James d. Gwartney
ELEMENT 3.1 Davlat shaxslar huquqlarini himoya qilish va bozorlar ta'minlashi murakkab bo'lgan ba'zi
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
ELEMENT 3.1
Davlat shaxslar huquqlarini himoya qilish va bozorlar ta'minlashi murakkab bo'lgan ba'zi tovar va xizmatlarni yetkazib berish orqali iqtisodiy taraqqiyotni rag'batlantiradi. 150 firibgarlik va zo'ravonlikka qarshi qonunlarning ijrosini ta'minlashni o'z ichiga oladi. Fuqarolarni bir-biridan va tashqi tahdidlardan himoya qilish uchun davlatga qonun doirasida kuch ishlatishga monopoliya huquqi berilgan. Demak, «himoyalovchi davlat» odamlar bir- birlariga zarar yetkazishini oldini olishga harakat qiladi va ularning hamkorlik va hamjihatlik asosida o'zaro munosabatda bo'lishlariga qaratilgan qonunlar ijrosini ta'minlaydi. Shaxslar va ular mulkini tajovuzkorlardan himoya qilishga, shartnomalarning xolis ijrosini kafolatlashga va qonun oldida barchaning tengligini ta'minlashga qaratilgan huquq tizimi (2-bob, 1-elementga qarang) davlat himoya funksiyasining yadrosini tashkil etadi. Himoya funksiyasi bozorlarning muttasil faoliyatini ta'minlash uchun juda muhim ahamiyatga ega. Davlat mulkchilik huquqini aniq belgilab, uning ijrosini ta'minlasa, bozor narxlari resurslarning muqobil qiymatini aks ettiradi, ishlab chiqaruvchilar esa iste'molchilar uchun tannarxiga nisbatan qiymati yuqori tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga o'tadilar. Bundan tashqari, agar shartnomalar samarali va favoritizmsiz ijro etilsa, tranzaksion xarajatlar miqdori kamayib, savdo hajmi ko'payadi. O'z navbatida, rag'batlantirish tuzilmasi (?) odamlarni resurslarni yaratishga, o'zaro manfaatli savdo qilishga va boylik yaratuvchi loyihalarni amalga oshirishga rag'batlantiradi. Davlatning himoya funksiyasining ahamiyatini mubolag'a qilish qiyin. Agar bu funksiya qoniqarli ijro etilsa, fuqarolar firibgarlikdan himoya qilinganliklariga va ishlab topgan boyliklarini boshqalar yoki davlat tortib olmasligiga amin bo'ladilar. Bunday himoya fuqarolarga har kim ekkanini o'zi o'rishiga ishonch beradi. Shunda odamlar ko'proq ekib, ko'proq hosil oladilar. Bu esa iqtisodiy taraqqiyotga olib keladi. Aksincha, agar himoya funksiyasi qoniqarsiz bajarilsa, bu ko'plab muammolarni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish va savdo orqali emas, balki aldamchilik, firibgarlik va siyosiy favoritizm kabi illatlar orqali muvaffaqiyatga erishishga imkoniyat paydo bo'ladi. Daromad va boylikning himoyasiga bo'lgan ishonch yo'qoladi, bozor narxlari esa tovar va xizmatlarning haqiqiy tannarhini aks ettirmaydi. Resurslarni rivojlantirishga bo'lgan rag'bat zaiflashib, iqtisodiy taraqqiyot turg'un turib qoladi. Afsuski, ayni shu holat ko'plab qashshoq va kam rivojlangan mamlakatlarga xos. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling