James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

islohotlarining
(?)
 tulri yo'llarini tanlashlariga to'g'ri keldi. Ba'zi mamlakatlar izchil islohotlarni
tez boshlagan bo'lsa (masalan, Estoniya), boshqalarida rahbariyatning aksariyatini sobiq
kommunistlar tashkil etgan (O'zbekiston). Shuning uchun mamlakatlardagi islohotlar turli
tezlik va usullarda amalga oshirilib, islohotlar samaradorligi ham turlicha bo'lgan. Shunga
qaramasdan, bu mamlakatlarning barchasida iqtisodiy faoliyat sub'ektlari barqaror siyosatga
tayanishlari va shu siyosatlar asosida kelajakdagi rejalarini tuzishlari mumkin edi. Aksincha,
islohot o'tkazish yoki uni kechiktirish o'trasigadi qayta almashuvchanlikka duch kelib, noizchil
va o'zgaruvchan siyosat olib borilgan mamlakatlarda (masalan, Bolgariya va Ukrainada)
saylovlar oldidan yangi hukumatni kim shakllantirishi bo'yicha noaniqlik darajasi oshar edi.
Siyosiy biznes tsikli teskari tomonga o'zgarib, saylovlardan oldin iqtisodiy o'sishning
sekinlashuvi kuzatilgan, chunki siyosat noaniqligi investitsiya hajmini kamaytirgan
(36)
.
Video:
Pulning juda ko'pligi
1990-yillarda kommunizmdan voz kechgan mamlakatlardagi iqtisodiy muvaffaqiyat
yoki muvaffaqiyatsizliklarga qisman noto'g'ri monetar siyosati sababchi bo'lgan. Bu
mamlakatlarning barchasida ishlab chiqarish keskin kamayib, ular bozor iqtisodiyotiga o'tishda


111
qiyinchiliklarga duch keldilar. 1990 va 1994-yillar orasida Ukrainada YIM hajmi 48 foizdan
ko'proqqa qisqardi
(37)
. Bunga javoban, Ukraina hukumati katta miqdorda rubl kreditlarini
muomalaga chiqarish orqali sanoat va qishloq xo'jaligi uchun subsidiyalarni moliyalashtirdi.
Katta byudjet defitsiti
(?)
monetizatsiya qilindi, ya'ni Ukraina Milliy banki (UMB) davlat
xarajatlarini moliyalashtirish uchun osonlikcha pul bosib chiqardi. 1992-yilning fevral va mart
oylarida monetar bazasi oyiga 50 foizga oshib bordi. 1992-yilda giperinflyatsiya darajasi 2730
foizga, 1993-yilda esa 10 155 foizga yetgan. Sobiq Sovet Ittifoqi parchalanishidan keyin
shakllangan o'n to'rt mamlakatdan o'ntasida hamda Polsha, Yugoslaviya va Bolgariyada
giperinflyatsiya (haddan ortiq pul taklifi siyosati sababli) kuzatilgan. YTTBga ko'ra, inflyatsiya
darajasi faqat urushni boshdan kechirayotgan Armanistonda Ukrainadan ko'ra yuqoriroq
edi
(38)
. Parlamentga bo'ysunuvchi UMB o'z xatosini anglab, kredit berishni to'xtatdi. 1994-
yilning iyul oyiga kelib, oylik inflyatsiya darajasi 2,1 foizgacha pasaydi. Parlamentga
UBMning qarori xush kelmadi va 1994-yilning avgustida UBM yana katta miqdorda kreditlar
ajratishga majbur bo'ldi (ya'ni, ekspansion monetar siyosatini amalga oshirdi). Natijada, 1994-
yilning oktabrida ushbu kreditlar inflyatsiyani 23 foizgacha oshirdi. Sovet iqtisodiyoti
parchalanishidan keyin vujudga kelgan resessiyani o'sha davrda o'tkazilgan monetar siyosat
yanada chuqurlashtirdi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling