James d. Gwartney


joyga aylanishga umid qilyapti


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

joyga aylanishga umid qilyapti
Shubhasiz, marjinal soliq stavkasining ko'tarilishiga javoban odamlarning ko'pi darhol
ishdan bo'shamaydi yoki kamroq g'ayrat bilan ishlamaydi. Ma'lum bir sohani o'rganish uchun
yillar sarflagan shaxs, ishlashni davom etishi va hatto ga'yrat bilan ishlashi mumkin, ayniqsa,
agar u hayotining eng yuqori daromadli yillarida bo'lsa. Biroq, yuqori marjinal soliq stavkasi
maxsus ko'nikmalar olish uchun hali qimmatli investitsiya qilib ulgurmagan ko'plab yoshlarni


116
shunday qilishdan qaytaradi. Demak, yuqori soliq stavkasining ishlashga bo'lgan ba'zi salbiy
oqibatlari kelajakda ko'p yillar davomida unumdorlikning pasayishi shaklida yuzaga chiqadi.
Yuqori soliq stavkalari ba'zi ishchilar ular unumsizroq bo'lgan faoliyatlarga o'tishiga
sabab bo'ladi, chunki bu faoliyatlarda ular soliq to'lashi kerak bo'lmaydi. Masalan, yuqori
soliqlar malakali bo'yoqchilarning narxini oshirib yuboradi va shu sababli sizda unumli ishlash
uchun tajriba bo'lmasa ham, uyingizni o'zingiz bo'yashingizga to'g'ri kelishi mumkin. Yuqori
bo'lmagan soliq stavkasida malakali bo'yoqchi qurbingiz yetadigan narxda ishni bajarishi, siz
esa vaqtingizni unumli faoliyatga bag'ishlashingiz mumkin bo'ladi. Soliq tufayli o'zgargan
rag'batlar behuda isrofgarchilikka va iqtisodiy samarasizlikka olib keladi.
Ikkinchidan, yuqori marjinal soliq stavkasi ham kapital shakllanishi darajasini, ham
uning unumdorligini pasaytiradi. Yuqori soliq stavkalari xorijiy investitsiyalarga
(?)
to'sqinlik
qiladi, mahalliy investorlar esa soliqlar va ishlab chiqarish xarajatlari pastroq bo'lgan
mamlakatlarda investitsiya loyihalarini izlashiga sabab bo'ladi. Bu iqtisodiy o'sish uchun zarur
investitsiya hajmini va ishlab chiqarish asbob-uskunalari mavjudligini kamaytiradi. Mahalliy
investorlar joriy daromadlarni soliqlardan himoya qiluvchi loyihalarni tanlaydi hamda

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling