James d. Gwartney


Farovonlikning konstitutsiyaviy printsiplari


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Farovonlikning konstitutsiyaviy printsiplari
a. Nomarkazlashuvda iqtisodiy qarorlar ta'sir ko'rganlarga eng yaqin darajadagi
hokimiyat tomonidan qabul qilinishi lozim
Qo'shma Shtatlari konstitutsiyasiga o'ninchi o'zgartirishda subsidiarlik
(?)
printsipi ko'rsatilgan bo'lib, unga ko'ra «Konstitutsiyada Qo'shma Shtatlariga
berilmagan va taqiqilanmagan vakolatlar Shtatlar va fuqarolarga tegishlidir».
Subsidiarlik 1992-yilgi Maastrixt shartnomasiga ko'ra, «Yevropa Ittifoqi
qonunchiligining umumiy printsiplaridan» ham biridir. 2009-yilda Lissabon
shartnomasiga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, «Subsidiarlik printsipiga asosan Ittifoq
vakolatidan tashqari sohalardagi rejalashtirilgan faoliyat a'zo mamlakatlarning
markaziy va mahalliy davlat organlari tomonidan amalga oshirib bo'lmagan
holatlardagina u Ittifoq tomonidan amalga oshirilishi mumkin»
Subsidiarlik printsipi bir necha mantiqiy tushunchalarga asoslangan.
Fuqarolarning davlat bilan aloqasi markaziy (yoki milliy) hukumat emas, balki
mahalliy darajada amalga oshganda fuqarolarning ehtiyoj va istaklari yaxshiroq
tushuniladi. Oldinroq qayd etilganidek, davlat darajalari o'rtasidagi raqobat
fuqarolarga xizmat ko'rsatish samarasini oshirishga rag'batlantiradi. Turli ma'muriy-
hudud organlarning umumiy muammolarni hal qilishdagi turli yondashuvlari
samarali yechim topilishini va uni boshqa davlat organlari tomonidan qabul qilinish
ehtimolini oshiradi.
Garchi «subsidiarlik» tushunchasi birinchi marta yigirmanchi asrning
boshlarida Papa Piy XIning «Quadragesimo anno» entsiklikasida ishlatilgan
bo'lsada, bu printsip odamlarga avvaldan yaxshi tanish bo'lgan. Aleksis de Tokvil o'n
to'qqizinchi asr boshlaridagi Amerikani kuzatib quyidagilarni xulosa qiladi:
«Nomarkazlashtirishning nafaqat ma'muriy ahamiyati, balki fuqarolik
o'lchovi ham bor, chunki u fuqarolarning jamoat ishlariga qiziqish


212
imkoniyatlarini kengaytiradi; ularning erkinlikdan foydalanishiga
odatlantiradi. 
Mahalliy, 
faol 
va 
talabchan 
erkinliklarning
jamlanmasidan markaziy hukumat da'volariga qarama-qarshi, garchi
u shaxssiz jamoa irodasi orqali qo'llab-quvvatlangan bo'lsada, eng
samarali kuch paydo bo'ladi
(84)
.
b. Davlat hokimiyatini turli mustaqil bo'limlar o'rtasida taqsimlovchi nazoratlar va

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling