James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

O'qish uchun:
Duayt Li. «Bozorlar va erkinlik»
Ko'pchilik odamlar yuqori daromadli mamlakatlardagi ishchilar kuniga atigi 2 yoki 3
dollar daromad topadigan xorijliklar bilan raqobatlasha olmaydi, deb o'ylaydilar. Bu qarash
noto'g'ri bo'lib, u yuqori ish haqi manbaini va qiyosiy ustunlik qonunini tushunmaslikdan kelib
chiqadi. Yuqori daromadli mamlakatlarda ishchilar yaxshi ma'lumotli va yuqori malakali
bo'lib, ular ish faoliyatida ko'p kapital asbob-uskunalaridan foydalanadilar. Bu omillar ular
uchun yuqori ish haqi manbai, yuqori unumdorlikni ta'minlaydi. Burundi va Efiopiya kabi ish
haqi past mamlakatlarda aynan unumdorlik darajasi pastligi bois ish haqi ham pastdir.
Ukrainada o'rtacha daromad darajasi Burundinikidan 25 barobar kattaroq ekanligi Ukrainlar bir
chashka Burundi kofesidan rohatlanishiga xalaqit bermasligi kerak.
Har qaysi mamlakat doimo ba'zi narsalarni boshqalarga nisbatan yaxshiroq bajaradi.
Ish haqi ham yuqori, ham past bo'lgan mamlakatlar, agar resurslarini nisbatan yaxshi bajara
oladigan unumli faoliyatlarga yo'naltirsa, ular foyda oladi. Agar ish haqi yuqori mamlakat
mahsulotni mamlakat ichkarisida ishlab chiqarish tannarxidan arzonroq narxda xorijiy
korxonalardan import qila olsa, unda import qilish mantiqqa to'g'ri keladi. Ichki bozorda ishlab
chiqarish qimmat mahsulotlarni ishlab chiqarishga kamroq resurslar yo'naltiriladi, va ko'proq
resurslar ichki bozorda ishlab chiqarish arzonroq tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga
yo'naltiriladi
(44)
. Savdo ish haqi ham yuqori, ham past bo'lgan mamlakatlardagi ishchilarga
ishlab chiqarish hajmini oshirishlariga yordam beradi. O'z navbatida, unumdorlikning oshishi
ikkala mamlakatda ham ish haqi oshishiga olib keladi.
Agar xorijiy ishlab chiqaruvchilar iste'molchilarni juda arzon
(45)
mahsulot bilan
ta'minlay olsa-yu, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ular bilan raqobat qila olmasachi? Ushbu
holatda, arzon mahsulotni chetdan olib kelib, ichki resurslarni boshqa narsalarni ishlab
chiqarishga yo'naltirish maqsadga muvofiq bo'lgan bo'lar edi. Shuni yodda tuting, yashash
darajamizni ish o'rinlari emas, balki tovar va xizmatlarning mavjudligi belgilaydi. Ushbu
nuqtai nazarni frantsuz iqtisodchisi Frederik Bastia o'zining 1845-yildagi «Sham ishlab
chiqaruvchilar nomidan arznoma» satirik asarida yaqqol tasvirlagan edi. Arznoma qo'yo


126
Frantsiya deputatlari Palatasiga Frantsiyalik sham, chiroq va boshqa ichki yoritish vositalarini
ishlab chiqaruvchilar nomidan yozilgan. Arznomaga ko'ra, mahalliy yoritish vositalari ishlab
chiqaruvchilar «xorijiy ishlab chiqaruvchining kuchli raqobatidan aziyat chekmoqda, xorijlik
bizga nisbatan a'lo darajada tashkil etilgan sharoitlarda mehnat qilishi tufayli, u mahalliy
bozorni arzon mahsulotlar bilan to'ldiryapti; u paydo bo'lishi bilan mahalliy ishlab
chiqaruvchilarning savdosi to'xtab, hamma mijozlar unga murojaat qiladi. Son-sanoqsiz ishlab
chiqaruvchilardan iborat Frantsiya sanoat tarmoqlaridan biri birdaniga turg'unlikka tushdi».
Albatta, bu raqib quyosh bo'lib, arizachilar Frantsiya deputatlar Palatasidan binolarga
quyosh nuri kirmasligini ta'minlash uchun derazalarni, pardalarni va boshqa tuynuklarni
yopishni talab qiluvchi qonunni qabul qilishni so'ragan edi. Arizada agar ichki yoritishda
quyosh nuridan foydalanish taqiqlansa, bandlik darajasi sezilarli darajada oshishi mumkin
bo'lgan yoritish vositalari ishlab chiqarish sanoatidagi kasblar ro'yxati keltirilgan. Bastianing
ushbu satiradagi nuqtai nazari bizga ravshan: Arznomada taklif qilingan qonun qanchalik
ahmoqona bo'lmasin, u mahalliy ishlab chiqaruvchilarni «saqlab qolish» va bandlikni
ko'paytirish maqsadida tannarxi arzon tovar va xizmatlarning mavjudligini cheklashga
qaratilgan qonunlardan ko'ra ahmoqona emas.
Oxirgi bir necha o'n yilliklarda transport xarajatlari kamaydi va savdo cheklovlari
qisqardi. Savdo cheklovlari, ayniqsa, kam daromadli mamlakatlarda sezilarli darajada qisqardi.
1980-yilda kambag'al va kam rivojlangan mamlakatlarda
(?)
20 foiz yoki undan balandroq
tariflarni joriy qilish odatiy hol bo'lgan. Ularning ko'pchiligida valyuta kursi ustidan nazorat
o'rnatilib, bu fuqarolar uchun import mahsulotlarini xarid qilishga zarur xorijiy valuyta olishni
qiyinlashtirdi. Bugungi kunda vaziyat keskin o'zgargan. 1980-yillardan boshlab bir qator kam
rivojlangan mamlakatlar, xususan, Xitoy va Hindiston tariflarni pasaytirdi, valyuta kursi
ustidan nazoratni bo'shashtirdi va boshqa savdo cheklovlarini olib tashladi. Natijada, xalqaro
savdo jadal sur'atlarda o'sishni boshladi.
Xalqaro savdoning o'sishi jahonda ishlab chiqarish hajmining oshishiga va iste'molning
yuqoriroq darajaga erishishiga imkoniyat yaratdi. Kam rivojlangan mamlakatlarning ko'pida,
ayniqsa, aholisi katta bo'lgan Osiyo mamlakatlarida jon boshiga to'g'ri keladigan daromad
keskin ko'tarildi. Erkinroq savdo, ayniqsa, kambag'al aholiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. 1980 va
2015-yillar oralig'ida dunyodagi o'ta qashshoq aholi soni 1,1milliarddan ko'proqqa, y'ani dunyo


127
aholisining 40 foizidan 10 foizigacha qisqardi. Bugungi kunda rivojlanayotgan
mamlakatlardan boshqa jahon mamlakatlariga eksport qilinayotgan mahsulotlarning uchdan
ikki qismiga hech qanday tarif olinmaydi.
Bundan tashqari, xalqaro savdoning o'sishi boy va kambag'al mamlakatlar o'rtasida
daromadlar darajasidagi farqni qisqartirdi. Oxirgi o'n yilliklarda kam rivojlangan mamlakatlar
yuqori daromadli rivojlangan mamlakatlarga nisbatan tezroq o'sdi. Shuningdek, daromadlar
darajasi dunyo aholisining uchdan bir qismi joylashgan Xitoy va Hindistonda jadal o'sdi.
Natijada, daromadlarning jahondagi taqsimoti, ayniqsa, 2000-yildan keyin tenglashib
bormoqda
(46)
.
Biroq, savdoning o'sishi Qo'shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya va G'arbiy Evropa
mamlakatlari kabi yuqori daromadli mamlakatlarda daromadlar taqsimotiga ko'pincha o'zgacha
ta'sir ko'rsatadi. Shunisi ravshanki, yuqori daromadli mamlakatlar odatda yuqori malaka va
ta'lim darajasini talab qiliuvchi tovarlarni eksport qilib, ko'p malaka talab qilmaydigan
tovarlarni import qiladi. Shu sababli savdo malakasi pastroq ish kuchiga qaraganda yuqori
malakali ish kuchiga talabni oshirishi mumkin. Shunday ekan, yuqori malakali ishchilarning
daromadlari past malakali ishchilarning daromadlariga nisbatan ko'proq oshishi natijasida
mamlakat ichkarisida daromadlar darajasidagi tengsizlik oshadi. Oxirgi o'n yilliklarda deyarli
barcha yuqori daromadli mamlakatlarda daromadlar tengsizligi oshdi va bunga xalqaro
savdoning o'sishi hissa qo'shgan omillardan bo'lishi mumkin.
Xozirgi kunda bir qator yuqori daromadli mamlakatlarda xalqaro savdoga nisbatan
qarshilik o'sib boryapti. Yetakchi siyosiy arboblar turli savdo cheklovlarini, xususan, kambag'al
mamlakatlardan importni cheklashga qaratilgan choralarni qo'llab-quvvatlab chiqyapti.
Daromadlar tengsizligining oshishi va past malakali, kam ma'lumotli ishchilar daromadlarining
sekin o'sishi ushbu qarama-qarshilikka o'z hissasini qo'shmoqda. Ammo bu yerda boshqa juda
muhim omil ham bor, u ham bo'lsa yaxshi uyushgan guruhlarning siyosiy hukmronligidir.
Savdo cheklovlari alohida ishlab chiqaruvchilar va ularning resurs ta'minotchilari, jumladan,
ba'zi ishchilar uchun manfaatli, lekin bundan iste'molchilar va boshqa sanoatdagi ishlab
chiqaruvchilar zarar ko'radilar. Hukumatni xorijiy raqobatchilarga qarshi himoya qilishga
chaqiruvchi sanoatlar odatda yaxshi uyushgan bo'lib, ularning oladigan manfaatlari yaqqol va
bir yerda jamlangan bo'ladi, lekin iste'molchilar, ishchilar va boshqa resurs ta'minotchilari


128
odatda yaxshi uyushmagan bo'lib, ularga xalqaro savdodan keladigan manfaatlar ancha tarqoq
bo'ladi. Kutilganidek, uyushgan manfaatdor guruhlar katta siyosiy ta'sirga ega bo'lib (in'omlar
shaklida va siyosiy ko'rinishdagi boshqa yordamlar), bu siyosatchilar ularning manfaatlarini
hisobga olishini ta'minlaydi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling