James d. Gwartney
Video: Siyosiy yoki bozor tanlovi
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqish uchun: Edvard Ellis. «Siznikimas xojayinlik qilishga»
- — Adam Smit, «Millatlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish»
Video:
Siyosiy yoki bozor tanlovi Davlat xodimlari foyda va xarajatlarni hisoblashga harakat qilishi mumkin, lekin ularning hisoblari ko'pincha taxminlardan iborat, chunki ularda xaridorlar va sotuvchilarning tanlovlari to'g'risida ishonchli ma'lumotlar bo'lmaydi. Bundan tashqari, amalda bunday foyda- xarajatlar tahliliga ko'pincha ko'zlangan siyosiy maqsadlar ta'sir ko'rsatadi. Ushbu elementning boshida keltirilgan Tomas Jeffersonning iqtibosida ta'kidlanganidek, davlat odamlarni bir-biriga zarar yetkazishini oldini olishi nihoyatda muhimdir (davlatning himoya funksiyasi). Iqtisodiyot shuni ham tan oladiki, bozorlar yetkazishi qiyin bo'lgan tovarlarni davlat ta'minlashi kerak (davlatning ishlab chiqarish funksiyasi). Biroq, agar davlat ushbu faoliyat chegarasidan chiqib ketsa, davlatning rolini yanada oshirishga asos kamayadi. Davlatning iqtisodiy rolini batafsilroq tahlil qilish uchun bozorlar bilan bog'liq kamchiliklarni chuqurroq o'rganish va amaldagi siyosiy jarayonlarga iqtisodiy instrumentlarni tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. 153 O'qish uchun: Edvard Ellis. «Siznikimas xo'jayinlik qilishga» 154 Monopoliyalarni tartibga solish Bir xil savdodagi tadbirkorlar hatto xursandchilik yoki o'yin-kulgu uchun ham bir-birlari bilan kamdan kam uсhrashadilar, lekin shunday bo'lsa ham, suhbatlari jamiyatga qarshi til birishtirish yoki narxlarni oshirish bo'yicha qandaydir fitna bilan yakunlanadi. — Adam Smit, «Millatlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish» Jamiyat resurslaridan maksimal qiymat olishi uchun ulardan samarali foydalanishi kerak. Raqobat bunday samarali faoliyatning asosini tashkil etadi. Avval muhokama qilinganidek, raqobat muhitidagi korxonalar iste'molchilar ko'nglini topishdan hamda tovar va xizmatlarni tejamkorlik bilan ishlab chiqarishdan manfaatdor. Agar korxonalar iste'molchilar to'lagan bahosiga arziydigan qiymatni ta'minlamasa, iste'molchilar pullarini boshqa joyda sarflaydilar. Monopoliya o'rinbosarlari yo'q tovar yoki xizmatni yagona korxona ishlab chiqarganda mavjud bo'ladi. Ushbu holatda korxonada ishlab chiqarish hajmini cheklashga va narxni oshirishga rag'bat paydo bo'ladi. Ishlab chiqarish hajmini qisqartirib narxni oshirganda korxona resurslardan samarali foydalanganga nisbatan, ya'ni kattaroq hajmni pastroq narxda ishlab chiqargan holatiga nisbatan, ko'proq foyda olishi mumkin. Bu unumsizlikka olib keladi, chunki korxona iste'molchilar uchun qiymati tannarxiga nisbatan yuqori bo'lgan birliklarni ishlab chiqarmaydi. Monopoliyaning ikkita asosiy manbai mavjud: miqyos samarasi va imtiyozning berilishi. Agar katta korxonalar mahsulot birliginining tannarhi kichik korxonalarnikidan pastroq bo'lsa, miqyos samarasi vujudga keladi. Agar korxonaning bozordagi ulushi oshgan Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling