James d. Gwartney


Amaliy shaxsiy moliyaning o'n ikki


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Amaliy shaxsiy moliyaning o'n ikki
muhim elementlari
Elementlar:
1. O'z qiyosiy ustunligingizni aniqlang.
2. Unumdorlikni va siz ko'rsatadigan xizmatlar qadrini oshiruvchi ko'nikmalarni,
munosabatlarni va tadbirkorlikni rivojlantiring.
3. Mablag'ingizni oqilona sarflash va muntazam ravishda jamg'arish uchun byudjetingizni
rejalashtiring.
4. Hech narsani uning foydali faoliyat muddatidan uzoqroq muddatga moliyalshtirmang.
4-BOB


226
5. Puldan unumliroq foydalanishning ikki yo'li bor: kredit kartalari bo'yicha qarzdan
saqlaning va ishlatilgan narsalarni xarid qiling.
6. Favqulotda vaziyat yoki «qora kun» uchun omonat hisob raqamingizga
(?)
har oy pul
qo'yishni boshlang.
7. Murakkab foiz stavkasi sizning foydangizga ishlashini ta'minlang.
8. Diversifikatsiya qiling — hamma tuxumni bitta savatga qo'ymang.
9. Indeks pay investitsiya fondlari
(?)
yoki indekslangan birja investitsiya fondlari
ortiqcha risksiz ekspertlardan kattaroq foyda olishga yordam beradi.
10. Uzoq muddatli investitsiya uchun aksiyalarga investitsiya qiling, lekin pulga ehtiyoj
paydo bo'lishini sezsangiz, unda obligatsiyalarning yoki naqd pulning ulushini oshiring.
11. Uy-joy sotib olish, ta'lim olish va boshqa investitsiya bo'yicha qarorlar qabul qilganda,
risk darajasini pasaytirish yo'llarini qidiring.
12. Riskni boshqarish uchun sug'urtadan foydalaning.
Kirish
Post-kommunist davlatlarga qaraganda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida aholi daromadlari
ancha yuqori. Shunday bo'lsada, ko'p G'arbiy Yevropa mamlakatlaridagi (ayniqsa,
kambag'alroq malakatlardagi) odamlar moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Bu
qanday yuz berishi mumkin? Gap shundaki, moliyaviy barqarorsizlikning sababi biz oladigan
daromadlarga emas, balki asosan tanlovlarimizga bog'liqdir.
Agar o'z moliyangizni boshqarmasangiz, moliyangiz sizni boshqaradi. Buyuk Amerika
faylasufi (va beysbol yulduzi) Yogi Berra aytganidek: «Agar qayerga ketayotganingni oldindan
bilmasang, unda ehtiyot bo'l, yo'qsa u yerga yetmasliging mumkin
(90)
». Boshqacha aytganda,
har birimizga reja kerak. Agar reja bo'lmasa, biz o'zimiz istamagan joyda bo'lib qolishimiz
mumkin. 4-bobda keltirilgan 12 element amaliy reja o'zagini tashkil etadi. Ular amaliy, ya'ni
o'zingiz darhol amalga oshirishingiz mumkin bo'lgan maslahatlardan iborat bo'lib, yoshingiz,
daromadingiz va shaxsiy holatingizdan qat'i nazar, sizga oqilona moliyaviy qarorlar qabul
qilishingizda yordam beradi.
Ko'pincha shaxsiy moliya va investitsiya bo'yicha qarorlar iqtisodiyot dunyosidan


227
butunlay ayrilgandek tuyuladi. Asilda esa unday emas. 1-elementda namoyish etilganidek,
mamlakatlar o'zlari eng yaxshi bajara oladigan faoliyatlarga ixtisoslashishidan manfaat
ko'rishlarini izohlovchi qiyosiy ustunlik printsipi siz qo'lingizdan eng yaxshi keladigan va
boshqalar qadrlagan narsalarga ixtisoslashishingizning afzalliklarini ham tushuntirib beradi.
Shu singari, vaqt mobaynida boylik orttirishga kelganda, tadbirkorlik, moliyaviy hisobdorlik,
kasb rejalashtirish va kapital investitsiya (ayniqsa, inson kapitali) mamlakatlar uchun qadrli
bo'lganidek, shaxslar uchun ham xuddi shunday qadrlidir.
Bu yerda keltirilgan printsiplar, ko'rsatmalar va instrumentlarni to'rt toifaga bo'lish
mumkin: 1- va 2-elementlar daromadni oshirish; 3-6 elementlar daromaddan unumliroq
foydalanish; 7-10-elmentlar investitsiya daromadlarini oshirish; 11-12-elementlar esa riskni
boshqarish to'g'risidadir.
Bu yerda keltirilgan maslahatlar oddiy, amaliy va tushunarlidir. Ular sizni moliya
ustasiga yoki bir zumda millionerga aylantirmaydi, lekin ular yirik moliyaviy xatolarning
oldini olishga ko'maklashadi. Bundan ham murakkab rejalar mavjud. Ammo mukammal
faoliyat yaxshi faoliyatga dushman bo'ladi. Oqilona moliyaviy reja tuzishga o'zida vaqt yoki
tajriba yo'q deb hisoblagan shaxslar katta moliyaviy muammolarning oldini olish uchun hatto
oddiy ko'rsatmalarni ham tatbiq eta olmasliklari mumkin. Bu qismda ana shunday ko'rsatmalar
berilgan.
Hayot tanlovlardan iborat. Bizning maqsadimiz muvaffaqiyatli hayotga erishish uchun
zarur tanlovlarni tanlash qobiliyatingizni oshirishdan iborat. Qo'shma Shtatlarining yetakchi
iqtisodiyot fani o'qituvchilaridan biri Jon Morton quyidagini ta'kidlaydi:
«Men talabalarimga hayot lotereya emas, u nol summali o'yin
(?)
emas, deb
doim aytaman. Sizning muvaffaqiyatingiz boshqalarning muvaffaqiyatini
kamaytirmaydi. 
Sizning 
muvaffaqiyatingiz 
tanlovlaringizga 
bog'liq,
tanlovlarning esa oqibatlari bor.»
Oqilona moliyaviy qarorlar qilish va mavjud resurslardan unumli foydalanishni tahlil
qilishdan oldin, biz siz bilan pul va boylikning ahamiyati to'g'risida fikrlarimizni
bildirmoqchimiz. Yaxshi hayot faqat yaxshi daromad topishdan iborat emas. Baxtli hayot


228
kechirish uchun muvaffaqiyatli turmush, oila, do'stlar, qoniqarli ish, diniy e'tiqod va sevimli
mashg'ulot kabi moliyaviy aktivlar
(?)
bo'lmagan omillar puldan ham muhimroq
(91)
. Demak,
faqat pul va boylikni ortidan quvishning ma'nosi yo'q.
Shuningdek, boy bo'lishni istash ham uyat emas. Bu istak, tor ma'noda, faqat o'z
farovonligini bilan qiziqqan shaxslarga taaluqli emas. Masalan, Tereza ona kambag'allarga
ko'proq yordam berish uchun boyroq bo'lishni istagan bo'lar edi. Ko'p odamlar diniy, madaniy
va xayriya tashkilotlariga ko'proq ehson berish uchun yoki qari ota-onalariga ko'proq yordam
berish uchun boyroq bo'lishni istaydilar. Hayot maqsadlarimiz nimaligidan qat'i nazar, agar
qarzimiz kamroq va boyligimiz ko'proq bo'lsa, ularga erishish osonroq kechadi. Demak, biz
hammamiz oqilona moliyaviy qarorlar qabul qilishni istaymiz.


229

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling