James d. Gwartney
-chizma: Qashshoqlik darajasi va jon boshiga qashshoq aholiga
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Video: Tenglik yoki tadbirkorlik
21-chizma: Qashshoqlik darajasi va jon boshiga qashshoq aholiga
sarflangan ijtimoiy xarajatlar $20,000 $18,000 $16,000 $14,000 $12,000 $10,000 $8,000 $6,000 $4,000 $2,000 $0 0% 19 67 19 72 19 77 19 82 19 87 19 97 20 07 20 02 20 12 20 17 19 92 5% 10% 15% 20% 25% 30% 35% 40% Federal byudjetning jami ijtimoiy xarajatlari («Medikeyd» dasturini qo'shib hisoblaganda) Qashshoq aholi ulushi (foizda) Video: Tenglik yoki tadbirkorlik Nega qashshoqlikka qarshi transfert dasturlari unchali samarali emas? Transfertlar qashshoqlikka qarshi kurashni sekinlashtiradigan uchta kutilmagan ikkilamchi ta'sirlarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, daromadga bog'liq transfertlar kam ta'minlangan shaxslarni daromad topishga, daromadlarini oshirishga va qashshoqlikdan qutulishga bo'lgan rag'batni pasaytiradi. Daromad oshgani sari transfert oluvchilarning ushbu dasturlardan oladigan manfaati kamayib 192 boradi va qachondir tugaydi. Natijada ko'plab kam daromadli shaxslar qashshoqlik tuzog'iga tushib qoladilar. Agar ular ko'proq daromad ishlab topsa, qo'shimcha soliq to'lovlari va transfert miqdorining kamayishi tufayli ularda qo'shimcha daromadning faqatgina bir qismi qoladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (IHTT) ma'lumotlariga ko'ra, 2018-yilda daromad oshishi tufayli manfaatlarning qisqarishi Chexiya respublikasida eng kam ish haqining 93 foizini va Xorvatiyada 92 foizini tashkil etdi (73) . Ba'zi hollarda qo'shimcha daromad transfert oluvchining sof daromadini kamaytirishi ham mumkin. Demak, qashshoqlik tuzog'i ko'p kam daromadli shaxslar uchun ishlashga, ko'proq daromad topishga, tajriba orttirishga va lavozim pog'onasidan ko'tarilishga bo'lgan rag'batni ancha kamaytiradi. Ko'p jihatdan transfertlar olinishi mumkin bo'lgan daromadning o'rnini egallaydi, xolos va natijada kambag'allarning sof daromadi unchalik ko'paymaydi — u transfert to'lovlaridan ko'ra ancha kamroq bo'ladi. Bu yangilik emas. 1835-yilda Angliyada kambag'allar to'g'risidagi qonunlarni tahlil qilib, Aleksis de Tokvil «Qashshoqlik to'g'risida memuarlar» asarida quyidagilarni yozgan edi: «Odam barcha ijtimoiy uyushgan mavjudotlar singari tabiatan bekorchilikka moyil. Ammo ishlashga ikkita rag'bat mavjud: yashash zaruriyati va yashash sharoitlarini yaxshilash istagi… Xayr-ehsonni doimiy asosda qonunan o'rnatadigan va unga ma'muriy shakl beradigan har qanday chora ishchi sinfi hisobiga yashaydigan bekorchi va dangasa sinfni yaratadi» (74) . Ikkinchidan, kambag'allikning og'irligini sezilarli darajada kamaytiradigan transfert dasturlari, shuningdek, xavfli qarorlarning muqobil qiymatini ham kamaytiradi (masalan, giyohvand moddalarni iste'mol qilish, maktabda o'qishni tashlash yoki ishdan bo'shash, o'spirinlar va turmush qurmagan ayollar orasida homiladorlik, ajralishlar yoki otalarning bolalaridan voz kechishi kabilar) va ko'pincha qashshoqlikka olib keladi. Ko'p odamlar bu kabi xavfli variantlarni tanlaganliklari sababli qashshoqlik darajasini pasaytirish juda qiyin. Yolg'iz ota-onali oilalarda qashshoqlik darajasi to'liq oilalarga qaraganda ancha yuqori. Masalan, Chexiya Respublikasida 2017-yilda jami aholining 9,7 foizi qashshoqlikda yashagan bo'lsa, bu ko'rsatkich yolg'iz ota-onali oilalarda 37 foizni tashkil etgan. Belarusda 2013-yilda aholi 193 ISHSIZLIK «Menimcha, janob Veber, siz ish topishga jiddiy harakat qilmayapsiz.» orasida qashshoqlik darajasi 11 foizni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich yolg'iz ota-onali oilalarda 17 foizni tashkil etgan. Brukings instituti xodimlari Izabel Sohil va Ron Xaskinslarning 2009-yildagi tadqiqotlariga ko'ra, Qo'shma Shtatlarida uchta asosiy shartni bajarish orqali shaxs qashshoqlikda yashash ehtimolini 12 foizdan 2 foizgacha kamaytirishi mumkin. Bular: (eng kamida) o'rta maktabni tugatish, to'liq stavkada ishlash va farzand tug'ilishidan oldin turmush qurish (75) . Shaxsiy qarorlarning qashshoqlikda yashashga ta'siri juda muhim masala bo'lib, o'qituvchilar, ota-onalar, vasiylar va boshqalar buni hayotni o'zgartiruvchi qarorlar qabul qilish busag'asida turgan yoshlar bilan muhokama qilishlari zarur. Bu holatlar xavfli qarorlar ehtimolini ko'paytirishi yoki kamaytirishi mumkin bo'lgan rag'batlarning o'zgarishiga olib keluvchi dasturlarni qabul qilganda saylovchilar va butun jamiyat tomonidan hisobga olinishi kerak. Uchinchidan, qashshoqlikka qarshi davlat transfertlari xususiy xayriya tashabbuslarini siqib chiqaradi. Odamlar davlat kambag'allarga yordam berayotganini anglasa, oilalar, cherkovlar va jamoat tashkilotlari tomonidan yordam faoliyatiga zaruriyat kamayadi. Yahudiy- nasroniylarning ushr berish tushunchasi va islomiy majburiyat bo'lmish zakot kambag'allarga yordam berish bo'yicha odamlarning majburiyatlariga urg'u beradi. Davlat soliqlarni yig'ib, yordam miqdorini oshirsa, yakka shaxslar va guruhlar kamroq yordam berishini kutish mumkin. Undan tashqari, xususiy homiylar muammoning asl mohiyatini ko'ra oladilar, yordam oluvchilarning hayot tarziga e'tiborliroq bo'ladilar va asosan o'z ahvolini yaxshilashga astoydil harakat qilayotganlarga yordam beradilar. Natijada xususiy xayriya tashabbuslari davlatnikiga 194 qaraganda samaraliroq bo'ladi va shu sababli shaxsiy tashabbuslarning siqib chiqarilishi muammoni yanada og'irlashtiradi. Ushbu ta'sirlarni hisobga olgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, xususiy xayriya tashkilotlari ma'muriy xarajatlari yuqori bo'lgan davlat dasturlariga qaraganda o'z daromadlarining katta qismini yordam oluvchilarga yetkazib beradilar (76) . Iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda, qishloq xo'jalik narxlarini qo'llab-quvvatlashdan tortib to qashshoqlikka qarshi kurash dasturlarini o'z ichiga olgan transfert dasturlarining samarasizligi ajablanarli emas. Ikkilamchi ta'sirlarni inobatga olgan iqtisodiy tahlillarga ko'ra, uzoq muddat davomida manzilli yordam ko'rsatish juda qiyin. Ideal holda bunday dasturlar qashshoqlikka tushib qolganlarga yordam berishi va transfert to'lovlariga boshqa muhtoj bo'lmaslik uchun harakat qilayotgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashi kerak. Amalda esa transfert dasturlari ushbu vazifaning birinchi qismining bajarilishini ta'minlashi, lekin buni ikkinchi qismning hisobiga amalga oshirishi mumkin. Natijada rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda yordam dasturlari tobora ko'proq «shartli pul transferti» ko'rinishida ishlab chiqilib, bunda ko'mak faqat muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirgan shaxslarga beriladi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling