James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

muvozanatlar tizimi
Davlat asosan uch faoliyat yo'nalishiga ega:
i. Qonun chiqaruvchi hokimiyat qonunlarni ishlab chiqadi.
ii. Ijroiya hokimiyati qonunlar ijrosini ta'minlaydi.
iii. Sud hokimiyati qonunlarni talqin qiladi.
Ushbu uchta vazifani amalga oshirish uchun juda ko'p institutsional
mexanizmlar jalb qilingan. Monarxiya, diktatorlik va harbiy xuntalardan (demokratik
tizimning ayrim elementlarini o'zida mujassam qilsa ham, amalda ularni yakka shaxs
yoki kichik to'da boshqaradi) tashqari, mamlakatdagi tizimni quyidagi guruhlarga
bo'lish mumkin:
i. Parlament tizimi. Unda ijroiya hokimiyat parlament saylagan lider (odatda
bu «Bosh vazir») tomonidan boshqariladi. Bosh vazir vazirlar mahkamasi
a'zolarini parlament orqali tasdiqlaydi. Bu kabi tizimlarda bosh vazir
parlament ixtiyori bilan xizmat qiladi va u vazifasidan istalgan paytda ozod
qilinishi mumkin. Bu mamlakatlarda rasmiy maqomdagi davlat rahbari
(masalan, Angliya qirolichasi kabi monarx) yoki vakolati cheklangan
prezident (masalan, Germaniyada) bo'lishi mumkin.
ii. Prezidentlik tizimi. Unda ijroiya hokimiyat rahbari saylovchilar tomonidan
saylanadi va u, o'z navbatida, hukumat a'zolarini tayinlaydi va ularni
tasdiqlash uchun qonun chiqaruvchi organga taqdim etadi. Bu tizimga
Qo'shma Shtatlari yaxshi misoldir.


213
iii. Yarim prezidentlik yoki aralash tizim. Unda saylovchilar saylagan
prezident cheklangan, lekin muhim vakolatlarga ega. Ammo Vazirlar
mahkamasi parlamentga hisobot beradi. Bu kabi tizimni Frantsiyada kuzatish
mumkin.
Parlament tizimini tahlil qilganda maxsus institutsional omillar muhim rol
o'ynaydi. Saylovlar yagona deputatlik mandatiga ega kichik saylov uchastkalaridami
yoki ko'p deputatlik mandatlariga ega katta saylov uchastkalarida o'tkazilyaptimi?
Agar ko'p mandatli katta uchastkalarda bo'lsa, deputatlik o'rinlari olingan ovozlar
ulushiga boq'liqmi? Qonunchilik palatasiga a'zolik uchun eng kam ovoz ulushi necha
foiz?
Post-kommunist o'tish davri mamlakatlarining ko'pchiligida (qariyb 60 foiz)
aralash tizim joriy qilingan. O'ttiz foizida parlament tizimi, qolganlarida esa
prezidentlik tizimi amal qiladi. Vaqt o'tishi bilan ba'zi mamlakatlar, xususan Gruziya
2004-yilda, Chexiya Respublikasi 2012-yilda va Armaniston 2015-yilda tizimlarida
yo'nalishni o'zgartirdilar. Ushbu aralash tizimlarda prezident vakolatlari
mamlakatdan mamlakatga keskin farq qiladi. Bu tizim ayniqsa Ukrainada nobarqaror
kechdi: prezident va parlament vakolatlari 1994, 1996, 2004, 2010 va 2014-yillarda
qayta ko'rib chiqildi. Asosiy institutlardagi bunday nobarqarorlik investorlar
faoliyatlarini rejalashtirishini haddan tashqari murakkablashtiradi.
Garchi yuqoridagi tizimlarning afzallik va kamchiliklari bo'lsada,
tadqiqotlarga ko'ra prezidentlik tizimlarda hukumat ko'lami odatda kichikroq bo'ladi.
Bunga sabab quydagi bo'lish mumkin: parlament tizimida koalitsiya hukumati
faoliyat yuritib, unda ko'p sonli partiyalar hukumatni qo'llav-quvvatlash evaziga o'z
saylovchilari manfaatlarini va ustuvorliklarni talab qiladilar. Boshqa tomondan,
dunyo bo'ylab parlament tizimidagi mamlakatlar prezidentlik tizimidagilarga
qaraganda tezroq rivojlanadilar. Post-kommunist mamlakatlarida prezidentlik tizimi
qo'shimcha kamchilikka ega: vakolatlarning markazlashganligi sababli hukumat
ko'lami odatda kattaroq bo'ladi. Bir qarashda demokratik tuyulgan bu mamlakatlarda
aslida yakka hokimiaytchilik alomatlari kuzatiladi. Post-kommunist mamlakatlar


214
misolida turli davlat tuzilishi shakllarining afzallik va kamchiliklari to'g'risida
iqtisodchilar Rojer Mayerson, Jerard Roland va Timofiy Milovanov ajoyib maqola
yozishgan
(85)
.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling