4-Mavzu: Aksiyalar bozori. Hosilaviy qimmatli qog’ozlar bozori


Qaysi kompaniyalar aksiyalari kelajakda FAANG kabi muvaffaqiyatli bo’ladi?


Download 184 Kb.
bet5/8
Sana03.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1743167
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu. Moliya bozori 2023

Qaysi kompaniyalar aksiyalari kelajakda FAANG kabi muvaffaqiyatli bo’ladi?
FAANG akronimi AQShning yirik texnologiya kompaniyalari – Facebook, Amazon, Apple, Netflix va Google aksiyalarini ifodalash uchun ishlatiladi. Mazkur kompaniyalar o’z sohalarida dominant ekanligi, yirik kapitallashuv darajasi va aksiyalar bahosini jadal sur’atda o’sishi bilan ajralib turadi.
2020-yil, 27-noyabr holatiga ko’ra, bu kompaniyalarning bozor kapitallashuv qiymati quyidagicha ko’rinish olgan:

Taqqoslash uchun, O’zbekiston 2019-yil YaIM: 58 milliard AQSh dollari.
Covid-19 pandemiyasi tufayli 2020-yil ko’plab kompaniyalar uchun sinovli bo’ldi. Yil boshidan Noyabr oxirigacha bo’lgan muddatda S&P 500 (AQSh fond birjasida ro’yxatdan o’tgan eng katta 500 kompaniya) indeksi 12% o’sishga erishdi. Bu esa yil davomida qayd etilgan eng yuqori ko’rsatkich. FAANG aksiyalari esa 2020-yil Yanvardan Noyabrgacha S&P 500 ni sezilarli darajada ortda qoldirdi, ya’ni Facebook 35%, Amazon 72%, Apple 62%, Netflix 52%, Google 31% ga o’sdi. FAANG aksiyalarini yuqori sur’atlarda o’sishining yaqqol sababi bu kompaniyalarning o’z bozorlarida dominant ekanligi va mahsulotlariga yuqori talabning mavjudligidir.
Xususan,

  • Facebook: dunyoda eng ko’p ishlatiladigan 7ta ijtimoiy tarmoq platformalarining (Facebook, Messenger, WhatsApp, Instagram, Tik Tok, Snapchat) 4 tasi Facebookga tegishli;

  • Amazon: AQShdagi jami onlayn savdoning 50% ga yaqini Amazon orqali amalga oshiriladi, dunyo bo’ylab mahsulotlarni yetkazib beradi va 17 mamlakatda alohida sayti ishlaydi;

  • Apple: AQSh smartfon bozorida eng katta ulushga ega va dunyoning eng taniqli brendlardan biri;


  • Download 184 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling