James d. Gwartney
Video: Iqtisodiy erkinlik indeksi
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
Iqtisodiy erkinlik indeksi Institutlar va siyosatlarning ahamiyati 134 Iqtisodiy institutlar va iqtisodiy siyosat qanchalik ahamiyatli? Bu savolga javob berish uchun biz turli mamlakatlarning iqtisodiy institutlari va siyosatlarini solishtirish yo'lini topishimiz lozim. 1980-yillarning o'rtalaridan boshlab, Kanadaning Vankuver shahridagi Freyzer Instituti bir necha hamkorlar bilan birgalikda «Dunyo iqtisodiy erkinligi» (EFW indeksi) deb nomlanuvchi mamlakatlararo iqtisodiy erkinlik indeksini e'lon qilib keladi. Endilikda institutlarning jahon tarmog'i tomonidan nashr etiladigan ushbu indeks mamlakatdagi iqtisodiy institutlar va siyosatning iqtisodiy erkinlik bilan muvofiqlik darajasini o'lchaydi. U davlat organlari ko'lamini, huquq tizimi va mulk huquqini, pul barqarorligini, savdo erkinligini va normativ-huquqiy muhitni hisobga oladi. Indeks 42 ta alohida qismlardan iborat bo'lib, u taxminan 160 mamlakat uchun reytingni taqdim etadi. Reyting ba'zi mamlakatlar bo'yicha 1980-yilgacha mavjud, qolgan mamlakatlar esa reytingga ma'lumotlar mavjudligiga qarab qo'shib boriladi. Ko'p jihatdan EFW indeksi ushbu kitobning oldingi bo'limlarida keltirilgan elementlarni aks ettiradi. Yuqori EFW reytingiga erishish ichun mamlakatda xususiy mulk mustahkam himoya ostida bo'lishi, shartnomalarning xolis ijrosi va barqaror monetar muhit ta'minlanishi zarur. Shuningdek, u soliqlarni past darajada ushlab turishi, ichki va tashqi savdoga cheklovlar joriy qilishdan saqlanishi, tovar va resurslarni taqsimlashda davlat xarajatlari va normativ-huquqiy tartiblarga emas, balki asosan bozorlarga tayanishi lozim. Agar bu institutsional va siyosiy omillar iqtisodiy ko'rsatkichlarga haqiqatan ham ta'sir ko'rsatsa, unda EWF reytingi doimo yuqori bo'lgan mamlakatlardagi iqtisodiy holat hamisha reytingi past bolgan mamlakatlardagiga qaraganda ancha yaxshi bo'lishi kerak. 12-chizmada 2016-yilda EFW reytingi eng yuqori va eng past bo'lgan 10 mamlakatda 2017-yil uchun jon boshiga daromad va uning so'nggi yillardagi o'sish sur'atlari bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Yaqinda iqtisodiy islohotlarning ta'siri aniq sezila boshlagan Gruziya va Mavrikiydan tashqari, reytingning eng yuqorisida joylashgan mamlakatlar ro'yxati ajablanarli emas. Reytingning eng quyisida Venesuela joylashgan. Bir vaqtlar Janubiy Amerikadagi eng farovon bo'lgan mamlakat, Chaves/Maduro hokimiyati ostida kommunistik/sotsialistik iqtisodiy rejalashtirishning halokatli oqibatlariga yaqqol misolga aylandi. Iqtisodiy erkinlk eng yuqori mamlakatlarda 2017-yilda jon boshiga o'rtacha daromad 56 740 AQSH dollarini tashkil qilib, bu iqtisodiy erkinlik eng past bo'lgan mamlakatlardagi 135 o'rtacha ko'rsatkichdan qariyb yetti barobarga ko'p demakdir. 12-chizmada ko'rinib turganidek, iqtisodiy erkin mamlakatlarda izchil ijobiy o'sish darajasi kuzatilmoqda. Iqtisodiy erkinlik darajasi eng past bo'lgan mamlakatlar turlicha o'sish darajasini namoyish etadilar. Ba'zilari barqarorlik davrida sekin o'sish darajasidan boshlab tez o'ssa, noto'g'ri siyosat yuritgan boshqa mamlakatlarda vaqt o'tishi bilan hattoki iqtisodiy qisqarish kuzatiladi. O'rtacha yillik o'sish darajasi reytingda eng yuqori joylashgan guruh uchun 3,7 foizni tashkil qilgan bo'lsa, reytingda eng pastda joylashgan guruh uchun -0,4 foizni tashkil etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling