James d. Gwartney


Bozor muvaffaqiyatsizliklarini


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Bozor muvaffaqiyatsizliklarini
yumshatish
Ta'kidlab o'tganimizdek, bozorlar resurslarni samarali taqsimlashi uchun mulk huquqi aniq
belgilangan bo'lishi va ishlab chiqaruvchilar o'z faoliyati foydasiga egalik qilishi kerak. Ammo
ba'zi tovarlarning xususiyati buni mushkullashtiradi. Ushbu elementda bozorlar orqali
resurslarni samarali taqsimlashda jiddiy qiyinchiliklar tug'diradigan ikki xil iqtisodiy faoliyat
turi kurib chiqiladi. Bular jamoat mollari va tashqi ta'sirlardir.
Jamoat mollari
Ba'zi tovarlarning xususiyatlari ishlab chiqaruvchilarga ularni ishlab chiqarishdan
foyda olishni mushkullashtiradi. Iqtisodchilar jamoat mollari deb nomlagan tovarlar toifasi
mavjud bo'lganda shunday holat vugudga keladi. Jamoat mollari
(?)
quyidagi ikki xususiyatga
ega: (1) umumiy iste'mol — bir guruhni tovar bilan ta'minlash bir vaqtning o'zida boshqa
guruhlarni ham u bilan ta'minlaydi; va (2) istisnosizlik — tovar uchun to'lay olmaydigan
iste'molchilarni inkor etish murakkab yoki iloji yo'q bo'ladi. Masalan, suv toshqinini oldini
olish birinchi mezonga mos keladi, chunki bu faoliyatdan butun mintaqa aholisi manfaatdor
bo'ladi. Shuningdek, bu faoliyat ikkinchi mezonga ham mos keladi, chunki aholidan ushbu
xizmat uchun to'lov undirish oson emas. Demak, potensial ishlab chiqaruvchilar tovarning
iste'moli va to'lovi o'rtasida birma-bir bog'liqlikni o'rnata olmaganliklari sababli, jamoat
mollarini bozor tizimi orqali yetkazish qiyin bo'ladi.
Iste'molchilarda tekinxo'rlik, ya'ni tovar to'loviga o'z hissalarini qo'shmaganiga
qaramasdan, uni iste'mol qilishga rag'bat paydo bo'ladi. Agar tekinxo'rlar soni ko'paysa, tovar
iste'molidan bo'lgan foyda uning tannarxidan katta bo'lishiga qaramasdan, tovar umuman
ELEMENT 3.3
Jamoat mollari va tashqi ta'sirlar shaxslarni o'z manfaatlari yo'lida ideal iqtisodiy
samaradorlikka zid faoliyat turlari bilan shug'ullanishga undashi mumkin.


158
ishlab chiqarilmasligi (yoki juda oz miqdorda ishlab chiqarilishi) mumkin. Bunday holatlarda,
odatda bozorlar jamoat mollarini iqtisodiy samaradorlik miqdorida ishlab chiqara olmaydi. Suv
toshqinini nazorat qilishdan tashqari, milliy mudofaa, shahar politsiyasi va chivinga qarshi
kurash jamoat mollariga misol bo'ladi. Bunday tovar va xizmatlarni bozor orqali ta'minlash
qiyinligi sababli, bular odatda davlat tomonidan ta'minlanadi.
Tovarning jamoat mollari toifasiga kirish yoki kirmasligi uning qaysi iqtisodiy sohada
ishlab chiqarilganligiga emas, balki tovarning xususiyatiga bog'liq ekanligini qayd etish lozim.
Ko'pchilik agar tovar davlat tomonidan ta'minlansa, unda ushbu tovar jamoat moli deb
o'ylaydi. Bu xato tushunchadir. Davlat domonidan ta'minlangan tovarlarning ko'pi jamoat
mollari xususiyatlarga ega emasligi aniq. Tibbiy xizmat, ta'lim, pochta tarqatish, chiqindi
yig'ish hamda elektr energiyasi ta'minoti kabilar xayolga keladi. Bu tovar va xizmatlar odatda
davlat tomonidan yetkazib berilsa ham, to'lamaydigan mijozlarni osongina taqiqlash mumkin
hamda boshqalarni istisno qilgan holda mahsulotni alohida bir guruhga ta'minlash ham
mumkin. Hatto park ham jamoat moli emas, chunki to'lamaydigan mijozlarni istasa istisno
qilish mumkin – masalan, Parij Disneyi. Shunday qilib, usbu tovar va xizmatlar davlat
tomonidan ta'minlansa ham, ular jamoat mollari emas.
Haqiqiy jamoat mollari juda kam uchraydi. Ko'p hollarda, tovar yoki xizmat to'lovi
bilan uning iste'moli o'rtasidagi bog'liqlikni o'rnatish qiyin emas. Agar muzqaymoq, avtomobil,
televizor, smartfon, kiyim va minglab boshqa buyumlar uchun to'lashdan bosh tortsangiz,
ishlab chiqaruvchilar sizni ular bilan ta'minlamaydi, boshqalar sotib olgan narsalardan esa
tekinga foydalanishning iloji bo'lmaydi. Xususiy tovar va xizmatlarga kelganda, iste'molchilar
ularning davlat tomonidan ta'minlanishidan manfaatdor bo'lishi amri mahol.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling