James d. Gwartney
iqtisodiy taraqqiyotga to'sqinlik qiladi
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
iqtisodiy taraqqiyotga to'sqinlik qiladi.
89 ta'kidlaydi. (U o'zining avvalroq yo'zilgan «Boshqa yo'l» kitobida ushbu jarayon davomida jami o'n marta pora so'ralganini va undan ikkitasini qonuniy faoliyat yuritish uchun berishga to'g'ri kelganligini oshkor qilgan.) Ehtimol, professor de Sotoning faoliyatiga bo'lgan katta e'tibor ushbu sustkashliklarga ham diqqatni jalb qildi va bu oxirgi yillarda biznesni ochish bilan bog'liq byurokratiyani ancha yengillashtirilishiga sabab bo'ldi. Bu iqtisodiy sog'lom fikrlashni tushunish katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Jahon Banki ma'lumotlariga qaraganda, bisnes ochishga ketadigan dunyo bo'yicha o'rtacha ko'rsatkich 2005-yilda 51 kundan 2018-yilda 20 kunga tushdi. Atigi 3.5 kunni tashkil qilgan Shimoliy Amerikadan tashqari, talab etilgan vaqt har bir daromad darajasidagi barcha mamalakatlarda va mintaqalarda keskin kamaydi. Qonuniy buznes ochishga 230 kun talab etilgan Venesuela reytingning oxirida joylashganligi ajablanarli hol emas. Reytingning boshida joylashgan Yangi Zelandiya va Gruziyada bu jarayon yarim kunni talab qiladi (25) . Post-kommunist mamlakatlari orasida Bosniya va Gersegovinada biznes ochish uchun eng uzoq vaqt, ya'ni 80 kun talab qilingan. Post-kommunist mamlakatlari biznes ochish masalasida aslida katta yutuqlarga erishdi: agar bu Sharqiy Osiyoda 23 kunni va Lotin Amerikada 28 kunni tashkil etsa, mintaqada bu o'rtacha 14 kunni tashkil etadi. Ikkinchidan, qonun ustuvorligi va shartnomalar erkinligi o'rniga siyosiy vakolatlarni ustun qo'yuvchi qoidalar odatda savdo-sotiq manfaatlariga putur yetkazishga moyil bo'ladi. Bir necha mamlakatlarda davlat mulozimlari ixtiyoriga havola ish tutishiga keng vakolatlatlar beruvchi qonunlarni qabul qilish odat tusiga kirgan. Masalan, 1980-yillarning o'rtalarida Gvatemala bojxona xodimlariga tarif to'lovlaridan «davlat manfaatlari» yo'lida ozod qilish vakolati berilgan edi. Bunday qonunchilik davlat mulozimlari tomonidan pora talab qilishga yo'l ochadi. U o'rnatilgan qoidalarga aniqsizlik kiritib, tadbirkorlik faoliyatini chiqimliroq qiladi va unga ishtiyoqni, ayniqsa vijdonli odamlar uchun, kamaytiradi. Davlat qoidalarini qo'llab-quvvatlash odatda toza atrof-muhitga bo'lgan istaklardan yoki iste'molchilarni noinsof tadbirkorlardan himoya qilishga bo'lgan talablardan kelib chiqadi. Qoida va tartiblar bu sohalarda ijobiy rol o'ynashi mumkin. Ammo bu yerda ham qonun aniq-ravshan va xolis bo'lishi zarur. Aks holda, u savdo mafaatlariga to'siq bo'ladi. Qoida va tartiblar raqobatni cheklash orqali ba'zi korxonalarga tez-tez yordam berib turadi. Bunday davlat boshqaruvi ayrim manfaatdorlar uchun manfaatli bo'lganligi sababli, u 90 qo'shimcha chiqimlarga olib keladi: korxonalar, mehnat tashkilotlari va boshqa manfaatdor guruhlar o'z mijozlariga imtiyozlar berish uchun siyosiy jarayonga ta'sir ko'rsatishga harakat qilishadi. Ba'zilar siyosatchilar va davlat bosqaruvi tahkilotlarini to'siqlar o'rnatish yoki ularni kuchaytirish uchun lobbi qilsalar, boshqalar (undan katta talofot ko'rganlar) esa to'siqlarning ta'sirini kamaytirishga lobbi qiladilar. Har qanday masalani lobbi qilish yuqori malakali shaxslarning vaqt va g'ayratini talab qiladi. Boshqalarning unumdorligini kamaytiradigan siyosiy imtiyozlar olishga harakat qilishdan ko'ra, ular boylik yaratish bilan mashg'ul bo'lishlari mumkin edi. Qadrli resurslarni umumjamiyat uchun samara keltirmaydigan, lekin alohida shaxs yoki korxona uchun foyda keltiradigan yo'llar orqali isrof qilish harakatlari renta Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling