James d. Gwartney


ELEMENT 3.2 Agar monopoliya va bozorga chiqishga katta to'siqlar mavjud bo'lsa, bozorlar ideal


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

ELEMENT 3.2
Agar monopoliya va bozorga chiqishga katta to'siqlar mavjud bo'lsa, bozorlar ideal
samaradorlikka erishmaydi.


155
sari miqyos samarasi saqlanib qolsa, yagona korxona bozorni egallaydi va monopoliyaga
aylanadi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish bunga misol bo'ladi. Elektr stansiyasining
yiriklashuvi bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish tannarhi odatda kamayadi. Natijada bu
bozorda bitta katta korxona hukmronlik qilishi kuzatiladi. Shuning uchun ham odatda davlat
elektr energiyasi kompaniyalarining tariflarini tartibga solib turadi, ayrim hollarda esa elektr
stansiyalariga egalik qiladi va uni boshqaradi.
Monopoliya vujudga kelmagan taqdirda ham, ba'zi sohalarda atigi bir necha korxonalar
ustunlik qilishi mumkin, chunki odatda bozorga kirish xarajatlari katta bo'ladi. Bunday holat
«oligopoliya», ya'ni «bir-necha sotuvchilar savdosi» deb nomlanadi. Buning «oligarxiya» yoki
«bir-necha ishtirokchilar tomonidan boshqaruv» ta'rifiga o'xshashligiga e'tibor bering.
Mahsulot birligi tannarhini kamaytirish va samarali raqobat qilishi uchun korxona sanoat
ishlab chiqarish mahsulotining katta qismini, ya'ni 20 yoki 25 foizini ishlab chiqarishishi kerak
bo'ladi. Ushbu hollarda bozorda faoliyat yuritish uchun faqat mahsulot birligi tannarhi past
bo'lgan to'rtta yoki beshta korxonalar uchun yetarli joy bo'lishi mumkin. Bunday bozorlarda
kam sonli korxonalar ustunlikka ega bo'lib, ularda bir-birlari til biriktirishga, mahsulotlari
narxini oshirishga hamda monopolist kabi faoliyat yuritishga rag'bat mavjud bo'ladi.
Avtomobil, televizor va kompyuter operatsion tizimi ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari oz
sonli kompaniyalar ustunlikka ega bo'lgan bozorlarga misol bo'ladi. Post-kommunist
mamlakatlarida yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish oligarxlar davlat amaldorlarini
qo'llab-quvvatlash evaziga insayder bitimlaridan foydalanib, ko'pincha bozorlarni egallab
olishlariga olib keldi.
Davlatning o'zi ham gohida monopoliya manbai bo'lishi mumkin. Litsenziyalash,
alohida bir guruh uchun soliq imtiyozlari berish, tarif, kvota va boshqa imtiyozlar bozor
raqobatdoshligini pasaytiradi. Ushbu siyosatlarning ba'zilari ezgu maqsadlar yo'lida qabul
qilingan bo'lsada, ular amaldagi kompaniyalarni himoya qiladi va potensial raqiblarning
bozorga kirishini mashaqqatlashtirib, monopoliya va ustunlikka ega kompaniyalarning yuzaga
kelishiga ko'maklashadi.
Bozor raqobatini ta'minlash uchun davlat nimalarni amalga oshirishi mumkin? Birinchi
printsipni tibbiyot sohasidan olish mumkin: zarar yetkazmang. Davlat litsenziyalash talablari
va bir tomonlama soliqlar orqali amaldagi vaziyatga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi kerak. Ko'plab


156
bozorlarda sotuvchilar raqib korxonlarning (jumladan, boshqa mamlakatlardagi raqib ishlab
chiqaruvchilarning) bozorga kirishini cheklashga qiynaladi yoki cheklay olmaydilar. Bu
degani, agar davlat bozorga kirish uchun cheklovlarni joriy qilmasa yoki ba'zi
kompaniyalarning manfaatlarini ko'zlab qonun va qoidalarni amalga kiritmasa, ishlab
chiqaruvchilar raqobatni cheklay olmaydilar.
Raqobatni rag'batlantirish uchun davlat til biriktirish
(?)
, sanoatning dominant
kompaniyalarining birlashishi va kompaniyalarga o'zaro egalik qilish kabi raqobatga zid
faoliyatni ham taqiqlashi mumkin. Ushbu maqsaddagi Yevropa Ittifoqining raqobat
to'g'risidagi qonuni korxonalar til biriktirishini yoki bozorni monopollashtirishga harakatlarni
taqiqlash orqali Yevropa yagona bozorida raqobatni rag'batlantiradi.
Biroq, davlatning bu boradagi harakatlari har xil natijalarga olib kelgan. Bir tomondan,
davlat siyosati til biriktirish holatlarini va raqobatni cheklovchi turli amallarni kamaytirdi.
Ammo ba'zi qonunlarning ta'siri teskaridir; ular bozorga kirishni cheklaydi, amaldagi ishlab
chiqaruvchilarni raqiblardan himoya qiladi va narx raqobatini cheklaydi. Demak, bozorga
kirish uchun katta to'siqlar va raqobatning yo'qligi davlat uchun bozor faoliyatini
takomillashtirishga imkoniyat yaratsa, uning ba'zi siyosatlari aslida monopoliyaga yo'l ochib
bergan. Kitobning davomida buning asosiy sabablari nimalardan iborat ekanligi ayon bo'ladi.


157

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling