siz yashaydigan joyda xizmat turi mavjudligini tekshiring. Broker firmalarining saytida xizmat ko’rsatadigan mamlakatlar ro’yxati odatda bo’ladi. Agar topa olmasangiz yoki double-check qilishni xohlasangiz, o’zingiz email/telefon orqali bog’lanib ko’ring.

  • Brokerlik xizmatlari uchun to’lovlar miqdoriga e’tibor bering. Ba’zi brokerlar hisob raqam ochish uchun ham minimal summa talab qiladi. Shuningdek, mahsulot turiga qarab har bir savdo yoki shartnoma uchun xizmat haqi mavjud.

TD Ameritrade va Fidelity brokerlik xizmat haqlari.
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling