James d. Gwartney
O'z qiyosiy ustunligingizni aniqlang
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
O'z qiyosiy ustunligingizni aniqlang
Qiyosiy ustunlik printsipidan ko'pincha xalqaro savdoning turli mamlakatlar aholisi yuqori turmush standartlariga erishishi uchun imkoniyat yaratishini tushuntirishda foydalaniladi. 1- bob 4-elementda namoyish etilganidek, qiyosiy ustunlik qonuniga muvofiq ixtisoslashuv savdo hamkorlariga ishlab chiqarish hajmini oshirishga va yuqori daromadlar darajasiga erishishga imkon beradi. Qiyosiy ustunlik printsipi odamlar kasb va biznes imkoniyatlarini ko'rib chiqishida ham ahamiyatga ega. ELEMENT 4.1 230 Xuddi mamlakatlar kabi, odamlar ham ixtisoslashganda, ya'ni harakatlarini qiyosiy ustunlikka ega faoliyatga qaratganda, yuqoriroq daromad darajalariga erishishlari mumkin. Ko'nikmalaringiz va muqobil qiymat o'rtasidagi bog'liqlik to'g'risida bir o'ylab ko'ring. Bitta keskin holatni ko'rib chiqaylik. Barcha ishlab chiqarish faoliyatlarida sizga teng keladigani yo'q, deb faraz qiling. Shunday ekan, siz har bir faoliyat uchun vaqt ajratishga harakat qilishingiz kerakmi? Yoki yana boshqa keskin holatni olaylik. Aytaylik, kimdir barcha faoliyat turlari bo'yicha boshqalardan yomonroq. Bu shaxs hech narsada raqobat qila olmasligi sababli ixtisoslashuvdan manfaat ko'ra olmaydimi? Ikkala savolga ham javob salbiy. Qanchalik qobiliyatli bo'lishingizdan qat'i nazar, agar muqobil qiymatni hisobga olsak, ba'zi faoliyat bo'yicha unumdorligingiz boshqalarnikidan kattaroq bo'ladi. Xuddi shunday, ishlab chiqarish qobiliyatingiz qanchalik past bo'lishidan qat'i nazar, siz ayrim mahsulotlarni boshqalardan arzonroq ishlab chiqara olasiz. Siz ayrim sohalarda muvaffaqiyatli raqobatlashib, qiyosiy ustunlikka ega faoliyatlarga ixtisoslashuvdan foyda olishingiz mumkin. Qiyosiy ustunligingiz sizning mutlaq qobiliyatingizga emas, balki nisbiy qobiliyatingizga bog'liq. Masalan, Facebook asoschisi Mark Tsukerberg nafaqat kuchli va muvaffaqiyatli novator va qobiliyatli tadbirkor, balki u kuchli kompyuter dasturchisi bo'lishga zarur xususiyatlarga ham ega. Garvard yotoqxonasida ommabop ijtimoiy tarmoqni yaratishi uchun juda ko'p dasturlashtirish qobiliyat kerak bo'lgan. Tsukerberg yuqori malakali dasturlashtirish qobiliyatiga ega bo'lgan, lekin shunga qaramay uning qiyosiy ustunligi Facebookning innovatsion ijtimoiy tarmoq xususiytalarini rivojlantirishida edi. Xuddi shu kabi, Facebookdagi faoliyat yuritadigan kompyuter dasturchilarining qobiliyatlari Tsukerbergnikidan pastroq bo'lishi mumkin, lekin ularning qiyosiy ustunligi boshqaruv (yoki investorlar bilan ishlash) emas, baribir dasturlash bilan bog'liq. Agar odamlar boshqalarga qadrli bo'lgan faoliyatda juda qobiliyatli bo'lsalar, ular muvaffaqiyatliroq bo'ladilar. Bu Tsukerberg kabi odamlar aql bovar qilmaydigan darajada daromad topish sabablarini izohlaydi. 2007-yilda, atigi 23 yoshida, u dunyoning eng yosh milliarderiga aylandi (92) . Ba'zilar ular bilan savdo qilgan ancha katta daromad oladigan odamlarda ustunlik bordek tuyulish mumkin. Biroq, savdo ikkala tomon uchun ham manfaatli ekanligini yodda tuting. Umuman olganda, siz bilan savdoga kirishgan odamlar (birov uchun ishlashda ham 231 savdo kerak) qanchalik muvaffaqiyatli va boy bo'lsa, siz bundan shunchalik manfaatdor bo'lasiz, chunki xizmatingiz ular uchun muvaffaqiyatsizroq va puli kamroq odamlarga nisbatan qadrliroqdir. Masalan, agar ushbu kitobning mualliflari ko'ngil ochar sanoatining agentlari bo'lganda edi, ular boshqa musiqachilardan ko'ra Byork, Rolling Stounz yoki U2 uchun ishlashni ma'qul ko'rgan bo'lar edi, chunki shunda ular ko'proq daromad olishi deyarli shubhasiz. Qilishingiz mumkin bo'lgan eng yomon narsa bu muvaffaqiyatga o'z harakatlaringiz va tashabbusingiz bilan erisha olmaganingizning sababi o'zingizni jabrlanuvchi hizoblashingiz yoki boshqalar bunga sizni ishontirishidir. Ba'zilar o'z faoliyatini boshqalarga nisbatan kamroq ustunlik bilan boshlaydi, biroq ular ham agar harakat qilib, tafakkur bilan ish tutsa, katta muvaffaqiytaga erishishi mumkin. Siz kasbiy rivojlanishni o'z qo'lingizga olib, qobiliyatingizni rivojlantirishning eng ma'qul yo'lini rejalashtirishingiz va maqsadlarga erishish uchun bozor hamkorligidan foydalanishingiz zarur. Sizning shaxsiy muvaffaqiyatingiz to'g'risida sizdan ko'proq hech kim qayg'urmaydi. Hech kim ham sizning qiziqishlaringiz, qobiliyatingiz va maqsadlaringiz to'g'risida yaxshi bilmaydi. Biz odatda xarajatlarni iloji borija past darajada ushlab turish kerak deb hisoblaymiz. Xarajatlar tanlov natijasida voz kechilgan imkoniyatning eng yuqori muqobil qiymatini anglatishini esda tuting. Demak, mavjud muqobillar qancha jozibali bo'lsa, tanlovingizning muqobil qiymati shinchalik baland bo'ladi. Talabalik davrida qo'shimcha pul ishlash uchun siz «Starbucks»da ishlaganingiz ma'qulmi yoki universitet diplomini tezroq olish uchun qo'shimcha kurs olganingiz ma'qulroqmi? Ikkalasi ham yaxshi tanlov. Bundan tashqari, malakangiz oshishi bilan sizning imkoniyatlaringiz yanada yaxshilanadi, lekin tanlovlarni tanlashning muqobil qiymati ham oshadi. Aksincha, agar mavjud tanlovlaringiz soni kam bo'lsa, muqobil qiymat ham kamroq bo'ladi. Masalan, kitob o'qishning muqobil qiymatini pasaytirishning samarali yo'li qamoqxonada o'tirib chiqishdir, chunki u yerda to'rtta devorga qarab o'tirishdan boshqa yagona imkoniyat kitob o'qishdan iborat. Bu albatta yomon taklif. U bir narsani bajarishning (siz uchun juda ahamiyatli faoliyat) imkoniyat bahosini kamaytirish uchun boshqa ko'plab foydali imkoniyatlardan voz kechishni talab etadi. Siz uchun imkoniyatlarning kamligi emas, balki ko'pligi yaxshiroq. 232 Hayotda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lish uchun yoshlarga yaxshi ta'lim olishlari tavsiya etiladi. Yaxshi ta'lim sizning unumdorlik darajangizni va ish beruvchilarning sizga to'lashi mumkin bo'lgan ish haqi miqdorini oshiradi. Bu sizning daromadingizni ko'paytiradi, biroq shu bilan birga, bu keyinroq uchraydigan yaxshiroq imkoniyatlarga loyiq bolish umidida sizga uchragan boshqa yaxshi ish takliflaridan voz kechishingiz kerakligini ham anglatadi. Oqilona kasb tanlash faqat qo'lingizdan eng yaxshi keladigan narsalarni topishdan iborat emas. Qiziqishlaringiz, ya'ni sizga eng mamnuyiat ulushadigan unumli faoliyatlar nimalardan iboratligini ham kashf etishingiz nihoyatda muhimdir. Agar o'z ishingizdan mamnun bo'lsangiz va uning muhimligiga ishonsangiz, unda uni ko'proq va yaxshiroq bajarishdan quvonch topasiz. Demak, faoliyat bilan bog'liq qobiliyat va qiziqish qo'lma-qo'l yuradi. Bundan tashqari, haqiqiy boylik shaxsiy mamnuniyatlik darajasi bilan o'lchanadi. Masalan, ushbu kitobning mualliflari (iqtisodchilar) iqtisodiy muammolarga javob topishdan hamda professional darajada dunyoning turli chekkalaridagi iqtisoyotlarni o'rganib chiqib, bilgan narsalarini boshqalarga batafsil tushuntirib berishga harakat qilishdan zavq oladilar. Hatto gohida ish vaqti uzoqqa cho'zilib ketganda ham, sarflangan soatlarning asosiy qismi biz uchun yoqimli. Bizning mashg'ulotimiz hammaga ham to'g'ri kelavermaydi. Biroq, biz uchun, qiziqishlarimiz tufayli faoliyatimizdan keladigan quvonch ishning ayrim ko'ngilsizlik tomonlarini keragidan ortig'i bilan qoplaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling