106
bo'ladigan qadri bo'lmasa, unda qarz oluvchi va qarz beruvchilar uchun qarz shartlarini o'zaro
kelishish qiyin bo'ladi, jamg'arish va investitsiya qilishda qo'shimcha risk paydo bo'ladi va
biror muddat davomida bo'lib keladigan tranzaksiyalarda (masalan,
uy yoki mashina uchun
to'lovlarni amalga oshirishda) qo'shimcha noaniqliklar yuzaga keladi. Agar pulning qiymati
barqaror bo'lmasa, ko'plab o'zaro manfaatli potensial ayirboshlashlar
amalga oshmay qoladi
hamda ixtisoslashuv, katta miqyosda ishlab chiqarish va ijtimoiy
hamkorlikdan keladigan
foyda kamayadi.
Pul beqarorligining sabablari sir emas. Boshqa mahsulotlar kabi, pulning qiymati ham
talab va taklif orqali belgilanadi. Agar pul massasi o'zgarmas darajada bo'lsa yoki sekin va
barqaror darajada o'ssa, pulning xarid qobiliyati nisbatan barqaror bo'ladi. Aksincha, agar pul
massasi tovar va xizmatlar taklifiga nisbatan tezroq o'ssa,
pulning qadri pasayib, narxlar
ko'tariladi. Bu
inflyatsiya
(?)
deyiladi. U davlat o'z xarajatlarini to'lash
uchun pul bosib
chiqarganda yoki markaziy bankdan qarz olganga vujudga keladi.
Doimiy inflyatsiyaning yagona manbai pul massasining keskin o'sishidan iborat.
Aylanmadagi pul massasi
(?)
mamlakat valyutasi,
joriy depozit hisob raqamlaridagi
(?)
omonatlar hamda shaxslar va korxonalarning shunga o'xshash to'lov
manbalarining
(34)
jami
miqdoriga teng. Agar pul massasi iqtisodiyotning o'sish sur'atlaridan tezroq o'ssa, tovar va
xizmatlarning narxi ko'tariladi.
107
7-chizma: Pul massasining o'sishi va inflyatsiya, 1990-2014-yillar
Pul massasining o'rtacha
yillik
o'sish surati (%)
Inflyatsiyaning o'rtacha yillik
darajasi (%)
Do'stlaringiz bilan baham: