James d. Gwartney
Samarali kapital bozorlari
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapital investitsiyalar
Samarali kapital bozorlari
Barcha ishlab chiqarishning asosiy maqsadi iste'moldan iborat bo'lsada, odatda resurslardan avvalo dastgohlar, og'ir uskunalar va binolar qurish uchun foydalanish zarur. Bular esa, o'z navbatida, kerakli iste'mol tovarlarini ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin. Boshqacha aytganda, investitsiya kelajakdagi iste'mol hajmini oshiradi, lekin u bugungi iste'molning bir qismidan voz kechishni talab qiladi. Kapital investitsiyalar (?) kelajakda ko'proq iste'mol tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga mo'ljallangan uzoq muddatli resurslarni qurish va yaratishdan iborat bo'lib, ular iqtisodiy o'sishning muhim potentsial manbasidir. Masalan, mahalliy pizza do'koni tandir kabi investitsiya tovarini sotib olishi unga kelajakda ishlab chiqarish hajmini oshirishiga yordam beradi. Ushbu investitsiya tovarlarini (?) ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan resurslar (ish kuchi, yer va tadbirkorlik kabi) iste'mol tovarlarini ishlab chiqarishda qatnashmaydi. Agar ishlab chiqarganimizning barchasini iste'mol qilsak, investitsiya uchun resurs qolmaydi. Shuning uchun investitsiya jamg'arishni (?) , ya'ni joriy iste'mol hajmini qisqartirish orqali boshqa maqsadlar uchun mablag'ni tejashni talab qiladi. Investitsiyani moliyalashtirish uchun ELEMENT 2.4 O'z salohiyatiga erishish uchun davlat kapitalni farovonlikni oshiruvchi loyihalarga yo'naltiruvchi mexanizmga ega bo'lishi kerak. 97 yoki investor, yoki unga mablag' ajratishga tayyor shaxs jamg'arishi kerak bo'ladi. Jamg'arma investitsiya jarayonining ajralmas qismidir. Lekin hamma investitsiya loyihalari har doim samarali bo'lavermaydi. Investitsiya natijasida qo'shimcha ishlab chiqarilgan mahsulotning qiymati uning tannarxidan yuqori bo'lsagina investitsiya loyihasi mamlakat farovonligini oshiradi. Aks holda, loyiha samarasiz hisoblanib, farovonlik darajasini kamaytiradi. Investitsiyalarning muvaffaqiyatini oldindan aniq aytish qiyin, shuning uchun gohida eng istiqbolli investitsiya loyihalari ham farovonlik darajasini oshirishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Iqtisodiy taraqqiyotning istiqbolliligini ta'minlash uchun mamlakat jamg'arma mablag'larini jalb qilish va ularni farovonlikni oshirish ehtimoli yuqori bo'lgan investitsiyalarga yo'naltirish mexanizmiga ega bo'lishi kerak. Bozor iqtisodiyotida ushbu vazifani kapital bozori (?) bajaradi. Keng ma'noda u aksiyalar, obligatsiyalar va ko'chmas mulk bozorlarini o'z ichiga oladi. Fond birjasi (?) , banklar, sug'urta kompaniyalari, pay fondlari va investitsiya kompaniyalari kabi moliyaviy Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling