James d. Gwartney


ELEMENT 4.5 Kredit kartalari bo'yicha qarzdan saqlaning va ishlatilgan buyumlar xarid qilishni o'ylab


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

ELEMENT 4.5
Kredit kartalari bo'yicha qarzdan saqlaning va ishlatilgan buyumlar xarid qilishni o'ylab
ko'ring.


250
yerda yana boshqa ishtiyoq paydo bo'ladi: qarz qoldig'ining kichkina qismini va ustama foizini
to'lab, pulning qolgan kattaroq qismini esa yana boshqa narsalar xarid qilishga sarflash uchun
o'zida qoldirish imkoniyati. Agar shu variantni tanlab, qarz qoldig'ini oshirib borsangiz, siz
tezda katta muammoga duch kelasiz — to'lanmagan qoldiqqa yuqori foiz qo'shib hisoblanadi.
Odamlar kredit karta qarzlariga odatda 15-18 foiz ustama to'laydilar. Bu aholining katta
qismi, hatto omadli investorlarning omonatlar va investitsiyalardan oladigan foiz stavkalaridan
ancha yuqori. Siz investitsiyalaringizdan yiliga 7 foiz daromad olib, qanday badavlat
bo'lishingiz mumkinligini keyingi elementlarda ko'rib chiqamiz. Afsuski, to'lanmagan qarz
bo'yicha yuqori foiz stavkalari qarama-qarshi natijaga olib keladi. Kredit karta bo'yicha qarzga
15-18 foiz to'lovlar hatto yaxshi daromad oladigan shaxsni ham moliyaviy xarob qilishi
mumkin.
Frantsiyaning janubida bir necha kun dam olishga qaror qilgan yosh mutaxassis Shonni
misol tariqasida ko'rib chiqaylik. Safar Shonga 1 500 yevroga tushadi va u buni kredit kartasi
bilan to'laydi. Biroq, oyning oxirida qarzning to'liq miqdorini to'lash o'rniga, Shon faqat
minimal talab qilingan miqdorni to'laydi. U shunday qilishni qarz to'languncha, ya'ni keyingi
o'n yil davomida davom etadi. Kredit kartasining 18 foizlik stavkani hisobga olsak, Shon safar
uchun qancha to'lagan? U 120 oy mobaynida oyiga 26,63 yevrodan yoki jami 3 195,40 yevro
to'lagan. Demak, Shonning kredit kartasi tegishli kompaniyaga to'lagan miqdori aviachipta,
mehmonxona, ovqatlanish va o'yin-kulgi xarajatlaridan ko'proq bo'lgan.
Agar Shon kredit karta kompaniyasi to'lovlarini safardan keyin amalga oshirish o'rniga
safarni avvaldan rejalashtirib, unga oldindan mablag' jamg'arib borganda edi, uning safari
ancha arzonga tushgan bo'lar edi. Agar Shon 20 oy mobaynida murakkab foiz stavkasi
(murakkab foiz stavkasini 7-elementda ko'rib chiqamiz) 5 foiz bo'lgan omonatga oyiga 75
yevrodan qo'yib borganda edi, u safar uchun kredit kartasi bilan to'lagan 3 195,40 yevro (bunga
foiz to'lovlari ham kiradi) o'rniga ayni safar uchun 1 560,89 yevro jamg'arib ulgurgan bo'lar
edi. Boshqacha aytganda, kredit karta qarzini oshirish o'rniga mablag'ni jamg'arib, safarni
rejalashtirganda edi, Shon kredit bilan bitta safarga to'lagan miqdorga ikki marta safar qilishi
mumkin edi.
Ayrim hollarda, sizda allaqachon katta kredit karta qarzi bo'lishi mumkin. Bu qarzni
olmaganingiz yaxshiroq bo'lar edi, biroq u sizga juda yuqori daromad olish imkonini ham


251
beradi: kredit karta qarzini uzish uchun jamg'argan har bir chaqa sizga 18 foiz yoki siz
to'laydigan stavkaga teng daromad olib keladi.
Bunga quyidagicha qarash mumkin: agar bir yevroni sarflagandan ko'ra uni 18 foiz
daromad beradigan invetitsiyaga ajratsangiz, bir yildan so'ng siz boyligingizga 1,18 yevro
qo'shgan bo'lasiz. Agar kredit karta qarzini uzish uchun bir yevro jamg'arsangiz, bir yildan
so'ng bu ham sizga 1,18 yevro sof foyda beradi. Sizning qarzingiz ancha kamayadi, chunki,
birinchidan, jamg'arilgan miqdor asosiy qarzni kamaytiradi, ikkinchidan esa, aks holda
to'lashingizga to'g'ri kelgan 18 sent foiz to'lovi hisobiga kamayadi.
Kredit karta foiz stavkasi hatto 18 foizdan pastroq bo'lsa ham, u har qanday
jamg'armadan olishingiz mumkin bo'lgan foiz daromadidan ancha yuqori bo'ladi. Albatta, agar
siz juda omadli yoki ajoyib investor bo'lmasangiz. To'g'ri, jamg'armangiz 18 foiz daromad olib
kelayotgandek his qilmasligingiz mumkin, chunki mablag' aslida investitsiya hisob
raqamingizga qo'shilmaydi. Biroq, bular bir xil natijaga olib keladi. Kredit kartasidan qarzi
bo'lgan har kim moliyaviy muvaffaqiyatga erishishni istasa, jamg'arma hisobidan bo'lsa ham,
avvalambor, qarzni uzishi lozim.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling