James d. Gwartney


-qadam. Byudjetni rejalashtirishda zarur instrumentlardan foydalaning


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

3-qadam. Byudjetni rejalashtirishda zarur instrumentlardan foydalaning. G'ildirakni
qaytadan kashf etmang, ya'ni byudjetni toza oq qog'ozdan tuzmang. Bugungi kundagi mavjud
veb-saytlar, elektron jadvallar va dasturiy ilovalar byudjetni tuzish jarayonini avvalgidan
osonlashtiradi. Turli resurslar tekinga yoki arzimagan narxda mavjud. Barchasi barmog'ingiz
uchida. Internetda «byudjetlashtirish instrumentlari» deb qidirib ko'rsangiz, ko'plab yuqori
sifatli va xavfsiz byudjetlashtirish variantlarni topasiz. Xarajatlaringiz va daromadlaringizni
aniq va puxta kiritib borishga qulay bo'lgan, moliyaviy maqsadlaringizni ko'z oldingizda
namoyish qiladigan, to'lovlar to'g'risida eslatmalar berib turadigan, byudjetdan tashqari xarajat
qilish ishtiyoqini nazorat qilishga ko'maklashadigan va maqsadlaringizga erishish yo'llarini
ko'rsatadigan instrumentlardan birini tanlang. Tanlagan byudjetlashtirish instrumentidan
foydalanishni odat qiling. To'g'ri instrumentlar xarajatlar va daromadlarni kuzatib borishni
osonlashtirishi mumkin.
4-qadam. Faoliyat rejasini tuzib oling: qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun
haqiqiy va taklif qilingan moddalardan iborat shaxsiy byudjetingizni tuzing. Garchi biz
«zarur» narsalarni sotib olish to'g'risida har doim o'ylasakda, oziq-ovqat, toza suv, boshpana va
oddiy kiyim-kechakdan boshqa zarur narsalar uncha ko'p emas. Maqsadlarga erishishning eng
ma'qul yo'li «zaruriyatlarni» sanab chiqib, ularni «istaklardan» ajratishdir. Istaklaringizni


244
jilovlab, jamg'arma va investitsiya miqdorlarini oshiring hamda byudjet rejasi doirasida qisqa,
o'rta va uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun reja tuzing. Bu sizga moliyangizni nazorat
ostiga olishingizga ko'maklashadi.
Arxitektor chizmasiz uy qurmaydi. Jarroh bemorning appenditsitini tibbiy guruh
a'zolari bilan muvofiqlashtirmasdan jarrohlik amaliyotini samarali amalga oshira olmaydi.
Sportchi muvaffaqiyatga erishish uchun Olimpiyadadan ancha oldin qat'iyat bilan harakat
qilmasa, uning Olimpiya o'yinlarida qatnashishi dargumon. Agar hayotingizning barcha
jabhalarida, jumladan moliyaviy hayotingizda ham, muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsangiz,
batafsil faoliyat rejasini tuzish, unga rioya qilish va zarurat bo'lganda uni yangilab turish
nihoyatda muhim.
Byudjetning har bir moddasi boshqalari bilan nisbatda baholanishi lozim. Agar yangi
daromad manbai bo'lmasa, daromadingiz cheklanganligi sababli, bir sohadagi xarajatlarning
oshishi boshqasinikini kamaytiradi. 1-bobda ta'kidlab o'tilganidek, har bir tanlovning muqobil
qiymati mavjud. Xarajat qilganingizda buni esdan chiqarmang. Byudjetingizdan kelib chiqib,
kengroq fikrlashga harakat qiling. Asosiy oylik ko'rsatkichlarni aniqlang — qancha daromad
olishingizni, qancha soliq to'lashingizni, qancha jamg'arishingiz va investitsiya qilishingizni,
qancha xarajat qilishingizni va qarzingiz miqdorini ko'rsating.
Kasbingizdan, daromadingizdan yoki hayotdagi o'rningizdan qat'i nazar, byudjet
jarayoni bilan bog'liq ikki faoliyat — byudjet rejasini tuzish hamda uni kuzatish va
farovonligingizni ta'minlash uchun xarajatlarga tegishli o'zgartirishlar kiritish — sizga
xarajatlarni muntazam ravishda tahlil qilish orqali qo'yilgan maqsadlarga erishishingizga
ko'maklashadi. Rejangizni aniq qilib, o'zingizga o'zingiz boshliq bo'ling. Xarajatlarni tartibga
solishga, qarzni nazorat qilishga, favqulodda holatlar uchun mablag' ajratishga, turli moliyaviy
maqsadlarga erishishga va investitsiya qilishga qaratilgan byudjet tuzishga harakat qiling.
Keyingi safar «zarur» bo'lgan narsalar haqida o'ylaganingizda, ularning ko'pi aslida
sizga kerak emasligini tushuning. Bugungi xarajat ertangi farovonlikni pasaytirishini yodda
tuting. Lekin biz kelajakda badavlat bo'lish uchun hamma narsadan o'zingizni mahrum qilib
hayot kechiring deb aytmoqchi emasmiz. Bu mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Biroq, xarajatlarni
qisqartirib, jamg'arishni oshirishning ko'p ijodiy yo'llari mavjud. Byudjet tuzish va jamg'arma
rejasini tuzish sizga qoniqish olib keladi, moliyaviy nazoratni va xavfsizlikni ta'minlashga


245
hamda kelajakda farovonlikni oshirishga ko'maklashadi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling