James d. Gwartney


Video: Davlat qarzi and byudjet defitsiti


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Davlat qarzi and byudjet defitsiti
Xarajatlarni soliqlar orqali emas, balki qarz orqali moliyalashtirishning siyosiy
tomondan ma'qulligi ajablanarli holat emas. Bu iqtisodchilar kaltabinlik samarasi
(?)
deb
ataydigan tushunchani aks ettiradi: saylangan siyosiy vakillarda keyingi davrga qoldirisa
bo'ladigan va aniqlash qiyin bo'lgan xarajatlar hisobiga ko'zga tashlanadigan va tez natija
beradigan loyihalarni ma'qul ko'rishga moyillik bor. Qonun chiqaruvchilar qayta saylanishi
uchun byudjet mablag'larini o'z saylov uchastkalari aholisiga va maxsus manfaatdor guruhlarga
foydasi tegadigan dasturlarga sarflashni ma'qul ko'radi. Ular soliq joriy etishni xush ko'rmaydi,
chunki soliq saylovchilarga sezilarli yuk bo'ladi. Qarz amaldagi soliqning muqobil variantidir;
u davlatning ko'zga tashlanadigan xarajatlarini kelajakka suradi. Byudjet defitsiti va qarz olish
siyosatchilarga soliqlarni oshirmasdan saylovchilarni manfaatlar bilan darhol ta'minlashga
imkon yaratadi. Demak, defitsitlar byudjetni balanslashtirish majburiyati bilan cheklanmagan
demokratik siyosatning tabiiy natijasidir.


178
20-chizma: Gretsiya umumiy davlat byudjeti defitsiti yoki
profitsitining YIMdagi ulushi, 1995-2017-yillar
Defitsit
2
0
-2
-4
-6
%
-8
-10
-12
-14
-16
1
9
9
5
1
9
9
6
1
9
9
7
1
9
9
8
1
9
9
9
2
0
0
0
2
0
0
1
2
0
0
2
2
0
0
3
2
0
0
4
2
0
0
5
2
0
0
6
2
0
0
7
2
0
0
8
2
0
0
9
2
0
1
0
2
0
11
2
0
1
2
2
0
1
3
2
0
1
4
2
0
1
5
2
0
1
6
2
0
1
7
Profitsit
Cheklovlardan mustasno siyosiy jarayon yaxshi uyushgan alohida manfaatdor
guruhlarning foydasiga ishlaydi va siyosatchilarni ko'pchilikning hisobidan bir necha
saralanganlarning manfaati uchun xarajatlarni oshirishga undaydi. Masalan, qonun chiqaruvchi
organ a'zolari o'z saylovchilariga manfaat keltiradigan xarajatlar uchun qattiq kurash olib
borishdan manfaatdor. Aksincha, ikkita sababga ko'ra, qonun chiqaruvchida xarajatlar ustidan
«qorovullik» qilish uchun rag'bat yo'q. Birinchidan, bunday qorovullik boshqa hamkasblarning
g'azabini keltiradi, chunki xarajatlarni cheklash ularning o'z saylov tumanlari uchun alohida
dasturlarni moliyalashtirishni qiyinlashtiradi. O'z navbatida, ular javoban «qorovul»ning
tumani uchun xarajatlar dasturini qo'llab-quvvatlashni to'xtatishlari mumkin. Ikkinchisi va eng
muhimi shuki, qorovulning xarajatlar va defitsit hajmini qisqartirishdan keladigan manfaati
(masalan, soliqlarni kamaytirishdan) boshqa tumanlardagi saylovchilarga ham teng
taqsimlanadi. Shunday qilib, garchi qorovul muvaffaqiyatga erishsa ham, buning foydasi uning
tumanidagi saylovchilarga qisman tegadi, xolos.


179
Ehtimol, quyidagi misol barcha mamlakatlardagi parlamentlar uchun davlat xarajatlari
va byudjet defitsitini nazorat ostiga olish mushkulligi sababini tushunishga yordam beradi.
Ukraina Oliy radasi (Ukraina parlamenti) 450 ta deputatlardan iborat. Bu 450 ta shaxs kechki
ovqat uchun ovqatlanishga chiqadi, deb faraz qilaylik. Har biri ovqatdan so'ng jami xarajatning
1/450 qismini to'lash kerakligini oldindan biladi. Hech kim kamroq ovqat buyurtma berishga
zarurat sezmaydi, chunki uning o'zini tiyishi jami xarajatga uncha ta'sir qilmaydi. Shunday
ekan, nima uchun zakuskasiga krevetka, asosiy ovqatga qovurilgan qo'sht va qisqichbaqa,
desertga esa pishloqli tortdan katta bo'lagiga buyurtma bermaslik kerak? Axir, qo'shimcha
xarajat har bir shaxsning jami to'lov miqdoridagi ulushini bor-yo'gi ozgina miqdorga oshiradi
xolos. Misol uchun, agar kechki ovqat ishtirokchilaridan birining qimmat buyurtmasi jami
to'lovni 45 yevroga ko'paytirsa, uning ulushi atigi 10 sentga oshadi (45 yevroning 1/450
qismi). Qanday ajoyib! Albatta, u ham boshqa 449 ta ovqatga tashrif buyurganlarning qimmat
buyurtmalari uchun qo'shimcha to'lashi kerak. Uning buyurtmasidan qat'i nazar, u shunday
to'laydi. Natijada hamma qimmat ovqatga buyurtma beradi va xarajatiga arzimaydigan
qo'shimcha ovqatlar uchun oshiqcha to'laydi
(62)
.
Bu yerda tasvirlangan rag'batlantirish tuzilmasi nima sababdan siyosatchilar uchun
defitsit orqali moliyalashtirish bu darajada qo'layligini izohlaydi. 2008-2015-yillardagi yetti
yillik davrda YIga a'zo mamlakatlardagi byudjet defitsitlari YI qarz hajmining YIMga nisbatan
ulushini 30 foizdan oshib ketishiga olib keldi. Bundan tashqari, katta yoshli fuqarolar uchun
mo'ljallangan ijtimoiy himoya dasturlari bo'yicha to'lovlar uni moliyalashtirish uchun
olinadigan ish haqi solig'i tushumlaridan ancha kattadir. Bu yetarli mablag'lar bilan
ta'minlanmagan majburiyatlar qarzning yana bir boshqacha shakli hisoblanadi. Barcha YIga
a'zo mamlakatlarda 2016-yilda ijtimoiy himoya xarajatlari umumiy davlat xarajatlarining eng
katta qismini tashkil etgan (eng yuqori ko'rsatkich Finlandiyada – YIMga nisbatan 25,6 foiz)
(63)
. Mehnatga layoqatli aholi ulushining kamayishi va nafaqa oluvchilar sonining oshishi
bilan
(64)
, ijtimoiy himoya xarajatlari ularni moliyalashtirish uchun kerakli daromadlar
miqdoridan oshib ketadi, bu esa federal hukumatning qarz majburiyatlarini yanada
murakkablashtiradi.
Agar YIga a'zo mamalakatlar davlat moliyasini nazorat ostiga olmasa, bu qanday
oqibatlarga olib keladi? Davlat qarzining iqtisodiyot hajmiga nisbatan muntazam oshib borishi


180
kredit bozorlariga ta'sir ko'rsatadi. YIMga nisbatan qarzi katta bo'lgan mamlakatda davlatga
qarz berish xatarli. Buning natijasida qarzga botgan davlat yuqori foiz stavkalari to'lashiga
to'g'ri keladi. Foiz xarajatlarining oshishi, o'z navbatida, davlat o'z byudjet parametrlari
doirasida faoliyat yuritishini va soliq stavkalarini oqilona darajada saqlab turishini yanada
chigallashtiradi.
Agar YIMga nisbatan qarz o'sishni davom etsa, investorlar davlat g'aznasi chiqargan
obligatsiyalarni sotib olishga ikkilanadilar. Oxir-oqibatda moliyaviy inqiroz sodir bo'ladi yoki
to'g'ridan-to'g'ri davlat defoltga uchraydi yoki qarzni pul chiqarish va inflyatsiya orqali
moliyalashtirishga olib keladi. Har ikkala holat ham iqtisodiyotga halokatli ta'sir ko'rsatadi. Bu
holat davlat moliyasini nazorat ostiga olmagan Gretsiya kabi boshqa mamlakatlarda
kuzatilgan. Hech qaysi mamlakat iqtisodiy qonunlarning ta'siridan himoya qilinmagan.
Barcha davlatlar yillar oldin o'z xarajatlari va qarz miqdorlarini nazorat ostiga olishi
nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Siyosatchilar soliq tushumlaridan katta bo'lgan xarajatlarga
yo'l qo'yishini siyosiy me'yorlarga o'zgartirishlar kiritib cheklab qo'yilmasa, bu maqsadga
erishish ehtimoldan yiroq. Buni bir necha yo'l bilan amaga oshirish mumkin. Konstitutsiyaga
hukumatdan, xuddi Gruziya hukumatidan talab qilinganidek, byudjetni balanslashtirishni talab
etuvchi o'zgartirish kiritish mumkin. Yoki joriy yil xarajatlarini o'tgan yil daromadlari
miqdoridan oshmasligi bilan cheklab qo'yish mumkin. Taklif etilgan konstitutsion
o'zgartirishlar qonun chiqaruvchilar uchun soliqlarni oshirmasdan yoki davlat xizmatlari uchun
to'lovlar joriy qilmasdan xarajatlarni oshirishini murakkablashtiradi.


181

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling