James d. Gwartney


Video: Davlat haddan tashqari kattami?


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Davlat haddan tashqari kattami?
To'rtinchidan, bozor va siyosiy qaror qabul qiluvchilarning manfaatlari bir-biridan farq
qiladi. Avval muhokama qilinganidek, bozor iqtisodiyotining foyda va zarar mexanizmi
resurslarni samarasiz loyihalardan samarali loyihalarga yo'naltirishga moyil bo'ladi. Biroq,
siyosiy jarayon resurslarni samarali faoliyatga yo'naltiruvchi shunga o'xshash ishonchli
mexanizmga ega emas. Bu jarayon hatto ovoz berish orqali amalga oshirilganda ham xuddi shu
natijaga olib keladi. Aksincha, agar saylangan mulozimlar konstitutsiya me'yorlari orqali
cheklanmasa, ovoz yig'ish maqsadida ayrim saylovchilarga boshqalar hisobiga imtiyoz
berishga ularda moyillik paydo bo'ladi. Aytganlaridek, agar Alidan olib Valiga bersangiz, siz
odatda Valining qo'llab-quvvatlashiga tayanishingiz mumkin bo'ladi.
Zamonaviy siyosiy jarayonga, ko'p darajada, ittifoqchilar va siyosatchilar o'rtasidagi
qator «ayirboshlashlar» tizimi deb qarash mumkin. To'plangan manfaatdor guruhlar
subsidiyalar, xarajat loyihalari va odatda soliq to'lovchilari moliyalashtiradigan davlat
imtiyozlari olish hisobiga ovozlar, moliyaviy ulushlar, kelajakda yuqori maoshli ishlar va
qo'llab-quvvtlashning boshqa shakllari bilan ta'minlaydilar. Ratsional nodonlik samarasi, ya'ni
saylovchilar asosli ovoz berish uchun vaqtlarini sarflamaslik holati, ushbu jarayonga
ko'maklashadi, chunki parlament yoki qonun chiqaruvchi organ devorlari ichida saylovchilar
behabar qoladigan voqealar ko'p kechadi. Natijada, resurslar ishlab chiqarish va yangi, sifatli


166
mahsulotlarni yaratish o'rniga lobbi faoliyati va imtiyozni ko'zlovchi faoliyatlarga
yo'naltiriladi.
Video:
Rag'batlantiruvchi omillar va klanli kapitalizm
Avvalgi ikki elementda tushuntirib o'tilganidek, iqtisodiy tahlillarga ko'ra, bozorlar
resurslarni samarali taqsimlashda muvaffaqiyatsizlikka uchrash holatlari mavjud. Bu holat
siyosiy jarayonga ham tegishli. Boshqacha aytganda, bozor muvaffaqiyatsizli kabi davlat

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling