James d. Gwartney


— Kler Uilkoks [Clair Wilcox], Suortmor kollejining [Swarthmore College] sobiq iqtisod fani


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

— Kler Uilkoks [Clair Wilcox], Suortmor kollejining [Swarthmore College] sobiq iqtisod fani
professori
Raqobatning borligi bozorning ochiqligiga va unga boshqa sotuvchilarning erkin kira olishiga
bog'liq. Raqobat — bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi. Raqobatchi korxonalar mahalliy,
ELEMENT 2.2
Raqobat resurslardan oqilona foydalanishni va foydali yangiliklar kiritishni
rag'batlantiradi.


82
mintaqa, mamlakat yoki jahon miqyosidagi bozorlarda faoliyat yuritishi mumkin. Raqobat
jarayoni korxonalarni samarali faoliyat ko'rsatishga va iste'molchilarning afzalliklarini hisobga
olishga majburlaydi. Raqobat samarasiz ishlab chiqaruvchilarni barbod qiladi. Agar korxonalar
iste'molchilarga sifatli tovarlarni manzur narxlarda ta'minlay olmasa, ular zarar ko'radilar va
axiri biznesdan chetlatiladilar. Muvaffaqiyatli korxonalar raqiblariga nisbatan ilg'or bo'lishlari
kerak. Bunga turli uslublar, jumladan mahsulot sifati, bezagi, xizmat ko'rsatish darajasi, qulay
joylashuvi, reklama va narxlar orqali erishish mumkin, lekin iste'molchilar uchun mahsulot
qadrining xarajatlarga nisbati raqobatchilarnikiga nisbatan kam bo'lmasligi va korxona buni
izchil tarzda taklif qilishi shart.
McDonalds, Carrefour, Amazon, General Motors yoki boshqa har qanday korxonani
narxlarni oshirishdan, sifatsiz mahsulot sotishdan va yomon xizmat ko'rsatishdan nima ushlab
turibdi? Javobni raqobatdan topamiz. Agar McDonalds mazali sendvichni manzur narxda
tabassum bilan taklif qilmasa, odamlar Burger King, Wendy's, Subway, Taco Bell va boshqa
raqobatchilarga murojaat qiladi. Hattoki juda yirik korxonalar ham iste'molchilarga sifatli va
arzon mahsulotni ta'minlay olgan yosh va kichik korxonalarga yutqazishi mumkin. Agar Fiat,
Toyota, General Motors va Ford kabi katta korxonalar odamlar xohlagan avtomobil turini
raqobatbardosh narxlarda taklif qilishdan bir qadam orqada qolishsa, ular iste'molchilarini
Honda, Hyundai, Volkswagen va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilariga yutqazib
qo'yishlari mumkin.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling