James d. Gwartney
Video: Hayot paytida xayriya
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- — Ayn Rand, Atlas Shrugged (New York: Random House, 1957): 411.
- ELEMENT 4.3 Mablagingizni oqilona sarflash va muntazam ravishda jamgarish uchun byudjetingizni rejalashtiring.
Video:
Hayot paytida xayriya Video: Kambag'allarga qarz berish 240 Xarajat va jamg'armangizni rejalashtiring Pul — bu bir vosita xolos. U sizni istagan joyga eltadi, lekin haydovchi sifatida u sizning o'rningizni bosa olmaydi. — Ayn Rand, Atlas Shrugged (New York: Random House, 1957): 411. Bugungi kundagi moliyaviy noaniqliklarning ko'pi noto'g'ri tanlovlarning natijasidir. Daromadidan ko'proq xarajat qilish, qarzni qaytarishni hisobga olmasdan qarzga botish, byudjetni rejalashtirmaslik va boshqa zararli nooqilona odatlar xarobalikka va stressga olib keladi. Byudjetni rejalashtirish sog'lom moliyaviy hayot kechirish, boylik orttirish va shaxsiy maqsadlarga erishish uchun muhim rol o'ynaydi. Xuddi mamlakatlar kabi, odamlar ham jamg'arish va investitsiya orqali boylik yaratadilar. Biroq, boylikni yaratish muvaffaqiyatli strategik rejalashtirishga ham bog'liq. Boylik yaratish uchun xarajatlarni, jamg'armani va investitsiyani boshqarishga qaratilgan reja bo'lishi lozim. Shaxs va uy-xo'jaligi uchun bu reja byudjetdan (?) iborat. Daromadingizdan unumli foydalanish uchun byudjet mablag'larni oqilona sarflashga, doimiy ravishda jamg'arib borishga va investitsiyalarni diversifikatsiya qilishga yordam beradi. Oqilona byudjetni rejalashtirish bir martalik hodisa emas, balki uzluksiz davom etadigan jarayondir. U ikki maxsus tadbirni o'z ichiga oladi. Birinchi navbatda siz ma'lum vaqt davomida rejalashtirilgan yoki kutilayotgan daromadlar va sarf-xarajatlar ko'rsatilgan boshlang'ich byudjetni tuzasiz. Ko'plar oylik byudjetni rejalashtiradilar, ammo yillik byudjet ELEMENT 4.3 Mablag'ingizni oqilona sarflash va muntazam ravishda jamg'arish uchun byudjetingizni rejalashtiring. 241 ham uchrab turadi. Faqat oziq-ovqat, avtomobil to'lovi, ijara haqi va ipoteka krediti kabi ko'zga tashlanadigan xarajatlarni emas, balki barcha sarf-xarajatlarni diqqat bilan hisobga olish muhimdir. Tug'ilgan kun uchun sovg'a, uy hayvoni yillik litsenziya to'lovlari (Gollandiyaning Heyg shahrida 112,80€ turadi, urush jinoyatchisi bo'lmaslikka yana bir yaxshi sabab), jurnalga obuna, mashina moyini almayshtirishni ham esdan chiqarmang. Oylik yoki yillik daromadingizni hisoblang; so'ng, sarf-xarajatlarni tiyinigacha aniqlang. Biz jamg'arma va investitsiya shunchaki byudjet qoldig'i emas (agar qoldiq qolgan bo'lsa), balki byudjetning alohida rejalashtirilgan bandlari bo'lishini tavsiya qilamiz. Ikkinchi tadbir qilingan xarajatlarini qayd etish va kerakli byudjet o'zgartirishlarini kiritishdan iborat. Barcha xarajatlarni kuzatib borish va ularni byudjet kategoriyalari bo'yicha taqsimlash odatlaringiz va moliyaviy maqsadlaringiz tomon qilgan yutuqlaringiz to'g'risida muhim ma'lumot beradi. Xarajatlarni kuzatib borish kelajakda yaxshiroq, aniqroq byudjet tuzishingizda ham yordam beradi. Masalan, agar boshlang'ich byudjetingizga qilingan bitta yoki ikkita xarajatlar bandini qo'shishni unutgan bo'lsangiz, keyingi safar yangi byudjet tuzishda ularni shubhasiz unutmaysiz. Faraz qilaylik, siz restoranda ovqatlanish uchun oyiga 50 yevro rejalashtirib, biroq haqiqatda 80 yevro sarflaysiz. Bu farqni hisobga olish uchun rejalashtirilgan xarajatlaringizni o'zgartirish kerakligini bilasiz. Qilingan xarajatlarni hujjatlashtirib borish tahlil mexanizmi bo'lib, kelajakdagi byudjetingiz va xarajatlaringizga tegishli o'zgartirishlar kiritishingizga yordam beradi. Daromadingizni rejalashtirib, hatti-harakatlaringizni nazorat qilish xarajatlarni baholashga va ularni samarali xarajatlar toifalariga yo'naltirishga sizga yordam beradi. Quyidagi to'rtta oddiy qadam sizni moliyaviy barqarorlikka eltadi: kechiktirmasdan, darhol boshlang, maqsadlaringizni aniqlab oling, instrumentlardan foydalaning va maqsadga erishish uchun byudjet tuzing. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling