James d. Gwartney
Raqobat va tashqi tayanchlar muhimdir
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEMENT 3.10 Davlat boshqaruvidagi raqobat bozordagi raqobat kabi muhim.
Raqobat va tashqi tayanchlar muhimdir
Raqobat intizomiy kuchdir. Bozorda tadbirkorlar iste'molchi sadoqati uchun kurashadilar. Agar korxonalar mijozlarga yaxshi xizmat ko'rsata olmasa, ular mijozlarni yaxshiroq xizmat ko'rsatuvchi raqobatchilarga yutqazadilar. Raqobat mijozlarni yuqori narxlar, sifatsiz mahsulotlar, yomon va qo'pol xizmatlarlardan himoya qiladi. Bu xususiy sektorga taalluqli ekanligini deyarli barcha yaxshi biladi. Afsuski, davlat sektorida raqobatning ahamiyati ko'pincha e'tibordan chetda qoladi. Avvalgi elemetlardan bizga ma'lumki, davlat muassasalari va korxonalari yuz keladigan rag'batlar tuzilmasi samarali faoliyatni uncha ko'maklamaydi. Davlat muassasa va korxonalar samaradorligini baholash uchun fuqarolar foyda va zarar singari ko'rsatkichlarga ega emas. Shu sababli davlat korxona rahbarlari o'z iqtisodiy samarasizliklarini ko'pincha e'tibordan chetda qoldira oladilar. Ularda xarajatlarni nazorat qilishga rag'bat mavjud emas. Agar davlat muassasi joriy yilga rejalashtirilgan byudjet mablag'larini sarflay olmasa, uning keyingi yil uchun ko'proq mablag' talab qilishga asosi kamayadi. Shuning uchun byudjet davri oxirida davlat muassasalari qolgan ELEMENT 3.10 Davlat boshqaruvidagi raqobat bozordagi raqobat kabi muhim. 206 mablag'larni tezroq sarflashga harakat qiladilar. Davlat sektoridagi rag'batlarning shunday tuzilmasi sababli davlatni iloji boricha raqobatga duch keltirish juda muhimdir. Agar mavjud resurslardan oqilona foydalanishni istasak, xususiy korxonalar davlat muassasalari hamda korxonalari bilan teng sharoitlarda raqobat qilishiga ruxsat berilishi lozim. Misol uchun, avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish bo'limlari, bosmaxonalar, umumiy ovqatlanish shaxobchalari, axlatni yig'ishtirish xizmatlari, ko'chalarni obodonlashtirish bo'limlari, maktablar va shu kabi davlat muassasalari faoliyat yuritadigan sohalarda xususiy korxonalarga, ayniqsa agar siyosiy favoritizm yoki hatto poraxo'rlikni chetlashga e'tibor qaratilsa, raqobat qilish imkoniyatini osonlik bilan berish mumkin. Raqobat davlat va xususiy sektorlarda ish faoliyati unumdorligini oshirishga, xarajatlarni qisqartirishga va innovatsion hatti-harakatlarni rag'batlantirishga ko'maklashadi. Markazlashmagan davlat ma'muriy hududlari o'rtasidagi raqobat, masalan, AQSH va Germaniyada shtatlar o'rtasidagi, boshqa mamlakatlarda viloyatlar o'rtasidagi hamda mahalliy (munitsipal) hokimiyat organlari o'rtasidagi raqobat fuqarolarni davlat ekspluatatsiyasidan himoya qiladi. Agar aholi davlat xizmatlari va soliqlar darajasi ularga ma'qul bo'lgan boshqa hududlarga erkin ko'cha olsa, davlat fuqarolarga nisbatan mustabid siyosatini olib bora olmaydi. Albatta, xuddi baqqolni almashtirgandek yashash joyini o'zgartirish oson emas. Biroq agar davlat vazifalari ko'proq nomarkazlashtirilgan bo'lsa, fuqarolarning «oyoqlari bilan ovoz berishi», ya'ni o'zlariga ma'qul hududlarga ko'chib ketishi ham osonroq bo'ladi. Bundan tashqari, ko'chishni istamaganlar esa quyi hokimiyat o'rtasidagi raqobatdan yutadi. Ba'zi aholi qatlamining davlat boshqaruvi samaraliroq bo'lgan joylarga ko'chishi va boshqalarning ham shunga ergashishi mumkinligi davlat organlarini fuqarolar muammolariga e'tiborliroq bo'lishga undaydi. Shuningdek, nomarkazlashtirish (?) aholi o'ziga ma'qul davlat xizmatlarini tanlashiga imkoniyat yaratadi. Odamlarning uy-joy yoki avtomobil xarajatlari bir-biridan farq qilganidek, ularning davlat xizmatlari uchun ham qancha xarajat qilish kerakligi to'g'risidagi fikrlari farq qiladi. Ba'zilar ko'proq davlat xizmatini istaydi va buning uchun ular kattaroq soliq to'lashga tayor. Kimlardir soliqlarni pasaytirishni va davlat xizmatlarini cheklashni ma'qul ko'radi. Agar ba'zilar davlat xizmatlarini soliqlar hisobidan moliyalashtirishni xohlasa, boshqalar asosan iste'molchi to'lovlari hisobidan moliyalashtirishni ma'qul ko'radi. Markazlashmagan siyosiy 207 tizim doirasida odamlar davlat xizmatlari va soliqlar bo'yicha hamfirklar bilan birlashib, o'zlariga ma'qul bo'lgan davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini qo'lga kiritishlari mumkin. Bundan tashqari, aholining nomarkazlashtirilgan hududlar o'rtasidagi erkin harakati samaradorlikka ko'maklashadi. Agar davlat soliqlarni oshirib, biroq shunga mutanosib davlat xizmatini ta'minlamasa va boshqaruvni haddan tashqari kuchaytirsa, soliq bazasini tashkil qiluvchi ba'zi shaxs va korxonalar ko'chib ketishi mumkin. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling