James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
3-Bob. Yakuniy xulosalar
Yuqorida bayon qilingan qoidalar xususiy mulk huquqini himoya qilishni kuchaytiradi, raqobatni rivojlantiradi, federalizmni mustahkamlaydi hamda davlat xarajatlari va qarzini nazorat qilishga yordam beradi, shu bilan birga siyosatchilarning maxsus manfaatdor guruhlar foydasiga xizmat qilish imkoniyatini kamaytiradi. Bu talon-tarojga emas, balki o'zaro kelishuvga asoslangan davlat hokimiyatini shakllantirish tomon qadam bo'ladi. Ammo yana bir muhim masalani unutmaslik kerak. Yuqorida keltirilgan tavsiyalar fuqarolar qonun harfiga emas, balki qonun ruhiga rioya qilinishini talab qilgan taqdirdagina ishlaydi. Bunday muvaffaqiyatsiz urinishga misol qilib Gvatemalada sud tizimida korruptsiyani kamaytirish hamda siyosatchilar va maxsus manfaatdor guruhlarning sudyalarga ta'sirini susaytirishga qaratilgan Konstitutsiyani keltirish mumkin. Sudyalarni tanlashda muhim rol huquqshunoslik fakultetlari dekanlariga berildi. Kutilganidek, ushbu «islohot» dekanlarni tanlashda korruptsiyaga olib keldi. Sud hokimiyatiga ta'sir o'tkazishni istagan guruhlar dekanlikka nomzod professorlarning saylov kampaniyalarini ularga ovoz beruvchi talabalarga hashamatli bazmlar tashkil etish orqali moliyalashtirdilar. Bundan tashqari, huquqshunoslik fakultetlari soni juda tez o'sib, ularning aksariyati faqat nomigagina mavjud edi (89) . Ushbu bobni ko'plab mualliflarga tegishli ibora bilan yakunlaymiz. Buni 1956-yilda Oldus Xaksli o'zining «Jasur yangi dunyo» asarining radio versiyasini taqdim etganda chiroyli ifodalagan: «Erkinlik va hatto oddiy insonparvarlikning bahosi bu abadiy hushyorlikdir». 2 va 3-boblar mamlakat farovonligiga qaratilgan. Kitobning yakuniy qismi shaxsiy farovonlikka bag'ishlangan bo'lib, unda yanada farovon hayotga erishishga yordam beradigan ba'zi amaliy tavsiyalar ko'rib chiqilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling