James d. Gwartney
Video: Maxsus manfaatdor guruhlarning ta'siri
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Bochkadagi yog» siyosati
Video:
Maxsus manfaatdor guruhlarning ta'siri Logrolling va «bochkadagi yog'» siyosati maxsus manfaatdor guruhning ta'sirini yanada mustahkamlaydi. Logrolling (?) bu kerakli qonunning qabul qilinishi uchun 170 siyosatchilarning bir-birlari bilan ovoz ayirboshlash amaliyotidan iborat. «Bochkadagi yog'» siyosati (?) bu bir-biriga aloqasi yo'q, lekin ko'plab manfaatdor guruhlarga foydali loyihalarni bitta qonunga birlashtirishdan iborat. Ham logrolling, ham «bochkadagi yog'» siyosati ko'pincha uyushgan manfaatdor guruhlar uchun foydali, lekin samarasiz bo'lgan loyihalarning qonuniy tasdiqlanishiga imkon yaratadi. 19-chizmada «bochkadagi yog'» siyosati va ovoz ayirboshlashning maxsus manfaatdor guruh ta'sirini kuchaytirishi va samarasiz loyihalarning qabul qilinishiga olib kelishi tasvirlangan. Bu oddiy misolda besh a'zodan iborat qonunchilik organi uchta loyihani kurib chiqyapti: (1) A tumanida sport stadionini qurish; (2) B tumanida yopiq tropik o'rmonini qurish; va (3) C tumanidagi makkajo'xori yetishtiruvchi fermerlarga etanol ishlab chiqarish uchun subsidiya ajratish. Chizmada har bir tuman aholisining sof foyda yoki xarajatlari ko'rsatilgan, ya'ni tuman aholisi oladigan daromad miqdoridan ularga solingan soliq miqdori ayirib tashlangan. Izoh: Har bir loyihadan olinadigan sof foydaning jami miqdori manfiy sondan iborat. Barcha saylovchilar bo'yicha jami xarajatlar olinadigan foydadan 20 yevroga ko'pligi sababli, loyihaning har biri samarasiz. Agar bu samarasiz loyihalar alohida-alohida ovozga qo'yilsa, 4-1 nisbat ovoz bilan ularning hech qaysi qabul qilinmaydi, chunki bundan faqat bitta tuman yutadi, qolgan to'rttasi esa yutqazadi. Biroq, agar bu loyihalar logrolling (A, B va C tuman vakillari ovoz ayirboshlashga kelishib olishlari mumkin) yoki «bochkadagi yog'» siyosati (uchta loyiha bittaga birlashtiriladi) bilan birlashtirilsa, samarasizligiga qaramasdan, ularning hammasi qabul qilinishi mumkin. Buni A, B va C tuman vakillari uchun jami birlashtirilgan sof foyda miqdori ijobiy songa tengligidan ko'rish mumkin. Ma'lumot olishga qiziqishning sustligi tufayli, Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling