James d. Gwartney
UYALI TELEFON EVOLYUTSIYASI, 1973–2015-YILLAR
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Video: Siz Internetdan voz kechardingizmi
- «ijodkor vayronalik»
UYALI TELEFON EVOLYUTSIYASI, 1973–2015-YILLAR
Ko'plab tovarlar, jumladan avtomobillar, televizorlar, konditsionerlar, idish yuvish mashinalari, mikroto'lqinli pechlar va shaxsiy kompyuterlar ham xuddi shunday jarayondan o'tgan. Bularning hammasi dastlab juda qimmat bo'lgan, ammo tadbirkorlar ishlab chiqarishni tejamli qilish va sifatni oshirish yo'llarini topganda, ular ommabop buymga aylandi. Tadbirkorlar hamda raqobat jarayonining rolini tahlil qilganimizda, narx-sifat o'rtasidagi nisbatni hisobga olish muhim. Raqobat muhitida omon qolishni istagan tadbirkorlar xotirjam bo'lmasliklari kerak. Bugun muvaffaqiyatli bo'lgan mahsulot ertangi raqobat sinoviga bardosh bermasligi mumkin. Raqobatdosh bozorda muvaffaqiyat qozonish uchun tadbirkorlar ilg'or g'oyalarni oldindan ko'ra bilishi, aniqlay olishi va tezda amalga kirita olishi lozim. Video: Siz Internetdan voz kechardingizmi? Raqobat jarayoni mahsulot yoki xizmatlar xarajatini past darajada ushlab turishga eng 85 muvofiq korxona tuzilmasi va o'lchamini ham belgilaydi. Boshqa iqtisodiy tizimlardan farqli o'laroq, bozor isqtisodiyoti raqobat qiluvchi korxona turlarini majburan belgilamaydi. Barcha ko'rinishdagi tashkilot tuzilmalari faoliyatiga ijozat beriladi. Xususiy tadbirkor, sheriklikka asoslangan tadbirkorlik, korporatsiya (?) , ishchilar jamoasi tashkiloti, iste'molchilar kooperativi, jamoa yoki boshqa shakldagi korxonalar bozorda erkin faoliyat yuritishlari mumkin. Muvaffaqiyat qozonishi uchun u faqat yagona sinovdan, ya'ni xarajat samaradorligi sinovidan o'tishi kerak bo'ladi. Tijorat korxonasi, u korporatsiya yoki ishchilar jamoa korxonasi bo'ladimi, agar sifatli mahsulotlarni manzur narxlarda ishlab chiqarsa, u foyda ko'radi va muvaffaqiyatga erishadi. Agar uning korxona shakli o'xshash sifatdagi mahsulotni boshqa shakldagi tijorat korxonalariga qaraganda qimmatroq ishlab chiqarsa, raqobat uni bozordan siqib chiqaradi. Madomiki, ba'zi iste'molchilar har xil sifat-narx nisbatlarini tanlasa, raqobat bir vaqtning o'zida turli sifatdagi mahsulotlarni ham ta'minlaydi. Arzon Volkswagen bilan bir qatorda Mercedes (yuqori narxda) ham sotilishi mumkin. Boshqa tomondan esa, bozor qonunlariga davlatning ta'sirisiz (bozor iqtisodiyoti mamlakatlari importini taqiqlash yoki ularga yuqori tarif o'rnatish kommunistik mamlakatlarida oddiy holat bo'lgan) Sharqiy Germaniyning «Wartburg» va Rossiyaning «Jiguli» markali avtomashinalari raqobatga bardosh bera olmadi. Raqobat muhiti iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxonalar hajmini ham aniqlaydi. Ayrim sohalarda — masalan, samolyot va avtomobil ishlab chiqarishda — korxonalar miqyos samarasidan to'liq foydalanishi uchun juda yirik bo'lishi talab etiladi. Bitta avtomobilni ishlab chiqarish nihoyatda qimmat, lekin barqaror xarajatlar minglab birliklarga taqsimlanganda, har bir mashinaning ishlab chiqarish xarajati jadal kamayishi mumkin. Iste'molchilarning odatda tovarlarni tejamkorlik bilan ishlab chiqara oladigan va arzonroq sotadigan korxonalardan sotib olishlari tabiiy. Bunday sanotalrda kichik korxonalar samarali raqobat qila olmaydi va unda faqat yirik korxonalargina omon qoladi. Boshqa sohalarda esa, odatda xususiy tadbirkorlar yoki sheriklikka asoslangan kichik korxonalar iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Agar iste'molchilar shaxsiy xizmat va shaxsiylashtirilgan mahsulotlarni qadrlasa, unda odatda kichik korxonalar ustuvor kelib, katta korxonalar esa raqobatda qiyinchiliklarga duch keladi. Buni asosan yuridik va tibbiy xizmatlar, gurman restoranlar, go'zallik saloni va maxsus boshmaxona xizmatlari bozorlarida uchratish 86 mumkin. Demak, ushbu bozorlarda asosan kichik tadbirkorlar hukmronlik qiladi. Bu mantiqqa zid bo'lib ko'rinsada, raqobat ostidagi o'z manfaatlarini ko'zlash iqtisodiy taraqqiyot uchun qudratli kuchdir. Mahsulotlar, texnologiyalar, tashkiliy metodlar hamda tijorat korxonalari o'rtasidagi faol raqobat samarasiz bo'lganlarini bozordan siqib chiqarib, a'lo mahsulotlar va ilg'or texnologiyalarning doimiy ravishda yaratilishiga va joriy qilinishiga olib keladi. Yangi metodlar sifatni yaxshilab, xarajatlarni kamaytirsa, ularning ommabopligi tezda oshadi va ular ko'pincha eski metodlarining o'rnini bosadi. Bunga tarixdan misollar ko'p. Avtomobil ot-aravaning o'rnini bosgan. Supermarket oilaviy yuritilgan kichik mahsulot do'koni o'rnini bosgan. McDonalds kabi tez ovqatlanish shahobchalari mahalliy oshxona o'rnini bosgan. Boshqa chakana savdo do'konlari yopilayotgan bir paytda, «Carrefour» va «Metro Cash & Carry» tez o'sdi. MP3 va iPodlar CD-pleerlar o'rnini bosgan, CD-pleerlar esa qachondir kassetali magnitofonlarni siqib chiqargan. Shaxsiy kompyuterlar yozuv mashinalari, smartfonlar esa uncha ixcham bo'lmagan kompyuter qurilmalari o'rnini bosadi. Bunga o'xshash misollarni ko'plab keltirish mumkin. Buyuk iqtisodchi Yozef Shumpeter bu faol raqobatni «ijodkor vayronalik» (?) deb atab, u iqtisodiy taraqqiyotning asosini tashkil qiladi deb ta'kildaydi. Raqobat shaxsiy manfaatni foydali ishga yo'naltiradi va jamiyatimizning turmush darajasini oshiradi. Adam Smit «Xalqlar boyligi» kitobida qayd qilganidek: «Dasturxonimizning to'kin-sochin bo'lishi qassob, pivo pishiruvchi yoki novvoyning xayrixohligiga bog'liq emas, balki ularning o'z manfaatlari yo'lidagi harakatlari tufaylidir. Biz ularning insoniyligiga emas, balki xudbinligiga murojaat qilamiz va ularga o'z zaruriyatlarimiz to'grisida emas, balki ularning afzalliklari to'g'risida gapiramiz» (24) . Xususiy mulkchilik va raqobatdosh bozorlar birgalikda hamkorlikka asoslangan faoliyatning va resurslardan samarali foydalanishning poydevorini tashkil etadi. Xususiy mulk huquqi aniq-ravshan belgilanganda va hayotga tatbiq etilganda, ishlab chiqaruvchilar resurslardan foydalnishning muqobil qiymatiga duch keladilar. Shuningdek, ochiq va raqobatdosh bozorlardagi narxlar ishlab chiqaruvchilarga xarajatlarni kamaytirishga, 87 iste'molchilar istagini bajo keltirishga va sifatli mahsulotlar yaratishga va ishlab chiqarishning ilg'or metodlarini joriy qilishga qattiq rag'batlantiradi. Raqobat tadbirkor manfaati uchun xizmat qilmasligini ta'kidlab o'tish muhimdir. Aslida, korxonalar raqobat qilishni sevmaydilar va odatda undan o'zlarini himoya qilishga qaratilgan siyosat uchun lobbizm bilan shug'ullanadilar. Raqobatchilarning bozorga chiqishini cheklash uchun ular tez-tez to'siqlar qo'yishga urinadilar. Tartibga solish va siyosiy jarayonlar tahlilini davom ettirganimizda, korxonalarning bozor raqobatdoshligini kamaytirishga qaratilgan hatti-harakatlar bo'yicha misollarga qayta va qayta duch kelamiz. Haqiqatdan ham, oligarxlarning ma'lum mahsulot va xizmatlar bozorlarida hukmronlik muammosi post- kommunist mamlakatlarida ayniqsa keng tarqalgan. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling