James d. Gwartney
Boshqalarga qadringizni oshiring
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Boshqalarga qadringizni oshiring
Bozor iqtisodiyotida moliyaviy muvaffaqiyat boshqalarga foydali xizmat ko'rsatish qobiliyatini aks ettiradi. Bu ham ishchilar, hamda korxonalarga taalluqli. Agar ko'p daromad topishni istasangiz, unda boshqalar qadrlaydigan xizmatlarni ko'rsatish yo'llarini izlab topishingiz zarur. Avval ta'kidlab o'tganimizdek, bilimni takomillashtirish, malaka hamda tajriba orttirish odatda unumdorlikni va boshqalarga qadrli xizmat ko'rsatish imkoniyatini oshiradi. Shu sababli, inson kapitaliga – ta'limga, mashg'ulotlarga va malaka oshirishning boshqa usullariga – investitsiya qilish ham unumdorlikni, ham daromadlarni oshirish mumkin. Biroq, boshqa shaxsiy xususiyatlar ham unumdorlikka ta'sir ko'rsatadi. Ulardan eng muhim ikkitasi bu shaxsiy dunyoqarash va tadbirkorlardek fikrlash. Unumdorlikning manbai sifatida bu ikki sifatning ahamiyati psixologlarning «emotsional intellekt» (EQ) tushunchasi bilan bog'liq. Ko'p psixologlar shaxsiy muvaffaqiyatni aniqlashda EQ IQ (intellektual omil) ga nisbatan muhimroq deb ishonadilar (93) . Iqtisodchilar inson unumdorligi uchun bunday o'ta muhim manbalarga ko'pincha e'tibor bermaganlar (94) . Qanday qilib shaxsiy dunyoqarash unumdorlik va muvaffaqiyatga ta'sir ko'rsatadi? Quyida oddiy xayoliy tajriba o'tkazamiz. Faraz qiling, ish beruvchi ikki ishchini baholayapti. Ulardan biri quyidagi fazilatlarga ega: rostgo'ylik, ishonchlilik, qat'iylik, haqiqiylik, boshqalarga hurmat, o'rganish va mukammallikka havas hamda boshqalar bilan ishlash qobiliyati. Ikkinchisi esa quyidagi illatlarga ega: boshqalarga hurmatsizlik, ishonchsizlik, janjalkashlik, bilim olishga nafrat, qo'pollik, muammolarda boshqalarni ayblashlik, vijdonsizlik, spirtli ichimlik va giyohvand moddalarga ruju qo'yganlik. Agar ish beruvchi bo'lsangiz, qaysi birini ishga yollagan bo'lar edingiz? Aniqki, ko'pchilik birinchi nomzodni ishga yollaydi, chunki uning hislatlari muvaffaqiyatga yo'naltirilgan. Boshqa farqlari bo'lmasa, ijobiy hislatlarga ega ishchilar unumdorroq bo'ladilar. Aksincha, ikkinchisining hislatlari Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling