4-Mavzu: Aksiyalar bozori. Hosilaviy qimmatli qog’ozlar bozori
Ingliz tilini yaxshi tushunmasangiz
Download 184 Kb.
|
4-mavzu. Moliya bozori 2023
Ingliz tilini yaxshi tushunmasangiz, Investing.com ning Rus tili versiyasida ham yuqorida berilgan saytlar kabi yaxshi ma’lumotlar topa olasiz.
Link: https://ru.investing.com/ O’zbekistonda yashab AQSh kompaniyalari aksiyasini qanday sotib olish mumkin? Birinchi navbatda, ikki muhim narsaga diqqat qilishingizni istardik: Agar sizda yetarlicha bilim va tajriba bo’lmasa, avval investitsiyaga oid bilimingizni oshirishni tavsiya qilamiz. Maqola faqat ma’lumot berish maqsadida tayyorlandi; unda ko’rsatilgan fikrlarni moliyaviy maslahat deb qabul qilmang. Kompaniya aksiyasiga investitsiya qilish va undan dividend olish halolmi? “Bu ish va undan kelgan foyda halol. Faqat qilinadigan ish ham halol bo’lsa bo’ldi.” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh. Manba. Kompaniya aksiyasini sotib olish, bu kompaniyaning bir qismiga egalik qilish degani. Aksiyaga investitsiya qilish – ribo emas. Aksiyadan oladigan daromadingiz kompaniya qanchalik daromad ko’rishiga bog’liq. Ya’ni, kompaniya daromadlari ko’paygani sari aksiyaning qiymati va sizning foydangiz ortib boradi yoki aksincha. Rahmatli shayx ustozimiz aytganlaridek, muhimi, kompaniya halol faoliyat bilan shug’ullanishi kerak. Qimmatli qog’ozlarga, xususan aksiyaga, investitsiya kiritish – boylik orttirishning va moliyaviy mustaqilikka erishishning eng samarali usullaridan biri. Dunyoning deyarli barcha boy kishilari investitsiya portfelida aksiyalar o’rin olgan. Shuningdek, yoshligidan aksiya olib-sotib millionerga aylangan va 30 yoshida pensiyaga chiqqanlar ham bir qancha. Lekin investitsiya siz uchun yangi soha bo’lsa, juda chalkash va murakkab bo’lib ko’rinishi mumkin. Fond birjasi haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lmaslik oqibatida sarmoyangizning katta qismini yoki hammasini bir zumda yo’qotishingiz mumkin. Shuning uchun, investitsiya qilish asoslarini o’rganish juda muhim. Qanday bilimlarni egallash kerakligini asta-sekin tanishtirib boramiz. Bitta maqolada hamma narsa haqida ma’lumot berishning imkoni yo’q. Qolaversa, bu maqolaning asosiy qismi AQShdan boshqa davlatda yashayotgan yurtdoshlarimiz qanday qilib AQSh aksiyalarini sotib olishga bag’ishlangan. Hozir shu bilan tanishib chiqsak. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling