James d. Gwartney
-chizma: Matbuot erkinligi korruptsiyani kamaytiradi
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23-chizma: Ijtimoiy tarmoqlar korruptsiyani kamaytirai
- Harakat, investitsiya va savdo erkinligi
22-chizma: Matbuot erkinligi korruptsiyani kamaytiradi
K o rr u p ts iy a Matbuot erkinligi 0 2 4 6 8 20 40 60 80 100 Manba: Aymo Brunetti, Beatrice Weder, «A free press is bad news for corruption,» Journal of Public Economics, (2003), 87(7): 1801–1824, 10.1016/S0047-2727(01)00186-4. So'nggi 20 yil ichida erishilgan texnologik yutuqlar fuqarolarning davlat faoliyatini nazorat qilish va uning hisobdorligini talab qilish qobiliyatini sezilarli darajada oshirdi. Keyingi chizmada Internetdan (aniqrog'i, barcha ijtimoiy tarmoq misolida Facebookdan) foydalanuvchilar ulushi va korruptsiya darajasining pastligi 220 o'rtasidagi bog'liqlikni yaqqol ko'rish mumkin: 23-chizma: Ijtimoiy tarmoqlar korruptsiyani kamaytirai -( K o rr u p ts iy a n a zo ra ti in d e ks i) 2 -2 -3 0 20 «Facebook»dan foydalanish darajasi «Facebook»dan foydalanish darajasi -(Korruptsiya nazorati indeksi) 1 -1 0 60 40 80 100 DEU JPN QAT BWA BTN CPV POL MUS KOR GEO LVA BRA SA BLZ TUN U OMU TON FSM ZAE GHA LKA NPL IR ZAL TOH VUT LSO KIR RWA NAM WSM DMA CRI SVN ESP LOA GRD GRD LTU DHI SMC MKD USA ORK CZE TUR MYS SRB TTO GRC KWT COL MDY LBN LBY ZRI Q P T T T T T U O I Z VEN GNQ EG ATRIK NI NZ PR M R I Q EDI ORTIP M R ORT P M AM G NT MEX RNZ L HI R K K RO ORH O R RP AD F S IDN CNY IL N IA O NI SI I IO AZE AZE FU HND PRY ALB ECU DOM SUE N PHL ROU RVA BIH UI FRA AUT ATO BRB BELGBR AUS CAN CHL ARE URYUSA SHS CYP ISR PPT KNA SIC BRN MLT DNK NZ SWE ISL NOR SGP IRL FIN M SU DUX Manba: C.K. Jha, & S. Sarangi «Does social media reduce corruption?», Information Economics and Policy, Volume 39 (2017 y, iyun): 60–71. Shubhasiz, «Buyuk Xitoy tarmoq xavfsizlik devori» Xitoy jamiyatini nazorat qilishda muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, ko'plab o'tish davri mamlakatlarida davlat hisobdorligini ta'minlash uchun fuqarolik noroziligini bildirishda ijtimoiy tarmoqlarning roli katta. Bunga misol tariqasida 2018-yil bahorida Armanistonda 221 bo'lib o'tgan #RejectSerzh shiori ostidagi norozilikni va 2013-2014-yillarda Ukrainadagi Yevromaydonni keltirish mumkin (87) . Matbuot erkinligi nafaqat ommaviy axborot vositalariga bosim o'tkazmaslik va jurnalistlarga nisbatan tahdidlarning yo'qligidan iborat. Davlatning ko'rsatuvlarni nazorat qilinishi va ulardan tashviqot uchun foydalanishi ko'p mamlakatlarning muammosidir. Yana bir xavotirli tendentsiya bu badavlat siyosatchilarning o'z gazetalari, telekanallari va radio stantsiyalarini sotib olishidir. Xususiy mulk egalarining ishlariga davlat aralashuvi doimo munozarali bo'lsa ham, bu sohadagi oqilona davlat siyosati cheklovlar joriy etishni talab qilishi mumkin. g. Harakat, investitsiya va savdo erkinligi Shaxslarning tadbirkorlik sohasida raqobatlashish va ixtiyoriy ayirboshlashda qatnashish erkinliklari iqtisodiy erkinlik va taraqqiyotning asosidir. Narx ustidan nazorat, tadbirkorlik va kasbiy faoliyatni boshlashga to'siqlar, davlat chegaralari orqali tovarlar va xizmatlar savdosini cheklovchi qonunlar hamda savdo-sotiqga to'siq bo'ladigan boshqa davlat tartib-qoidalari samarali iqtisodiy siyosatning qismi hisoblanmaydi. Kasbiy faoliyatni litsenziyalash (kasbiy faoliyat bilan, masalan, soch turmaklash bilan shug'ullanish unchun davlat ruxsatnomasini talab etish) raqobatga qarshi mexanizm bo'lib, bu ayniqsa jamiyatning ko'plab kam ta'minlangan a'zolarining ishga joylashish imkoniyatlarini cheklaydi. Jamoatchilikni himoya qilish uchun sertifikatlash (iste'molchiga xizmat ko'rsatuvchining ta'limi to'g'risida ma'lumot beradi, lekin iste'molchining o'zi ushbu ta'limning dolzarbligini mustaqil baholaydi) afzalroqdir. Sertifikatlash xaridorlarga to'g'ri tanlov qilishga yordam berib, boshqa xizmat ko'rsatuvchilarni o'z professional darajalarini isbotlash imkoniyatidan mahrum qilmaydi. Litsenziyalash, aksincha, savdoni cheklashda va mavjud ta'minotchilarga monopoliya huquqini berishda ishlatiladi. Savdo erkinligi so'z va din erkinligi kabi insonning asosiy huquqlaridan biridir. Fuqarolar ularga ma'qul kelgan shartlarda kimdan sotib olish va kimga sotishni tanlashda, hatto savdo hamkori boshqa mamlakatda istiqomat qilsa ham, erkin bo'lishlari kerak. Ajablanarli tomoni shundaki, o'zaro erkin savdo (har ikkala tomon bir-biri 222 bilan erkin tovar ayirboshlash imkoniyatiga ega) manfaat keltirsa ham, iqtisodchilarning fikriga ko'ra, o'zaro kelishuvning mavjudligi muhim emas. Savdo sheriklarining siyosatidan qat'i nazar, agar mamlakat import qilish to'siqlarini olib tashlasa, deyarli barcha holatlarda fuqarolarining hayotini yaxshilanadi. Bunday «bir tomonlama erkin savdo» bilan bog'liq mantiqni yigirmanchi asrning betakror va eng unumdor iqtisodchilaridan biri Joan Robinsonning (1903-83) quyidagi iqtibosida ko'rish mumkin: Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling