James d. Gwartney
institutlar (?) kapital bozori faoliyatida muhim rol o'ynaydi. Kichik biznes egalari, korporativ aksiyadorlar
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
institutlar
(?) kapital bozori faoliyatida muhim rol o'ynaydi. Kichik biznes egalari, korporativ aksiyadorlar (?) va venchur kapitalistlar (?) kabi xususiy investorlar kapital bozorida o'z mablag'larini tavakkal qiladilar. Biroq, investorlar ham gohida xatoga yo'l qo'yadi. Ba'zan ular amalga oshirgan loyihalar muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topadi. Agar investorlar bunday tavakkal qilmaganda edi, ko'p g'oyalar sinovdan o'tmay qolgan va ko'plab samarali, lekin qaltis loyihalar amalga oshmagan bo'lar edi. Internet xizmatlarining rivojlanishida tadbirkorlik, tavakkal qilish va kapital bozorining rollarini ko'rib chiqaylik. 1990-yillarning o'rtalarida Kaliforniyadagi Stenford universiteti aspirantlari Sergey Brin (Rossiyadan kelgan immigrant) va Larri Peyj Internetdan ma'lumot izlashni yengillashtirish bo'yicha ilmiy loyiha ustida ishlayotgan edilar. Ularning kelajakda muvaffaqiyatli tadbirkor bo'lishiga ishonish qiyin edi. Biroq, 1998-yilda Brin va Peyj Google Inc. ga, ya'ni reklama orqali daromad ko'radigan tekin Internet xizmatlari bo'yicha biznesga asos soladilar. Ular yaratgan kuchli ma'lumot izlovchi Internet xizmati kundalik ravishda millionlab shaxslar va korxonalarning unumdorligini oshiradi. Ular katta boylikka erishdilar va Google yaxshi tanilgan kompaniyaga aylandi. 2018-yilda uning 85 000 dan ortiq xodimi (uning ota kompaniyasi Alphabetni hisobga olganda) bo'lgan. Oxirgi o'n yilda eBay va 98 Amazon kabi boshqa Internet-kompaniyalar ham foyda olib, jadal o'sdi. Biroq, bir qator Internet xizmatlari bo'yicha boshqa yangi korxonalarning taqdiri o'zgacha yakunlandi. Broadband Sport va eVineyard kabi ko'plab «dot-com» larning daromadlari xarajatlarini qoplashga yetarli bo'lmaganligi sababli, bankrot bo'ldi. Bu korxonalarning katta umidlari puchga chiqdi. Noaniqlik dunyosida muvaffaqiyatsiz investitsiyalar yangi texnologiyalar va mahsulotlarni yaratish uchun to'lanadigan kerakli haqdir. Biroq, bunday muvaffaqiyatsiz loyihalar aniqlanib, ular to'xtatilishi kerak. Bozor iqtisodiyotida ushbu vazifani kapital bozori amalga oshiradi. Agar korxona zarar ko'rishda davom etsa, oxir-oqibatda investorlar loyihani to'xtatib, mablag'larining behuda sarflanishiga chek qo'yadi. O'zgarishlar sur'atini va tadbirkorlik qobiliyatining xilma-xilligini hisobga olsak, kapitalni taqsimlashda sog'lom qaror qabul qilish uchun bitta rahbarning, sanoatni rejalashtirish qo'mitasining yoki davlat muassasasining zehn-qobiliyati yetarli emas. Investitsiya mablag'larini farovonlikni oshirishga mo'ljallangan loyihalarga uzluksiz yo'naltiradigan mexanizmni xususiy kapital bozorisiz yaratishning iloji yo'q. Nega? Agar sarmoya bozor tizimi o'rnida davlat tomonidan taqsimlandanga, butunlay boshqa omillar harakatga keladi. Loyihalarning qaysi biri tanlanishini bozor printsipiga asoslangan daromad emas, balki siyosiy ta'sir belgilaydi. Farovonlikni oshiradigan emas, balki uni pasaytiradigan investitsiya loyihalarining ehtimoli oshadi. Siyosiy qarorlar ta'mirlash bilan bo'gliq faoliyatdan ko'ra yangi loyihalarni qo'llab-quvvatlashga ham moyil. Avtomagistralning ochilish marosimi o'nqir-cho'nqir yo'lni ta'mirlashga nisbatan ko'zga ko'proq ko'rinadi. Sovet davridagi markazlashgan rejalashtirishga asoslangan sotsialistik mamlakatlarning tajribasi bu nuqtai nazarni izohlaydi. Qirq yil davomida (1950–1990-yillar) ushbu mamlakatlardagi investitsiya darajasi dunyodagi eng yuqorilardan biri hisoblangan. Markaziy rejalashtirish organlari milliy daromadning deyarli uchdan bir qismini kapital qo'yilmalariga yo'naltirgan. Biroq investitsiyaning bunday yuqori darajasi ham turmush sharoitini uncha yaxshilamadi, chunki loyihalarni moliyalashtirish iqtisodiy emas, balki siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqib belgilanar edi. Resurslar ko'pincha iqtisodiy muvofiq bo'lmagan loyihalarga sarflangan va muhim siyosiy rahbarlar katta siyosiy ahamiyatga («nufuzga ega») ega investitsiyalarni qo'llab-quvvatlagan. Taqsimot muammosini ikki misolda ko'rsa bo'ladi. Stalin 99 Oq dengiz kanalini qurishga undagan, lekin uning belgilagan bema'ni vaqt jadvaliga binoan, kanal juda sayoz va foydasiz bo'lib chiqqan. Xrushchevning Qozog'istonni Amerika va Kanada dashtlari darajasida bug'doy yetishtirishga yetkazish kampaniyasi natijasida keng ko'lamli sug'orish loyihalari vujudga keldi. Bu esa, o'z navbatida, Orol dengizining qurishiga olib keldi (31) . Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling