James d. Gwartney


Video: Eng kam ish haqi — bu yaxshi g'oyami yoki yomon?


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Eng kam ish haqi — bu yaxshi g'oyami yoki yomon?
Davlat boshqaruvi, ayniqsa, mehnat bozorlarida
(?)
muhim. Ko'p mamlakatlardagi
qonunlar turli faoliyatni amalga oshirishda shartnomalardan yoki erkin kelishuvlardan
foydalanishga to'sqilnlik qiladi. Ishdan bo'shatish tartiblari bunga misol bo'ladi. Bir qator
Yevropa mamlakatlarida ish kuchini qisqartirishni xohlagan ish beruvchilardan quyidagilar
talab etiladi: (1) davlat muassasalaridan ruxsat olishi; (2) ishdan bo'shatiladigan xodimlarga
oylab oldin ogohlantirish va (3) ishdan bo'shatilgan xodimga bir necha oy haq to'lashni davom
ettirish.
Bu qoidalar ishchilarning mafaatini ko'zlagandek ko'rinishi mumkin, ammo ikkilamchi
ta'sirlarni ham hisobga olish zarur. Ishchilarni bo'shatishini qimmat qiluvchi qonunlar ularni
yollashini ham qimmatlashtiradi. Ishdan bo'shatishning qimmatligi sababli, ish beruvchilar
qo'shimcha ishchilarni ikkilanib ishga oladilar. Natijada, yangi ish kuchining ish topishi qiyin
kechadi va bandlikning o'sishi sekinlashadi. Bu holat mehnat bozorlari Qo'shma Shtatlariga
nisbatan ko'proq nazorat qilinadigan bir qator Yevropa mamlakatlariga xos. Bunday davlat
boshqaruvi Italiya, Ispaniya va Frantsiya kabi G'arbiy Yevropa mamlakatlarida ishsizlik
darajasi Qo'shma Shtatlariga qaraganda oxirgi ikki o'n yillik davomida kamida 4 yoki 5 foizga
yuqori bo'lganligining asosiy sababi hisoblanadi
(27)
. Jons Hopkins Universiteti professori Stiv
Hankening tadqiqotlariga ko'ra, 2010–2015-yillarda eng kam ish haqi qonunan tartibga
solingan YI mamlakatlarida ishsizlik darajasi eng kam ish haqi tartibga solinmagan YI
mamlakatlariga qaraganda 50 foizga yuqori bo'lgan.
Post-kommunist Rossiya eng kam ish haqi ta'sirini o'rganishga ajoyib misol bo'ladi.
2007-yilda mamlakatda federal eng kam ish haqi miqdori ikki barobardan ko'proqqa (ba'zi
hududlarda esa bundan ham ko'proqqa) oshirildi. Natijalarga qaraganda bu yoshlar bandligini
oshishiga va noqonuniy bozor miqyosini kengayishiga sabab bo'ldi
(28)
.
Ishga qabul qilish va bo'shatish bo'yicha qonunlar Yevropaga nisbatan Qo'shma
Shtatlarida uncha cheklanmagan bo'lsada, kasbiy faoliyatni litsenziyalash
(?)
ham Qo'shma
Shtatlarida, ham Yevropa Ittifoqida mehnat bozoridagi jiddiy cheklov bo'lib qolmoqda.


94
Qo'shma Shtatlaridagi kasbiy faoliyatni litsenziyalash asosan shtatlar darajasida amalga
oshiriladi. Litsenziya olish uchun oz miqdordan juda yirik miqdorgacha bo'lgan to'lovni
amalga oshirish, 6 oydan to 12 oygacha mashg'ulot kurslarida o'qish va sinovlardan o'tishni
talab etiladi.
1970-yildagi yaqin o'tmishda 15 foizdan kamroq Amerikaliklar litsenziya talab
etiladigan ishlarda faoliyat yuritgan. Bugunga kelib bu raqam 30 foizga yaqinni tashkil etadi va
u o'sishda davom etyapti. 1980-yilning o'rtalarida kamida bitta shtat 800 dan ortiq kasbiy
faoliyatni litsenziyalagan. Litsenziyalash, ijroni ta'minlash va tartibga solish bo'yicha Kengash
ma'lumotlariga qaraganda, bugun 1100 dan ortiq faoliyat turi uchun litsenziya talab etiladi.
Garchi ushbu talablar soni va ta'siri a'zo mamlakatlar o'rtasida katta farq qilsada, yaqinda
o'tkazilgan tadqiqotlar Yevropa Ittifoqidagi (YI) ishchilarning qariyb 22 foizi kasbiy faoliyatini
litzenziyalash bo'yicha talablarni bajarishga majbur ekanligini ko'rsatdi. Bu ko'rsatkich
Germaniyada eng yuqori bo'lib, u 33 foizga teng. Hisoblarga ko'ra, 2017-yilda litzenziyalash
YIning tegishli sanoat tarmoqlaridagi ish o'rinlarini deyarli 700 000ga kamaytirgan. Aynan
o'sha hisobotga ko'ra, cheklovchi litsenziyalash oqibatidagi bozor darajasidan yuqori bo'lgan
ish haqi esa YI hududida daromad tengsizligini oshirgan
(29)
.
Litsenziyalash tarafdorlari iste'molchilarni qalbaki va xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan
mahsulotlardan himoya qilish zarurligini o'qtiradilar. Biroq litsenziyalash talab qilingan ko'p
amaliyotlarning jamoat xavfsizligi yoki iste'molchini himoya qilishga a'loqasi yo'q
(30)
. Misol
uchun, bir yoki bir necha shtatlarda quyidagi faoliyatlarga litsenziya talab qilinadi: interyer
dizayneri, vizajist, gul sotuvchisi, soch turmaklash ustasi, shampun mutaxassisi, dietolog,
xususiy detektiv, sport treneri, sayyohlik gidi, eshitish moslamasini o'rnatuvchi mutaxassis-
audiolog, dafn marosimi xizmatchisi, tobut sotuvchi, hattoki sassiqkuzan yetishtiruvchi va
folbinlik. Litsenziyalashga talab kamdan-kam hollarda iste'molchi guruhlardan chiqadi.
Aksincha, u deyarli doimo ushbu sohalarda allaqachon ishlayotgan shaxslardan chiqadi. Bu
iqtisodchilar uchun ajablanarli hol emas, chunki litsenziyalashdan asosan amaldagi kasb
egalari manfaatdor bo'ladi.
Ko'p litsenziyalashgan sohalarda yuqori darajada faoliyat ko'rsatish uchun shaxslar
malakalarini ish jarayonidan va soha mutaxassislari bilan yonma-yon ishlash orqali oshirishlari
mumkin. Litsenziyalash talablari shaxslarga o'zlari istagan kasb-hunarni egallash uchun


95
yuqoridagi uslublar bilan malaka oshirishlarini taqiqlaydi. Litsenziyalash, ayniqsa, uzoq
rasmiy tayyorlov kurslarida o'qishni va katta to'lovlarni talab qilsa, litsenziyalashgan
amaliyotchilar tovar va xizmatlarining hajmini kamaytirib, ularning narxlarini oshiradilar.
Faoliyat yuritayotgan amaliyotchilar iste'molchilar va litsenziyasi yo'q bo'lg'usi ishlab
chiqaruvchilar hisobidan manfaat ko'radi. Litsenziyasiz ishlab chiqaruvchilarning ish topish
imkoniyati kamayib, kutilgan savdo manfaati amalga oshmaydi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling