James d. Gwartney


Video: Slovakiyadagi iqtisodiy erkinlik


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Slovakiyadagi iqtisodiy erkinlik


146
Davlatning roli to'g'risida iqtisodiy
fikrlashning o'nta asosiy elementlari
TALABLAR, STANDARTLAR, NORMALAR, TARTIB-QOIDALAR, SHAFFOFLIK,
QONUN
Elementlar:
1. Davlat shaxslar huquqlarini himoya qilish va bozor ta'minlashi murakkab bo'lgan ba'zi
tovar va xizmatlarni yetkazib berish orqali iqtisodiy taraqqiyotni rag'batlantiradi.
3-BOB


147
2. Agar monopoliya va bozorga chiqishga katta to'siqlar mavjud bo'lsa, bozorlar ideal
samaradorlikka erishmaydi.
3. Jamoat mollari va tashqi ta'sirlar shaxslarni o'z manfaatlari yo'lida ideal iqtisodiy
samaradorlikka zid faoliyat turlari bilan shug'ullanishga undashi mumkin.
4. Siyosiy saylov orqali taqsimlash bozor taqsimotidan tubdan farq qiladi.
5. Agar konstitutsion yoki boshqa qat'iy me'yorlar bilan cheklanmasa, maxsus manfaatdor
guruhlar demokratik siyosiy jarayondan soliq to'lovchilar va iste'molchilar hisobiga o'z
maqsadlari yo'lida foydalanadilar.
6. Agar qonun chiqaruvchilarni konstitutsion yoki boshqa qat'iy qoidalar bilan
cheklamasa, ular byudjet defitsitiga yo'l qo'yadilar va haddan tashqari ko'p sarflaydilar.
7. Agar davlat ayrimlarga boshqalar manfaatiga zid imtiyozlar bersa, bu samarasizlikka
hamda 
davlat 
mulozimlari 
va 
korxonalar 
o'rtasida 
betayin, 
nomunosib
munosabatlarning rivojlanishiga olib keladi.
8. Transfert oluvchilarning sof foydasi ajratilgan transfert miqdoridan kam, ko'pincha esa
ancha kam bo'ladi.
9. Iqtisodiyotni markazdan rejalashtirish juda murakkab bo'lib, bu yo'ldagi harakatlar
samarasizlik va urug'-aymoqchilikka olib keladi.
10. Davlat boshqaruvidagi raqobat bozordagi raqobat kabi muhim.
Kirish
Iqtisodchilar iqtisodiy faoliyatni baholashda iqtisodiy samaradorlik standartidan
foydalanadilar. Resurslardan samarali foydalanilganda, faqatgina foydasi xarajatidan katta
bo'lgan faoliyat turlari amalga oshiriladi. Xarajatlari foydasidan katta bo'lgan hech bir faoliyat
amalga oshirilmaydi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samaradorlik
(?)
mavjud resurslardan
maksimal foyda olishni anglatadi. Iqtisodiyot darsliklarida odatda bozorlar ayrim faoliyat
turlari bo'yicha ideal samaradorlikka erishmasligining sabablari va ushbu vaziyatni to'g'irlash
uchun davlat qanday choralar ko'rishi mumkinligi tushuntiriladi. Biz shu principga amal
qilamiz - ideal siyosiy faoliyat salohiyatini ko'rib chiqamiz, lekin siyosiy jarayonlarni iqtisodiy
instrumentlardan ham foydalanib tahlil qilamiz.


148
Hozirgi kunda Qo'shma Shtatlari va bir qator boshqa mamlakatlarda davlat xarajatlari
milliy daromadning kamida 40 foizini tashkil etadi. Uning hajmi va miqyosini hisobga olsak,
siyosiy taqsimlash jarayonini tushunish juda muhim. Oxirgi yarim asr ichida bu mavzu
iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylandi. Bu mavzuni o'rganuvchi sohani iqtisodchilar

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling