James d. Gwartney
Video: Pulni ko'paytirish
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izoh: Shariat yoki islomiy bank tizimi
Video:
Pulni ko'paytirish Qayta qayd etmoqchimizki, biz pensiya yoshiga badavlat bolishingiz uchun tejamkorlik qilib nochor hayot kechiring demoqchi emasmiz. Kelajak kelguncha qashshoqlikda yashash orqali kelajakda badavlat bo'lishdan nima ma'no bor? Aksincha, biz oddiy aholi yaxshi hayot kechirishi va shu bilan birga katta davlatga erishishi mumkinligini ta'kidlamoqchimiz, chunki jamg'armadan katta unum olish katta mablag' talab qilmaydi. Honza chekishni tashlashidan jamg'argan 1 106 677 dollarning faqat 143 080 dollari iste'molni cheklashidan kelgan, xolos. Haqiqatan ham, jamg'arib, investitsiya qiladigan odamlar bunday qilmaydigan odamlarga nisbatan ko'proq iste'mol qila oladi. Pensiyaga chiqqanda yoki undan avvalroq Honza boyligini sarf qilishni boshlashi mumkin va uning boyligi uning jamg'armaganiga qaraganda ancha kattaroq bo'ladi. 261 Buning uchun soliq imtiyozi bo'lgan pensiya hisob raqamidan foydalanib, erta jamg'arma rejasini tuzish, ozgina sabr, jamg'armadan yaxshi daromad olishni o'rganish (keyingi ikki elementga qarang) va murakkab foiz stavkasidan foydalanish talab etiladi, xolos. Izoh: Shariat yoki islomiy bank tizimi Shariat yoki islom qoidalari qarzga foiz to'lashni taqiqlaydi. Qarz beruvchilarning mablag'laridan foydalanganlik uchun kompensatsiya qilish maqsadida bank tizimi shariat qonunlari doirasida turli moliyaviy tartiblarni (masalan, foydani bo'lish) ishlab chiqqan. Musulmonlarga iste'mol uchun taqiqlangan alkogol va cho'chqa go'shti kabi mahsulotlarga investitsiya qilish ham taqiqlangan. Bundan tashqari, adolat tushunchasiga asoslanib, biznes tranzaksiyasining barcha qatnashchilari foyda va zararlarni o'zaro bo'lishishlari lozim. Bu esa investitsiyadan daromad olish uchun siz biznes riskini ham o'z bo'yningizga olishingizga to'g'ri kelishini anglatadi. Masalan, agar mashina sotib olishni istasangiz, islom banki mashinani sotib olib, uni sizga muntazam ravishda o'rnatilgan to'lovlar hisobiga (bu to'lovlarning jami sotib olingan narxdan bir oz yuqori bo'ladi) qayta sotishga kelishib oladi. Ya'ni siz mashina uchun to'lovlarni to'laysiz, bank esa kelishuvdan daromad oladi va natijada ushbu kelishuv islom banki qonunlari talabiga javob beradi. Shariat qonunlari bo'yicha faoliyat yuritadigan bankka omonat qo'ysangiz, siz omonat muddati davomida foiz o'rniga bankning foydasiga sheriklik qilasiz. Islom banki faoliyati bilan shug'ullanuvchi banklar alohida yuridik maqomga ega bo'lishi kerak bo'ladi. Biroq, ba'zi yirik xalqaro banklarning islom banki filiallari ham mavjud. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling