James d. Gwartney


Video: Qarzlarni to'lash strategiyalari


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Qarzlarni to'lash strategiyalari
Agar kredit kartasi bo'yicha qarzni to'lashga sizda mablag' bo'lmasa, nima qilishingiz
mumkin? Unda bankdan kredit olib, — uning foiz stavkasi kredit kartasining foiz stavkasidan
pastroq bo'ladi — 3-elementda ko'rsatilgan byudjetni rejalashtirish printsiplariga asosan, qarzni
tez uzish rejasini tuzing. Shuningdek, boshqa kredit karta bo'yicha yana qarz olmaslikka e'tibor
bering.
Kredit karta qarzning oldini olish yoki uni darhol to'lab yuborishdan tashqari, siz yangi
buyumlar o'rniga deyarli teng xizmat ko'rsatadigan ishlatilgan buyumlarni xarid qilish orqali
mablag'ingizni tejashingiz mumkin. Yangi buyum sotib olishning muammosi shundaki, u
darhol o'z qiymatini yo'qotishni boshlaydi. Ya'ni, yangi buyumlar sotib olish mumkin, lekin
ularning yangiligi uzoqqa chuzilmaydi.


252
Buyum sotib olinganida u bozor qiymati nuqtai nazaridan darhol «eski» buyumga
aylanadi. Eski, yoki zamonaviy til bilan aytganda, ishlatilgan buyumlarni sotib olish katta
tejamga imkon beradi. Eski avtomobilga nisbatan yangisini xarid qilish bilan bog'liq
xarajatlarni qarab chiqaylik. Masalan, agar yangi Toyota Camry avtomobilini 30 000 yevro
atrofida (bu 2019-yilda Toyotalarning, ya'ni Kievdagi eng mashhur avtomobilning o'rtacha
narxi bo'lgan) sotib olib, bir yildan keyin uni sotsangiz, siz 18 000 yevrocha, yoki siz to'lagan
bahodan 12 000 yevro kam olasiz. Agar siz avtomobilni yigirma ming kilometr haydagan
bo'lsangiz, sizning qadrsizlanish yoki amortizatsiya
(?)
xarajatingiz, ya'ni avtomobil
qiymatining siz uchun tushish miqdori har kilometriga 60 sentga teng.
Ammo yangi avtomobil o'rniga siz dilerdan bir yilllik eski mashina olishingiz mumkin.
Siz 20 000 yevrocha, yoki yangisining narxidan 10 000 yevro kam to'laysiz. Buning ichiga
oldingi egasi sotgani uchun 18 000 yevro va reklama, savdo komission to'lovlari kabi
«tranzaksion xarajatlar» uchun 2 000 yevro kiradi.
Avaylab haydalgan avtomobillar uzoq muddat xizmat qilishini hisobga olsak, siz eski
Toyota mashinasidan sakkiz yil bemalol foydalanishingiz mumkin. Undan keyin uni 10 000
yevro atrofida sotib yuborishingiz mumkin. Agar siz yiliga 20 000 kilometr masofa
haydasangiz, sizning amortizatsiya xarajatingiz kilometriga 10 000 yevro/160 000 kilometr,
yoki atigi 6 sentni tashkil qiladi. Bu har yili yangi mashina haydaganga qaraganda kilometriga
54 sent arzonroq demakdir. Siz yiliga 20 000 kilometr masofa bosasiz deb faraz qilsak,
ishlatilgan mashina haydaganda amortizatsiyadan yiliga deyarli o'n bir ming yevro tejaysiz.
Shubhasiz, mashina eskirishi bilan uni tuzatish xarajatlari biroz ko'payishi mumkin, ammo
yangi mashina hididan voz kechganligingiz ortidan siz har yili katta miqdor tejagan bo'lasiz.
Ko'plab boshqa buyumlar eskirganda ham yangidek ishlaydi va odatda yangisidan
ancha arzon turadi. Kiyim-kechak, mebel, asbob-uskunalar, tuzatilgan yangi telefon va
o'yinchoqlar xayolga keladi. Shuning uchun ochiq bozorlarda yoki ishlatilgan buyumlar
do'konida bir oz vaqt ajratganingiz ma'qul. Bozorlik qilishning o'zi ko'ngilni ochadi, buning
ustiga u tekin! Vaqt qadrli ekanini hisobga olsak, ishlatilgan buyumlarni topishning boshqa
yo'llari ham mavjud. Onlayn ilovalar vaqtni va tranzaksion xarajatlarni qisqartirishning
muqobil variantlaridir. Siz barmog'ingiz ostida a'lo holatdagi buyumlarni chakana savdo
narxlaridan arzonroqqa topishingiz mumkin. Albatta, ayrim holatlarda tovarning yangisini


253
sotib olish barakaliroq bo'ladi. Biz shunchaki iste'moldan qoniqqanlik darajasini uncha
pasaytirmaydigan xaridlardan tejalgan miqdorni hisobga olishingizni tavsiya qilyapmiz xolos.
Mablag'laringizdan unumliroq foydalanish yo'llarini izlang.
Dunyo yoshlari «yashil», minimalist yoki chiqindisiz hayot tarzi bilan post-iste'molchi
madaniyatining imkoniyatlarini o'rganmoqdalar. iFixit, RRUSE.org, makeresourcescount.eu
kabi resurslar va ko'plab boshqa Youtube kanallari foydlai buyumlarni tashlab yubormasdan,
ularni ta'mirlashga hamda imkoniyat doirasida qiziq va baxtli hayot kechirishga chaqiradi.
Agar Internetda «tejamkor yashil hayot» iborasini qidirsangiz, siz ko'plab amaliy resurslarni va
yordam berishga tayyor hamfikr shaxslarni topishingiz mumkin. Dunyo shaharlari ham
ulashish iqtisodiyotini targ'ib qilishni boshladilar
(104)
.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling