James d. Gwartney


ELEMENT 3.4 Siyosiy saylov orqali taqsimlash bozor taqsimotidan tubdan farq qiladi


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

ELEMENT 3.4
Siyosiy saylov orqali taqsimlash bozor taqsimotidan tubdan farq qiladi.


163
yevroga teng. Bu loyiha samarasiz va u besh kishilik jamiyat farovonligiga salbiy ta'sir
ko'rsatadi. Shunga qaramasdan, agar ko'pchilik ovoziga asosan qaror qabul qilinsa, uch ovoz
qarshi bo'lgan ikki ovozni yutadi. Saylovchilar sonini 5 tadan 5 millionga yoki 200 millionga
oshishi umumiy natijani o'zgartirmaydi. Ushbu misolda yaqqol ko'rinib turibdiki, ko'pchilik
ovoziga asoslangan saylov tizimi samarasiz loyihalarning qabul qilinishiga olib kelishi
mumkin.
Bozor taqsimotini iqtisodiy tizimning muhim muqobil shakli bo'lgan demokratik
siyosiy taqsimot bilan solishtirish tavsiya etiladi. Quyidagi to'rtta holatni yodda tutish ayniqsa
muhimdir.
Birinchidan, demokratik tizimda davlat faoliyati ko'pchilik ovozi bilan yuritiladi. Bozor
faoliyati esa, aksincha, o'zaro kelishuv va ixtiyoriy ayirboshlashga asoslangan. Demokratik
jamiyatda biror bir siyosat ko'pchilik ovozi bilan bevosita yoki saylangan vakil orqali amalga
kiritilganda, kamchilik juda qarshi bo'lgan taqdirda ham, shu loyihani moliyalashtirishga
yordam berishga majbur. Masalan, agar ko'pchilik yangi futbol stadioni, uy-joy subsidiyasi
(?)
dasturi yoki inqiroz yoqasidagi avtomobil kompaniyasiga moliyaviy yordam ajratish uchun
ovoz bersa, ozchilik taslim bo'lib, ushbu loyihalar uchun soliq to'lashga majbur bo'ladi. Ularga
foydasi tegishi yoki tegmasligidan qat'i nazar, ular kattaroq soliq to'lashlariga, daromadlarining
kamayishiga yoki boshqa salbiy oqibatlarni boshdan kechirishlariga to'g'ri keladi.
Soliq solish va tartibga solish huquqi ko'pchilik ozchilikni o'z shartlariga majburlashiga
imkoniyat yaratadi. Agar resurslar raqobatdosh bozorlar orqali taqsimlansa, bunday majburlash
huquqi mavjud bo'lmaydi. Bozorda ayirboshlash har ikkala tomon o'zaro kelishuvga kelsagina
amalga oshadi. Xususiy korxonalar narxlarini ko'tarishlari mumkin, lekin ular hech kimni
ularning mahsulotini sotib olishga majburlay olmaydi. Haqiqatan ham, mijozlarni jalb qilish
uchun xususiy korxonalar mahsulotning manfaati o'rnatilgan narxdan yuqoriligini
ta'minlashlari lozim bo'ladi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling