James d. Gwartney


ELEMENT 4.2 Unumdorlikni oshirish va xizmatingiz natijasi boshqalarga yanada qadrli bo'lishi uchun


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

ELEMENT 4.2
Unumdorlikni oshirish va xizmatingiz natijasi boshqalarga yanada qadrli bo'lishi uchun
qobiliyat va dunyoqarashni (shu jumladan, tadbirkorlikni) rivojlantiring.


234
muvaffaqiyatsizlikka yo'naltirilgan. Ular unumdorlikni va ishchilarning boshqalar bilan ishlash
qobiliyatlarni kamaytiradi.
Agar muvaffaqiyatli bo'lishni istasangiz, birinchi toifadagi hislatlarni rivojlantirishingiz
va mustahkamlashingiz zarur. Ular odatga, ya'ni hayotingizning asosiy mazmuniga aylanishi
lozim. Shuningdek, ikkinchi toifadagi hislatlardan voz kechishingiz lozim. Illatlaringizdan
birortasi maqtanadigan hislat ekanligiga sizni hech kim, jumladan do'stlaringiz ham
ishontirishiga yo'l qo'ymang. Bu — muammoga eltuvchi yo'l, undan uzoqroq yurganingiz
ma'qul.
Biroq, siz uchun yaxshi yangilik bor: siz muvaffaqiyatsizlikka emas, muvaffaqiyatga
eltuvchi hislatlarni tanlashingiz mumkin. Bundan tashqari, buni oilaviy sharoitingiz,
daromadingiz, ta'lim darajangiz yoki tanlagan kasbingizdan qat'i nazar amalga oshirishingiz
mumkin. Sizning hislatlaringiz kelajakdagi moliyaviy muvaffaqiyatingizga ulkan ta'sir
ko'rsatadi. Ijobiy hislatlaringiz ta'lim darajasining pastligi yoki nochor bolalik kabilarni
yengishda yordam beradi.
Video:
Arvoh ovchilari iqtisodiyoti
Albatta, agar muvaffaqiyatsizlikka eltuvchi illatlarni tanlasangiz, siz boshqalarni,
jumladan, oilangizni, mahallangizni, o'qigan maktabingizni yoki butun jamiyatni ayblashingiz
mumkin. Bu omillar sizning tanlovingizga ta'sir ko'rsatsada, ularni belgilamaydi. Sizning
hislatlaringiz o'zingizning qo'lingizda. Agar muammoli muhitda ulg'aygan bo'lsangiz, unda bu
hislatlarga erishish va ularni saqlab turish qiyinroq kechishi mumkin. Ammo salbiy muhitni
yenga olgan shaxsni deyarli hamma hurmat qiladi va unga tasanno aytadi. Muammoli o'tmish
hatto muvaffaqiat uchun turtki bo'lishi mumkin, agar ijobiy hislatlarni rivojlantirishni
tanlasangiz.


235

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling