James d. Gwartney


Vaqt o'tishi bilan Orol dengizi holati


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Vaqt o'tishi bilan Orol dengizi holati
Investitsiyaning noto'g'ri taqsimlanishi va faol o'zgarishlardan orqada qolish ushbu
mamlakatlarning ko'pchiligida sotsializmning qulashiga olib keldi.
Video:
Global qishloq


100
Uy-joyni moliyalashtirish uchun davlatning kreditlarni bo'yicha yaqin o'tmishdagi
AQSH tajribasi ham kapitalni siyosiy taqsimlashning amalda ishlashini ko'rsatadi. Odatda
«Fannie Mae» va «Freddie Mac» deb tanilgan Federal milliy ipoteka krediti uyushmasi va
Federal uy-joy ipoteka krediti korporatsiyasi, muvofiq ravishda, 1968 va 1970-yillarda davlat
moliyalashtiradigan korporatsiya sifatida Kongress tomonidan tashkil etilgan. Ulardan kapital
bozori faoliyatini takomillashtirish va uy-joy kreditini arzonlashtirish kutilgan. Fannie Mae va
Fannie Mac xususiy kompaniyalar bo'lishiga qaramasdan, mablag' jalb qilish uchun ular
chiqargan obligatsiyalarni investorlar kam riskli deb hisoblagan, chunki ular davlat tomonidan
kafillangan bo'lgan. Natijada, Fannie Mae va Freddie Mac xususiy korxonalarga nisbatan 0,5
foiz band arzonroq stavkada qarz olishga muvaffaq bo'lgan. Bu ularga raqobatchilari ustidan
katta ustunlik berdi va ular ko'p yillar davomida yuqori daromadga ega bo'ldilar.
Lekin davlat sponsorligi Fannie Mae va Freddie Mac faoliyatiga jiddiy siyosiy tus
berdi. Prezident ularning boshqaruv kengashiga bir necha a'zolarni tayinladi. Fannie Mae va
Freddie Macning oliy rahbariyati yetakchi kongressmenlarga katta siyosiy in'omlar berdilar.
Bundan tashqari ular Kongress xodimlarini ko'pincha yuqori maoshli ishlarga yolladilar,
xodimlar esa, o'z navbatida, o'zlarining avvalgi davlat rahbarlarini lobbi qildilar. Ularning
lobbi faoliyati afsonaviy edi. Lobbi qilish orqali Kongressdan maxsus imtiyozlar olish va shu
imtiyozli statusini davom ettirish uchun 1998 va 2008-yillar o'rtasida Fannie Mae 79,5 million
dollar, Freddie Mac esa 94,9 million dollar sarfladilar
(32)
.
Fannie Mae va Freddie Mac ipoteka krediti
(?)
 berish bilan shug'ullanmagan, ya'ni uy-
joy sotib olishi uchun odamlarga tog'ridan-tog'ri kredit ajratmagan. Buning o'rniga ular ipoteka
kreditlarini ikkilamchi bozordan, ya'ni banklar va boshqa kreditorlar ajratgan ipoteka kreditlari
bozoridan sotib olar edi. Mablag'larni arzonroq jalb qila olishi sababli, ular juda ko'p ipoteka
kreditlarini sotib oladi va 1990-yillarning o'rtasiga kelib davlat tomonidan moliyalashtirilgan
bu ikki kompaniya jami uy-joy ipoteka kreditlarining qariyb 40 foiziga egalik qiladi. Ularning
ikkilamchi bozordagi hukmronligi bundan ham katta bo'lgan. 2008-yilda to'lov

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling