James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
O'qish uchun:
Duayt Li. «Ijtimoiy hamkorlik va bozor» Qashshoqlikka oid murakkab siyosiy qarorlar to'g'risida yakuniy xulosa qilaylik. Matbuotda munozaralarni o'qiganda yoki nomzodlarni tinglaganda ular nimalar haqida gapirayotganini aniq tushunish kerak. 1. Hatto «qashshoqlik» tushunchasi ham ko'pincha chalg'itadi. Odamlar qashshoqlik to'g'risida gapirganda ko'pincha «mutlaq qashshoqlikni», ya'ni «minimal tovar va xizmatlar savatini» xarid qilish uchun shaxs yoki oilada yetarlicha resurs yo'qligini tushunadilar. 2. Boshqalar esa «nisbiy qashshoqlikni», ya'ni shaxs yoki oilaning daromadi daromad taqsimotida ma'lum darajadan (masalan, aholining mediana daromadidan ikki baravar 195 kamroq) pasayib ketish holatini nazarda tutadilar. 3. Nisbiy qashshoqlik tengsizlik tushunchasiga bog'liq, lekin u bilan bir xil tushuncha emas. Aytaylik, to'rtta oiladan iborat ikkita jamiyat bor. Birinchi jamiyatdagi oilalarning daromadlari 1 000 000, 50 000, 50 000 va 4 000 dollarga, ikkinchisidagi oilalarning daromadlari esa 51 000, 50 000, 50 000 va 24 999 dollarga teng. Ikkala jamiyatdagi nisbiy qashshoqlik darajasi bir xil (25%), lekin tengsizlik darajasi bir-biridan keskin farq qiladi. 4. Ba'zida qashshoqlik ko'rsatkichlari soliqlar (bu daromadni kamaytiradi) va transfertlarni (bu daromadni oshiradi) inobatga olmagan holda ko'rsatiladi. Qaysi biridan foydalanilyapti? Birinchi ta'rif bo'yicha qashshoqlar soni ikkinchisiga qaraganda ko'pincha ikki barobar ko'proq chiqadi. 5. Minimal iste'mol darajasi nimalardan tashkil topganligi turli mamlakatlarda va turli davrlarda katta farq qiladi. Bugungi o'rta va yuqori daromadli mamlakatlarda munosib turmush darajasi tushunchasi oldingi avlod tasavvur qila olmagan tovar va xizmatlarni (masalan, uyali telefon yoki televizorni) o'z ichiga oladi. 6. Nihoyat, ma'lum bir vaqt nuqtasidagi qashshoqlik bilan umr bo'yi qashshoqlik o'rtasida farq borligini tushunish muhim. Talaba sifatida kam daromadli bo'lish yildan-yilga qashshoq bo'lishdan juda farq qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling