James d. Gwartney


Video: Renta ketidan quvish


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Renta ketidan quvish


186
«Nogironlik nafaqasi olishingiz mumkin. Qobiliyatsizlik
nafaqasi to'g'risida esa bilmayman».
Hattoki foydali transfertlar ham
samarasiz bo'lishi mumkinligini esda
tutish
Iqtisodchi 
bo'lmaganlar 
uchun
transfertlar
(?)
 
yordamga 
muhtojlarga
manzilli yordam berishning samarali
usulidek ko'rinadi. Ammo iqtisodiy tahlillar
shuni ko'rsatadiki, transfert oluvchi aholi
farovonligini kelajakda oshishiga olib
keluvchi transfert tizimini amalga oshirish
juda qiyin. Iqtisodiyotda tez-tez sodir
bo'lganidek, kutilmagan ikkilamchi ta'sirlar
bu fikr nima uchun to'g'ri ekanligini
izohlaydi
(69)
.
Transfert 
to'lovlarining
samaradorligiga uchta muhim omil salbiy
ta'sir ko'rsatadi. Garchi bu jarayonni
ijtimoiy yordam kabi bevosita transfertlar misolida ko'rish oson bo'lsada, alohida shaxslar yoki
korporatsiyalarga beriladigan qishloq xo'jalik subsidiyalar yoki grantlarda ham ayni
ko'rinishdagi omillarni kuzatish mumkin.
Birinchidan, davlat transfertlarining oshishi odatda soliq to'lovchi-donorning ham,
transfert oluvchining ham daromad olish va qiymat yaratishga bo'lgan rag'batini pasaytiradi.
Ko'plab transfert dasturlarida transfert miqdori bilan transfert oluvchining daromad darajasi
ELEMENT 3.8
Transfert oluvchilarning sof foydasi transfert summasidan kam, ko'pincha esa ancha kam
bo'ladi.


187
o'rtasidagi munosabat teskaridir. Transfert oluvchining daromadi oshishi bilan transfert
miqdori kamayadi. Ushbu holatda na soliq to'lovchilar, na transfert oluvchilar transfert dasturi
mavjud bo'lmagan holatdagi hajmlarda ishlab chiqarib daromad oladilar. Kattaroq transfertlarni
moliyalashtirish uchun soliqlarning oshirilgani sari soliq to'lovchilarda ishlab chiqarish va
daromad topishga zarur bo'lgan rag'bat pasayadi, lekin daromadlarini saqlab qolish maqsadida
mablag'larni soliq boshpanalariga joylashtirishga esa rag'bat oshadi. Xuddi shunday, transfert
oluvchilarda daromad olishga rag'bat kamayadi, chunki qo'shimcha daromad ularning sof
daromadlarini uncha ko'paytirmaydi, ko'p hollarda esa juda oz miqdorga ko'paytiradi. Natijada
iqtisodiy o'sish sekinlashadi.
Deyarli barcha transfert siyosati unumdorlik darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatishini ko'rish
uchun, tasavvur qiling, o'qituvchi semestr boshida hech kim qoniqarsiz baho olmasligi uchun
imtihonda olingan ballarni qayta taqsimlash to'g'risida e'lon qiladi. Keling, talabalarning bunga
javoban xatti-harakatini ko'rib chiqaylik. Ushbu qoidaga ko'ra, imtihonlarda 90 foiz yoki undan
balandroq ball olgan a'lochi talabalar qoniqarsiz baho olgan talabalarning o'rtacha bahosini
ko'tarish uchun o'z ballaridan yetarlicha ball berishi kerak bo'ladi. Baholar tengroq
taqsimlanishi uchun, albatta, yaxshi baho olgan talabalar ham o'z ballarining, garchi ko'p
bo'lmasada, bir qismini berishlari kerak bo'ladi.
Agar a'lo va yaxshi baho olgan talabalarning qo'shimcha ishtiyoqi boshqalarga manfaat
keltirish uchun «soliqqa tortilsa», hech bo'lmaganda ularning ba'zilari kamroq dars qilishiga
gumon bormi? Qoniqarsiz baho olgan talabalar ham kamroq dars qiladi, chunki kamroq
harakat qilinganlik uchun olinadigan jazo o'zlari mustaqil erishmagan ballar transferti orqali
yumshaydi. Xuddi shu mantiq o'qishni eplay olmagan va qoniqarsiz baho olgan talabalarga
ham taalluqli. Kutilganidek, darsdagi hamma talabalar kamroq o'qiydi va umumiy o'zlashtirish
darajasi susayadi.
Soliq va transfert sxemalarining ta'siri shunga o'xshash: ish samarasi pasayib, daromad
darajasi kamayadi. Daromad «osmondan yog'adigan manna» emas. Aksincha, unga odamlar
ishlab erishadilar. Odamlar boshqalar to'lashga rozi bo'lgan tovar va xizmatlarni yaratish orqali
daromad topadilar. Biz milliy daromadni
(?)
bir iqtisodiy pirog sifatida va uning kattaligini
millionlab odamlarning ishlab chiqarish va savdo faoliyati orqali erishgan bo'laklar belgilaydi
deb faraz qilishimiz mumkin. Ular erishishi mumkin bo'lgan bo'laklarni qayta taqsimlash


188
iqtisodiy pirogni yaratishda muhim ish g'ayrati va innovatsion faoliyatni pasaytirmay
qolmaydi.
Ikkinchidan, transfertlar uchun raqobat transfert oluvchilarning uzoq muddatli
manfaatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Davlat daromad transfertlari va boshqa siyosiy
imtiyozlar olish uchun mezonlar o'rnatishi shart. Agar shunday qilinmasa, transfertlar
byudjetni birdaniga quritadi. Odatda davlat transfert oluvchidan biror nimaga egalik qilishini,
biror nima ish qilishini, yoki kimdir bo'lishini talab qiladi. Masalan, ishsizlik naqafasini
oluvchi ishsiz bo'lishi, kichik biznes uchun grant yoki imtiyozli kredit olishga loyiq bo'lishi
uchun esa korxonada ishchilar soni ma'lum miqdordan oshmasligi kerak. Mezonlar
o'rnatilgandan keyin odamlar «tekin» pul yoki boshqa davlat imtiyozlariga loyiq topilishi
uchun o'z xulq-atvorlarini o'zgartiradilar. Natijada transfertlardan keladigan sof foyda ham
kamayadi.
Quyidagi vaziyatni tasavvur qiling: deylik, Polsha hukumati har ish kuni soat 9:00 dan
17:00 gacha Moliya vazirligi kassalari oldida navbatda turgan har bir kishiga 300 zlotidan naqd
pul berishga qaror qiladi. Uzun navbatlar paydo bo'ladi. Qancha vaqt? Odamlar bo'sh vaqtlari
va unumli ish faoliyatlaridan qancha vaqtni ajratishga tayyor? Vaqti soatiga 30 zlotiga teng
bo'lgan shaxs 300 zloti naqd pul uchun 10 soatgacha navbatda turishga rozi bo'ladi. Agar
vaqtining qiymati kamroq, deylik, soatiga 20 yoki 10 zloti bolgan odamlar soni yetarlicha
bo'lsa, bunga o'n soatdan ham ko'proq vaqt kerak bo'lishi mumkin. Shunda barcha 300 zloti
transfertning ancha katta qismi navbatda turishga ketgan vaqtga sarflanganini anglab yetar edi.
Agar dastur tarafdorlari transfert oluvchilarning moliyaviy ahvoli 300 zlotiga yaxshilanadi deb
o'ylasa, ular yanglishadi.
Ushbu misol transfert dasturi ishtirokchilari kutilganidek manfaat olmasliklarini yaqqol
namoyish qiladi. Agar yordam oluvchilar transfert olishga da'vogarlik qilish uchun biror narsa
qilishi (masalan, navbatda turishi, hujjat to'ldirishi, davlat mulozimlariga ta'sir o'tkazishga
urinishi, imtihon topshirishi, kechikishlarga sabr qilishi yoki ma'lum siyosiy kampaniyalarga
hissa qo'shishi) kerak bo'lsa, unda undan kutilgan manfaatning katta qismi ko'pincha talablarni
bajarish jarayonida yo'qotiladi. Xuddi shunday, agar yordam ouvchilar subsidiya olish uchun
biror narsaga (masalan, avval ma'lum ekin ekilgan yerga, taksi xizmati ko'rsatishga yoki chet
elga mahsulot sotishga litsenziyaga) egalik qilishi kerak bo'lsa, unda odamlar subsidiya olish


189
uchun kerakli aktivning narxini oshirib yuboradilar. Aktivning, masalan, taksi xizmati
ko'rsatish uchun litsenziya narxining oshishi subsidiya qiymatini aniqlaydi.
Har bir holatda potensial manfaatdorlar transfert qiymatining katta qismi behuda
sarflanib ketkunga qadar talablarga javob berish borasida raqobatlashadilar. Natijada
oluvchining sof foydasi odatda transfert miqdoridan ancha kam bo'ladi. Haqiqatdan ham
marjinal manfaatdorning (transfert olishni deyarli munosib hisoblamagan shaxs) sof foydasi
nolga teng bo'lmasa ham unga juda yaqin bo'ladi.
Qo'shma Shtatlarida universitet talabalariga beriladigan subsidiyalarning (grantlar va
imtiyozli kreditlarning) ta'sirini ko'rib chiqaylik. Ushbu dasturlar ta'limni arzonlashtirishga
qaratilgan. Biroq subsidiyalar ta'limga bo'lgan talabni ko'paytirib, o'qish narxini oshiradi. Nyu-
York Federal Rezerv Bankining yaqinda o'tkazgan tadqiqotiga ko'ra, talabalarga ajratilgan
qo'shimcha transfert to'lovlarining qariyb 65 foizi ta'lim narxining ko'tarilishiga olib kelgan.
Bundan tashqari, subsidiya dasturlari mehnat bozorida universitet bitiruvchilari sonini
ko'paytirib, ularni ish bilan ta'minlash istiqbolini va diplomlarining qadrini pasaytirdi. Post-
kommunist o'tish davri mamlakatlaridagi jadal rivojlanish bilan bir qatorda oliy ta'lim
sifatining pastligi va ahamiyatsizligi (ko'p sohalarda) «ortiqcha ta'lim» jiddiy muammosiga
olib keldi. Natijada bitiruvchilar oliy ta'lim shart bo'lmagan sohalarda ishga joylashyapti. Bu
kabi bitiruvchilarning ko'pi o'qishni tugatgandan so'ng ham yillar mobaynida past malakali
ishlarda qolib ketyapti
(70)
.
Transfertlar samarasizligining uchinchi sababi ham mavjud. Transfert dasturlari
nooqilona qaror qabul qilganlar uchun uning salbiy oqibatlarini kamaytiradi va shu sababli bu
kabi qarorlarning oldini olishga rag'batni pasaytiradi. Masalan, dovulga moyil joylarda sug'urta
badalini davlat tomonidan subsidiyalash dovulning iqtisodiy zarariga qarshi himoya uchun
odamlarning shaxsiy xarajatlarini kamaytiradi. Biroq bu xarajat soliq to'lovchilar zimmasiga
tushadi. Subsidiya dovulga qarshi sug'urtalashni arzonlashtirgani tufayli ko'proq odamlar
dovulga moyil joylarda uy-joy quradi. Natijada dovuldan yetadigan zarar miqdori avvalgiga
nisbatan ko'payadi. Ishsizlik nafaqasi bunga yana bir misol bo'ladi. Nafaqa tufayli ishsizlar
mavjud ish takliflarini rad etishi va yaxshiroq ish qidirishni davom etishlari mumkin. Shuning
uchun ular ish qidirishga ko'proq vaqt sarflaydi, bu esa ishsizlik darajasini nisbatan oshishiga
olib keladi
(71)
.


190
Qashshoqlik va davlat dasturlarining ta'sirini tushunish uchun rasmiy davlat
statistikasida qo'llaniladigan «qashshoqlik» tushunchasini hayot sifatini tushunishda muhim
«qashshoqlikdagi hayot» tushunchasidan farqlash muhimdir. Qo'shma Shtatlari 1960-yillarning
o'rtalarida prezident Lindon Jonson boshchiligida «Qashshoqlikka qarshi urush» e'lon qildi.
Prezident Jonson va dasturning boshqa tarafdorlari qashshoqlikni bartaraf etish mumkin va
buning uchun Amerikaliklar daromadlarining bir qismini jamiyatning kam ta'minlangan
a'zolari hisobiga qayta taqsimlashga rozi bo'lishlari kerak deb da'vo qilganlar. Ularning roziligi
bilan ko'plab daromad-transfert dasturlari yuzaga keldi. Quyidagi grafikda ko'ringanidek (21-
chizma), 1960-yillardan keyin Qo'shma Shtatlarida kambag'al aholiga beriladigan transfert
to'lovlari (2017-yil narxlarida) keskin oshib ketdi (to'qqiz barobarga). Shunga qaramasdan
qashshoqlik darajasi o'zgarmadi
(72)
. Prezident Ronald Reygan bir vaqtlar donolarcha
aytganidek: «Oltmishinchi yillarda biz qashshoqlikka qarshi urush qildik va qashshoqlik
g'alaba qozondi».


191

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling