James d. Gwartney
Eng kambag'al 10 foiz aholining yillik
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Eng kambag'al 10 foiz aholining yillik
jon boshiga daromadi, 2016-yil Eng kambag'al 10 foiz aholining olgan daromadlari darajasi (ulushidan farqli o'laroq) iqtisodiy erkinlik yuqori mamlakatlarda ancha yuqori. Izoh: Eng kambag'al 10 foiz aholining yillik jon boshiga daromadi (xarid qobiliyati pariteti bo'yicha doimiy AQSH dollarida), 2016-yil. Manba: O'rtacha iqtisodiy erkinlik darajasi reytingi, 1995-2016-yillar; Jahon Banki, 2017-yil, Jahon rivojlanish ko'rsatkichlari. Albatta, qashshoqlik darajasini o'lchashda eng qashshoq 10 foiz aholining daromadidan foydalanish noto'g'ri xulosaga olib kelishi mumkin. Boy mamlakatdagi eng qashshoq 10 foiz aholi yaxshi yashayotgan bo'lishi mumkindir, lekin kambag'al mamlakatda ushbu qatlamdagi 140 aholi haqiqatan ham nochor ahvolda bo'lishi mumkin. Keling, Jahon banki tarifiga ko'ra «o'ta» yoki «o'rtacha» qashshoqlikda yashovchi aholi ulushi aks ettirilgan 15-chizmani ko'rib chiqaylik. O'ta qashshoqlik bu jon boshiga kuniga 1,90 dollarga (narxlar o'rtasidagi farqni hisobga olgandan so'ng AQSH dollarida), o'rtacha qashshoqlik esa kuniga 3,20 dollardan kamroqqa kun kechirishni anglatadi (52) . Iqtisodiy erkinlik darajasi yuqori mamlakatda yashashninig afzalligini ko'rish qiyin emas — bu kabi mamlakatlar aholisining kambag'al bo'lishi dargumon. Global miqyosda ham qashshoqlikka barham berish bo'yicha katta yutuqlarga erishildi. Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, 1981-yilda 42 foiz aholi o'ta qashshoqlikda yashagan. 2016-yilga kelib, bu raqam 10 foizan kamroqni tashkil etdi. Garchi qashshoqlikni butunlay bartaraf etishgacha hali uzoq bo'lsa-da, AQSH prezidenti Ronald Reygan (1981-1989) and Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcherning (1979-1990) bozor iqtisodiyitiga diqqatni jalb qilgani, shubhasiz, erishilgan yutuqlarning asosiy omili bo'ldi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling