James d. Gwartney


Markazlashgan rejalashtirish hech


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Markazlashgan rejalashtirish hech
qachon samara bermagan
Tizim odami o'z takkaburi bo'yicha o'zini dono ko'radi. U xuddi shaxmat
taxtasidagi toshlarini qo'li bilan osonlikcha yurgizgani kabi, katta jamiyatning
turli xil a'zolarini osonlik bilan boshqarish mumkin deb tasavvur qiladi; u
shaxmat taxtasidagi toshlarda ularni qo'l surishidan boshqa harakatlanish
printsipi yo'q deb hisoblaydi; biroq, inson jamiyati deb nomlanmish buyuk
shaxmat taxtasidagi har bir alohida shaxs, garchi bu qonun chiqaruvchilar
istagidan farqli bo'lsa ham, o'z harakatlanish printsipisga ega. Agar bu ikki
printsip bir-biriga mos kelsa va bir yo'nalishda harakatlansa, inson
jamiyatining o'yini osonlik va uyg'unlik bilan davom etadi va uning baxtli va
muvaffaqiyatli bo'lishining ehtimoli katta. Agar ular bir-biriga zid yoki turlicha
bo'lsa, o'yin qayg'uli davom etadi, jamiyat esa tartibsizlikning eng yuqori
cho'qqisiga yetadi
(77)
.
— Adam Smit (1759-yil), «Ma'naviy hissiyotlar nazariyasi»
Avval muhokama qilganimizdek, odatda davlat jamoat mollar (iste'molni faqat unga haq
to'lovchilar bilan cheklash murakkab bo'lgan tovarlar guruhi) ta'minotini bozorlardan ko'ra
yaxshiroq yo'lga qo'yishi mumkin. Ko'p odamlar iqtisodiyotning barcha jabhalarini yoki uning
juda katta qismini davlat mulozimlari bozor tizimiga nisbatan yaxshiroq boshqara oladi deb
hisoblaganlar. 1917-yildagi Bolsheviklar inqilobidan so'ng markazlashgan rejalashtirishning
ELEMENT 3.9
Iqtisodiyotni markazdan rejalashtirish juda murakkab bo'lib, bu yo'ldagi harakatlar
samarasizlikka olib keladi.


197
tarafdorlari davlat mulozimlarining soliqlar, subsidiyalar, vakolatlar va qonuniy me'yorlari
orqali iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini rejalashtirishi va boshqarishni markazlashtirishi
jamiyatga foyda keltiradi deb da'vo qilganlar. Markazlashgan rejalashtirish tizimida biz
oldinroq muhokama qilgan bozor kuchlari o'rnini, xuddi eski sovet tizimiga sodir bo'lgani kabi,
bevosita buyruq va nazoratni o'z ichiga olgan davlat diktati oladi. Lekin qandaydir darajada
shunday davlat boshqaruvi saylangan siyosatchilarning iste'molchilar, investorlar va
tadbirkorlarning bozor kuchlari orqali yuzaga kelgan qarorlarini o'z qarorlari bilan
almashtirgan har qanday jamiyatda ham vujudga kelishi mumkin.
Markazlashgan rejalashtirish nima uchun tajribasiz odamlarni bunchalik qiziqtirishini
tushunish qiyin emas. Rejalashtirish mantiqqa to'g'ri keladi. Nahotki saylangan siyosatchilar va
hukumat mutaxassislari xususiy tadbirkorlarga qaraganda aholining «umumiy farovonligi»
to'g'risida ko'proq g'amxo'rlik qilmaydi? Nahotki hukumat mulozimlari xususiy tadbirkorlarga
nisbatan « oshko'zroq» bo'lmaydi? Asosan jamiyat tanlovining iqtisodiy nazariyasini va
siyosiy faoliyat jarayonini tushunmaydigan aholi markazlashgan rejalashtirishning ahamiyati
to'g'risidagi fikrlarni ishonchli deb topadi. Biroq, iqtisodiy nazariya markazlashgan
rejalashtirishning samarasizligini ko'rsatadi. Buning beshta asosiy sabablari mavjud.
Birinchidan, markazlashgan rejalashtirish bozor qarorlarini siyosiy qarorlar bilan
almashtiradi xolos. Amalda markazlashgan rejalashtirishning mutaxassislari (shuningdek,
ularni boshqaruvchi qonun chiqaruvchilar ham) hamma narsadan xabardor fidokor avliyo
odamlar emas. Rejalashtiruvchilarning subsidiya va investitsiya uchun mablag'larni taqsimlash
bo'yicha qarorlariga siyosiy qarashlar ta'sir qilishi muqarrar. Hatto qarorlar demokratik
ravishda qabul qilingan taqdirda ham, bu jarayon to'g'risida bir o'ylab ko'ring-a.
Xarajatlar qonun chiqaruvchi organ tomonidan tasdiqlanishi kerak bo'ladi. Turli
korxonalar va kasaba uyushmalari kabi manfaatdor guruhlar investitsiya va subsidiya uchun
lobbi faoliyatini olib boradilar. Qonun chiqaruvchilar siyosiy kampaniyalarga moliyaviy
yordam ko'rsata oladigan va asosiy saylov bloklarini ta'minlay oladigan guruhlarga xayrixohlik
ko'rsatadilar. Siyosiy jarayon katta lobbi faoliyati tajribasiga va siyosiy ta'sirga ega eski
korxonalarni, garchi ular yangi tashkil etilgan korxonalarga nisbatan iqtisodiy zaifroq bo'lsa
ham, ma'qul ko'rishi ajablanarli hol emas. Bundan tashqari, agar boshqa qonun chiqaruvchilar
ularning saylovchilari va manfaatdor guruhlar uchun manfaatli dasturlarni («bochkadagi yog'»


198
loyihalari) qo'llab-quvvatlashga rozi bo'lmasalar, odatda muhim qonun chiqaruvchi
qo'mitalarning rahbarlari turli dasturlarni moliyalashtirishga to'sqinlik qiladi. Ushbu berilgan
rag'batlantirish tuzilmasini hisobga olganda, faqat sodda xayolparast bu siyosiy jarayon bozor
tizimiga qaraganda kamroq isrofgarchilikka, ko'proq boylik yaratilishiga va investitsiya uchun
mablag'larning asosli taqsimlanishiga olib kelishiga ishonadi. Eng yuqori samaraga erishish
uchun nafaqat menejerlarda yetarlicha rag'bat bo'lmaydi. Ish o'rni kafolatlangan va qanchalik
zo'r berib ishlashidan qat'i nazar bir xil maosh oladigan ishchilarda ham zo'r berib
ishlamaslikka rag'bat bo'ladi. Sovet haqiqati quyidagi eski jumlada ask etilgan: «Ular bizga
go'yo maosh to'laydilar, biz esa go'yo ishlaymiz». (Yaxshi tushunilgan yana boshqa sovet
jumlasi quyidagicha: «Davlatdan o'g'irlamagan oilasidan o'g'irlaydi».)
Ikkinchidan, davlat korxonalari
(?)
va muasasalarining xarajatlarni qisqartirish,
yangilik yaratish hamda tovarlarni yetkazish samaradorligini oshirish rag'batlari zaif
hisoblanadi. Xususiy mulk egalaridan farqli o'laroq, davlat korxonalarining direktorlari va
boshliqlari samaradorlikni oshirishdan va tannarxni pasaytirishdan uncha manfaatdor emas.
Mijozlarga xizmat ko'rsatish orqali tashkilotlarini rivojlantirish o'rniga, ular davlat byudjetiga
tayanadilar. Natijada, ular o'zlari uchun ajratiladigan byudjet mablag'larini ko'paytirishni
maqsad qilib qo'yadilar. Kattaroq byudjet tashkilotni kengaytirishga, ish haqini oshirishga,
mijozlarga va boshqa omillarga qo'shimcha xarajat qilishga imkon berib, boshliqlar hayotini
yanada osonlashtiradi. Deyarli barcha davlat koxonalari rahbarlari tovar va xizmatlar ishlab
chiqarish bilan bog'liq faoliyatlari jamiyat uchun juda katta ahamiyatga ega ekanligiga, agar
moliyalashtirish hajmi oshirilsa, ular jamiyat uchun undan ham ajoyib narsalarni amalga
oshirishlari mumkinligiga rejalashtiruvchilarni ishontirishga harakat qiladilar. Bundan tashqari,
agar moliyalashtirish to'xtasa, ular aholi qiyinchiliklarga va kasofatli oqibatlarga duch keladi
deb ta'kidlaydilar.
Bu da'volarni qonun chiqaruvchilar va davlat rejalashtiruvchilari tomonidan baholash
odatda qiyin, chunki nafaqat bunday da'volar soni minglarga boradi, balki korxona
boshliqlarining ish samaradorligini o'lchash uchun rejalashtiruvchilarda xususiy sektor foydasi
kabi ko'rsatkichlar mavjud emas. Xususiy sektorda bankrotlik
(?)
samarasiz ishlab
chiqaruvchilarni siqib chiqaradi, davlat sektorida esa muvaffaqiyatsiz dasturlarni tugatish
uchun bunga o'xshash mexanizm mavjud emas. Aslida, samaradorlik darajasining pastligi va


199
qo'yilgan maqsadlarni bajara olmaslik ko'pincha davlat moliyalashtirishni oshirish uchun da'vo
sifatida foydalaniladi. Masalan, politsiya bo'limi huquqni muhofaza qilishga moliyalashtirishni
ko'paytirish uchun jinoyat darajasi oshishini da'vo sifatida ishlatadi. Xuddi shu kabi agar
o'quvchilarning o'zlashtirish baholari pasaysa, davlat maktablari ma'murlari bu holatdan yana
qo'shimcha mablag' ajratishni talab qilishda foydalanadilar. Davlat korxonalari boshliqlarining
byudjetlarini kattalashtirishga bo'lgan rag'batning kuchliligi, ammo samarali faoliyat yuritishga
rag'batning sustligi tufayli, davlat korxonalari xususiy korxonalarga nisbatan kattaroq mahsulot
birligi tannarxiga ega bo'lishining ehtimoli kattaroq.
Uchinchidan, o'z shaxsiy mablag'larini tavakkal qilgan investorlar soliq to'lovchilarning
mablag'larini sarflovchi markazlashgan rejalashtiruvchilarga qaraganda yaxshiroq investitsiya
qilishlariga ishonish uchun barcha asoslar mavjud. Axir foyda olishni maqsad qilgan investor
resurslardan unumli foydalanish uchun loyihalarni kashf etishi va unga investitsiya qilishi
kerak bo'ladi. Agar investor xatoga yo'l qo'ysa va uning loyihasi yo'qotishlarga olib kelsa, u
buning oqibatlarini bevosita boshidan kechiradi. Davlat loyihalarining muvaffaqiyati yoki
muvaffaqiyatsizligi esa, aksincha, kamdan-kam hollarda davlat rejalashtiruvchilarining shaxsiy
farovonligiga ta'sir ko'rsatadi. Hatto loyiha samarali bo'lsa ham, rejalashtiruvchi bundan uncha
katta shaxsiy manfaat olmaydi. Xuddi shu kabi, agar loyiha muvaffaqiyatsiz bo'lsa, ya'ni
resurslar qiymatini pasaytirsa, bu rejalashtiruvchining daromadiga nisbatan kam salbiy ta'sir
ko'rsatadi. Agar subsidiya va boshqa imtiyozlarni kuchli siyosiy ta'sirga ega guruhlarga berib
o'z tashkilotlari yoki korxonalari uchun qo'shimcha siyosiy ko'makka erishsalar, ular
muvaffaqaiyatsiz loyihalardan shaxsan manfaatdor bo'lishlari ham mumkin. Bunday
rag'batlantirish tuzilmasi sababli, davlat rejalashtiruvchilarining, xususiy investorlardan farqli
o'laroq, jamiyat farovonligini oshiradigan loyihalarni izlab topishlariga va ularni tatbiq
etishlariga ishonch yo'q.
To'rtinchidan, davlat byudjeti xuddi butun jamoa resurslarining yig'indisiga kabi
cheklovlardan xoli bo'lsa, bu davlat xarajatlari samarali sarflanishiga putur yetkazadi. 2-bob, 1-
elementda ko'rib chiqqanimizdek, xususiy mulkchilik shakli bugungu qaroralrning kelajakdagi
ta'sirlarini inobatga olishni qattiq rag'batlantiradi. Biroq, pul va resurslar butun jamoaga
tegishli bo'lganda, kelajakni hisobga olishga rag'bat bo'lmaydi. Misol uchun, okeandagi baliq,
to uni birov ovlamaguncha, butun jamoaga tegishli bo'lganligi uchun, haddan ko'p baliq ovi


200
sababli ko'p baliq turlari yo'qolib ketish arafasiga kelib qolgan. Baliq kamroq ovlanishidan
barcha baliqchilar manfaatdor, chunki bu baliqlar soni qayta tiklanishiga va ko'payishiga
imkoniyat beradi. Ammo baliqlar jamoa mulki hisoblanganligi sababli, har bir baliqchi uning
bugun tutmagan balig'ini ertaga yana kimdir tutib olishini yaxshi biladi. Shuning uchun ham
baliqchilarda bugungi baliq ovini kamaytirish orqali kelajakda baliqlar sonini ko'paytirishga
rag'bat yo'q.
Xuddi shunday, manfaatdor guruhlar davlat mablag'larini olishga harakat qilganda
(ya'ni siyosatchilarga ta'sir qilish uchun lobbi faoliyatini yuritganda), ularda yuqori soliqlar va
qo'shimcha qarzning kelajakdagi ishlab chiqarish hajmiga qilgan salbiy ta'sirini hisobga olish
uchun rag'bat bo'lmaydi. Har bir xarajatlar loyihasining tarafdorlari soliq stavkalalari
pasaytirilganda va xususiy investitsiyalar miqdori oshganda kelajakdagi ishlab chiqarish hajmi
kattaroq bo'lishini tushunishlari mumkin. Biroq, agar ular davlat byudjetining kattaroq qismini
o'zlashtirmasa, buni boshqa bir manfaatdor guruh amalga oshirishini ham yaxshi tushunadilar.
Mana shu sabablar uchun ham natijada samarasiz loyihalarga byudjet mablag'lari ajratilib,
byudjet defitsiti doimiy davom etadi. Surunkali davlat byudjeti defitsiti muammosi 3-bob, 6-
elementda muhokama qilingan.
Beshinchidan, rejani tuzish, qayta ishlash va uni muntazam ravishda yangilab turish
uchun markazlashgan rejalashtiruvchilarda yetarli ma'lumotlarni olishning imkoniyati yo'q. Biz
faol o'zgarishlar dunyosida yashaymiz. Texnologik yutuqlar, yangi mahsulotlar, siyosiy
tartibsizliklar, talab va ob-havoning o'zgarib turishi tovar va resurslarning nisbiy taqchillik
darajasiga muntazam ta'sir ko'rsatadi. Hech qaysi markaziy hokimiyat organi bu
o'zgarishlarlarning barchasini o'z vaqtida kuzata olmaydi, ularni siyosiy nuqtai nazardan
baholay olmaydi hamda korxona boshliqlariga mantiqan to'g'ri ko'rsatmalar bera olmaydi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling