James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pay fondlari
- Pay investitsiya fondlari
obligatsiyalariga
(?) nisbatan ancha yuqori rentabellik darajasiga ega. Obligatsiyalar va jamg'arma hisob raqamlarining daromadlar darajasi aksiyalarnikiga qaraganda aniqroq bo'lganligi sababli, ko'p odamlar ularni afzal ko'radilar. Shu tufayli investorlarni jalb qilish uchun aksiyalarning o'rtacha rentabellik darajasini yuqoriroq bo'lishi kerak. Pay fondlari (?) va birja investitsiya fondlari investorlarning diversifikatsiya qilishiga va riskni kamaytirishga ko'maklashadi. Ushbu fondlar investorlarning mablag'larini birlashtirib, ularni aksiyalar (hissadorlik (?) ), obligatsiyalar, ko'chmas mulk yoki g'aznachilik veksellari (?) kabi turli investitsiya toifalariga yo'naltiradi. Demak, turli xil o'zaro pay fondlari mavjud. Pay investitsiya fondlari (?) o'z investorlarining mablag'larini ko'plab korxonalarning 264 aksiyalarini sotib olishga yo'naltiradi. Ushbu fondlar hatto kichik investorlar uchun ham diversifikatsiya qilish va risk xavfini kamaytirishning tejamli yo'lini ta'minlaydi. Fond birjasidagi investitsiya riskini turli aksiyalardan iborat portfelni uzoq muddat (deylik, 30 yoki 35 yil) ushlab turishingiz yoki unga turli aksiyalarni qo'shib borishingiz orqali ancha kamaytirish mumkin. Turli aksiyalardan iborat portfelni uzoq muddat ushlab turganda, odatda uning rentabellik darajasi yuqori, lekin rentabellikning o'zgaruvchanligi past bo'lishi kuzatiladi. Turli aksiyalardan iborat pay investitsiya fondlariga to'lovlarni muntazam amalga oshirib borish investorlar uchun fond birjasiga investitsiya qilishning arzon yo'lidir. Diversifikatsiya fond birjasiga qilingan investitsiyaning o'zgaruvchanlik darajasini ikki xil yo'l bilan pasaytiradi. Birinchidan, ba'zi korxonalar zarar ko'rsa, boshqalari foyda ko'radi. Neft narxining pasayishi neft ishlab chiqarish sanoati foydasini kamaytiradi, lekin aviatsiya yoqilg'isining narxi pasayishi sababli, aviakompaniyalarning foydasi oshadi. Po'lat narxining pasayishi po'lat ishlab chiqarish sanoati foydasini kamaytiradi, lekin arzon po'lat avtomobil sanoatining foydasini oshiradi. Ikkinchidan, diversifikatsiya umumiy iqtisodiy vaziyat o'zgarishidan himoya qilishi mumkin. Iqtisodiy resessiya yoki ekspansiya barcha korxonalarning aksiyalari qiymatiga ta'sir ko'rsatadi. Ammo diversifikatsiya investitsiya qiymatining o'zgaruvchanlik darajasini pasaytiradi, chunki retsessiya ba'zi korxonalar yoki sanoatga yomonroq ta'sir qiladi, iqtisodiy o'sish esa ba'zi korxonalarga ijobiyroq ta'sir qiladi. Masalan, Maks Mara (dunyo bo'ylab sotiladigan yuqori moda brendi) kompaniyasiga salbiy ta'sir ko'rsatgan resessiya Zara (arzon narxlik raqib) kompaniyasining savdo va foyda miqdorlarini o'shirishi mumkin. Xuddi shu kabi, resessiyalar Shkodaning BMWga nisbatan vaziyatini yaxshilash mumkin. Ba'zi ish beruvchilar xodimlarga kompaniya aksiyalarini sotib olgan (boshqa kompaniyalarning aksiyalariga qilingan investitsiya bundan mustasno) miqdorlariga teng miqdorda hissa qo'shishadigan pensiya dasturlarini taklif qiladilar yoki kompaniya aksiyalarini katta chegirma bilan sotib olish imkonini beradilar. Bunday reja xodimlarni o'z kompaniyalari aksiyalarini sotib olishga rag'batlantiradi. Agar o'z kompaniyangizga ishonsangiz, unda bunday taklifdan foydalanganingiz ma'qul. Egalik qilish muddati o'tgandan so'ng, bu odatda uch yildan iborat, siz o'z ulushingizni sotishingiz va undan olgan daromadingizni boshqa investitsiyalar uchun ishlatishingiz mumkin bo'ladi. Sizga bunga ruxsat berilishi bilanoq undan 265 foydalanishigiz lozim. Agar bunday qilmasangiz, investitsiyalaringizning katta qismi o'zingiz ishlayotgan korxona faoliyatiga bog'liq bo'lib qoladi. Bu ikki tomonlama xavf tug'diradi: ham korxonadagi mehnat faoliyatingiz, ham investitsiyalaringizning qiymati ish beruvchining muvaffaqaiyatiga qattiq bog'lanib qoladi. O'zingizni bunday vaziyatga qo'ymang. Ish beruvchi sizga davlat talablariga javob beruvchi umumiy pensiya jamg'armasini taklif qilishi mumkin. Bu jamg'armalar bo'sh mablag'larni qanday investitsiya qilishi ish joyiga qarab bir-biridan farq qilishi mumkin. Kompaniyangizning pensiya jamg'armasi qayerga investitsiya qilinganidan xabardor bo'lish va shaxsiy investitsiyalaringiz pensiya jamg'armasi aktivlaridan farq qilishi muhim (110) . Aksiyalarga investitsiya qilish va diversifikatsiyaning ahamiyatini quyidagicha umumlashtirishimiz mumkin: moliyaviy potensialga erishish uchun shaxslar jamg'armalarini yaxshi foyda beruvchi turli investitsiyalarga yo'naltirishlari lozim. O'tmishda, fond birjasidagi uzoq muddatli investitsiyalar yuqori rentabillikka ega ekanligi kuzatildi. Pay investitsiya fondlari hatto kichik investorlarning diversifikatsiyalashgan portfelga egalik qilishlariga, uni oyma-oy kengaytirib borishlariga va tranzaksion xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Diversifikatsiyalashgan portfelga uzoq muddat davomida investitsiya qilish aksiyalarga egalik qilish bilan bog'liq riskni pasaytiradi. Barcha investitsiyalarga noaniqlik xos. Agar oxirgi bir yarim asr tajribasiga tayansak, uzoq muddatda diversifikatsiyalashgan korporativ aksiyalar jamg'arma hisob raqamlari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari (?) , pul bozori fondlari va boshqa shunga o'xshash moliyaviy instrumentlarga nisbatan yuqori real rentabellik darajasiga ega ekanligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. O'zaro pay fondlari orqali aksiyalarga egalik qilish, ayniqsa pensiya uchun jamg'arishni boshlagan yoshlar uchun juda ma'qul. Hatto aksiyalar yoki obligatsiyalardan riski pastroq bank omonatlaridan foydalanganda ham, siz bankning bankrotga uchrash riskidan ogoh bo'lishingiz lozim. Agar bank to'lov qobiliyatini yo'qotib, omonatingizni qaytara olmasa, ko'p mamlakatlar omonatingizni ma'lum miqdorigacha to'lab beradigan omonatlar sug'urtasini taklif qiladi. Miqdor chegarasi ommaviy nashr etiladi. Agar omonatingiz maksimal sug'urtalangan miqdordan kattaroq bo'lsa, unda omonatingizni maksimal miqdordan kamroq bo'lishi uchun, uni ikki yoki uchta bank o'rtasida taqsimlaganingiz ma'qul. Agar bank, har qanday investitsiya singari, odatdagidan yuqori rentabellikni taklif qilayotgan bol'sa, har doim o'zingizdan: «Nima sababdan?» deb so'rang. 266 Balki muammo kelib chiqishini bilgan zukko investorlar ushbu bankni chetlab o'tayotgan bo'lishi mumkin. Bunday vaziyatga muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan bank pul jalb qilishga zor bo'ladi. Yuqoriroq foiz stavkasi ketidan o'sha pul sizniki bo'lishiga yo'l qo'ymang! Post- kommunist davlatda «eng zo'r (baland) foiz stavkasini to'layotgan» uch bankdagi pulidan mahrum bo'lgan juda yaxshi iqtisodchini taniymz. Yaxshiyamki, u moliya professori emas, balki nazariyotchidir. Bundan tashqari, firibgarlik ehtimolidan ham ogoh bo'lish lozim. Ayniqsa, rentabelliligi o'rtacha bozornikidan yuqori bo'lgan (ya'ni «haqiqatga yaqin bo'lishi uchun o'ta yaxshi») investitsiya variantlaridan ehtiyot boling. Bunga 1996-yilda Albaniyadagi Pontsi (yoki Piramida) sxemasi yaxshi misol bo'ladi. Albaniya markazlashgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida aholi investitsiyalar bilan uncha tanish emas edi. Ba'zi jinoyatchilar oyiga 5 yoki undan yuqoriroq, ya'ni yiliga kamida 60 foiz to'lashni va'da qilib, pul yiqqan; lekin 60% biznes foydasidan emas, balki yi'g'ilgan yangi omonatchilar mablag'lari hisobidan to'langan. Shu sababli jinoyatchilar «piramidaga» xos sxemaning foizini to'lash uchun har oy ko'proq mablag' yig'ishlariga to'g'ri kelgan. Axiri, bu sxemalar firibgarlikka asoslanganligi fosh bo'ladi va sxemaning qulashi oqibatida odamlar pullaridan ayrilgan (111) . Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling