James d. Gwartney
Video: Xususiy mulk huquqi iqtisodiyoti
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
Xususiy mulk huquqi iqtisodiyoti Quyidagi misollarni ko'rib chiqaylik. Quriyotgan daraxtning egasida uni qo'shnining uyiga yiqilmasidan oldin kesib tashlashga rag'bat bor. Agar itlari boshqalarni tishlash ehtimoli bo'lsa, bu egalarni itlarini arqon yoki tumshuqbog'da tutishga rag'batlantiradi. Mashina egasi uni boshqarish huquqiga ega, lekin agar mashinaning tormozi ishlamay qolib boshqa birovning mulkiga zarar yetkazsa, u bu uchun javobgarlikka tortiladi. Xuddi shu kabi, kimyo kompaniyasi mahsulotlarini o'zi nazorat qiladi va aynan shu sababli kimyoviy moddalardan noto'g'ri foydalanganda qonuniy javobgar bo'ladi. To'rtinchidan, xususiy mulkchilik resurslarni kelajak avlod uchun saqlab qolishga hamda oqilona rivojlanishga rag'batlantiradi. Resurslardan foydalanish daromad keltirishi mumkin va bu bugungi iste'molchilarning resursdan ishlab chiqarishda foydalanishga bo'lgan istagini aks ettiradi. Biroq, mulkchilik huquqi sababli kelajakdagi iste'molchilar ham o'z 77 ovozlariga ega. Daraxt xo'jaligi yoki kichik o'rmonzor kabi resurs egasi oldida daraxtlarini hozir yohud keyinroq kesish muammosi ko'ndalang turadi. Kelajakda yog'och-taxta materiallarining qiymati oshadimi? Boshqacha qilib aytganda, daraxtlarning yetilgandagi o'rtacha bahosi bugungi kesilgan daraxtlarning o'rtacha bahosidan kattaroq bo'ladimi? Undan tashqari, ushbu qiymat bilan bugun kesilgan daraxt bahosi o'rtasidagi farq daraxtlarni asrash va himoya qilish bilan bog'liq bo'lgan kelajak xarajatlardan kattaroq bo'ladimi? Shunday holda, mulk egasida resursni tejash, ya'ni joriy foydalanishni cheklab, resursning qiymati yuqori bo'lganda uni ta'minlash istagi mavjud bo'ladi. Agar iste'mol qilinadigan resursning kelajakdagi qiymati bugungi qiymatidan oshsa, xususiy mulkdorlar uni saqlab qo'yishdan manfaatdor bo'ladilar. Mazkur mulkdor foyda ko'rish vaqti kelganda mulk egasi bo'lmasa ham bu amal qiladi. Faraz qiling, 65 yoshli o'rmonchi fermer odatda ellik yilda hosilga kiradigan duglas archa daraxt ko'chatini ekdi. Keksa o'rmonchi fermerda daraxtni kelajakda foydalanishga saqlab qolish istagi bormi? Xususiy mulkchilik huquqi sharoitida javob «ha» ekanligi ravshan. Agar daraxtlarning o'sishi kelajakdagi daromadni muqobil investitsiyadan keladigan daromaddan kam bo'lmagan miqdorda ko'paytirsa, fermer daraxtlarni kelajak uchun saqlab qolishidan foyda ko'radi. Xususiy mulkchilik sharoitida daraxtlarning o'sishi va kutilgan hosil kuni yaqinlashishi bilan fermer yerining bozor bahosi ham oshadi. Daraxtlarni asl kesish vaqti fermerning o'limidan ancha keyinga to'g'ri kelsada, mulk egasi daraxtlarni (yoki daraxtlari bilan birga yerni) ularning oshayotgan qiymatini hisobga olib istagan paytida sotishi mumkin. Asrlar davomida pessimist odamlar bizda yaqinda daraxtlar, o'ta muhim minerallar yoki turli energiya manbalari tugab qoladi deb bong o'rib keladilar. Xususiy mulkchilikning rolini anglab yetmaganliklari sababli, ular takror va takror nohaq bo'lib chiqdi. Ushbu «qiyomat kuni» bashoratlarini sinchikilab o'rganish ibratlidir. XVI asr Angliyasida o'tin sifatida keng ishlatilgan yog'och tez orada tugab qoladi degan qo'rquv paydo bo'lgan edi. Yog'och narxlarning oshishi o'rmonlarni himoya qilishga rag'batlantirdi va ko'mirni ishlab chiqarish va undan yaxshiroq foydalanishga yo'naltirilgan investitsiyalarga turtki bo'ldi. Yog'och inqirozi tezda bartaraf bo'ldi. Ma'lum bir resurs xususiy mulkchilik ostida bo'lmasa ham, xususiy mulk bo'lgan boshqa resurslar bozori muammolarni odatda yechishi mumkin. XIX asrning o'rtalarida 78 Qo'shma Shtatlarida sun'iy yoritishda keng qo'llanilgan kit yog'i tugab qoladi degan vahimali bashoratlar paydo bo'lgan edi. Kitlarning egasi yo'qligi sababli, ular ochiq dengizda ayovsiz ov qilinar edi. Agar kit ovchisi imkoniyat bo'lganda kitni ovlay olmasa, yaqin kelajakda boshqa birov uni ov qilishi mumkin edi. Kit yog'i narxi oshsa ham kitlarni kelajak uchun saqlab qolishga rag'bat yoq edi, chunki xususiy mulkchilik huquqi mavjud bo'lmagan. Kitlar soni kamayishiga qaramasdan kit ovini hech kim cheklamadi. Biroq, kit yog'i narxining ko'tarilishi muqobil energiya manbalarini qidirib yaratishga kuchli turtki bo'ldi. Agar tadbirkorlar arzonroq yangi energiya manbasini yaratsa, ular juda katta daromad topishi mumkin edi. Vaqt o'tishi bilan bu neftning foyda keltiruvchi manbalarining kashf qilinishiga, arzonroq kerosinni ishlab chiqarishga va natijada kit yog'i narxining tushishiga, kit ovining kamayishiga hamda shu bilan kit yog'i inqirozining tugashiga olib keldi. Keyinchalik esa, odamlar neftdan foydalanishga o'tishi bilan ushbu resurs ham tugaydi degan bashoratlar yuzaga keldi. 1914-yilda Kon sanoati byurosi AQSHning jami neft zahirasi 6 milliard barreldan kam deb hisobot bergan. Bu esa Qo'shma Shtatlari neft mahsulotlarining hozirgi kundagi 40 oylik ishlab chiqariladigan miqdoriga teng. 1926-yilda Federal neft resurslarini saqlash bo'yicha boshqarma AQSH neft zahiralari yana yetti yilga yetadi deb hisoblab chiqqan edi. Keyinchalik, ya'ni 1970-yillarda nufuzli Rim klubi homiyligi ostida o'tkazilgan tadqiqot ham dunyo uchun o'xshash taxminlarni ilgari surdi. Xususiy mulkchilikdan kelib chiqadigan rag'batlarni tahlil qilganda, resurslar kamayib ketishi bilan bog'liq shunday «qiyomat kuni» bashoratlarining amalga oshmaganlik sababini tushunish oson. Agar xususiy mulkchilik ostida bo'lgan resursning tanqisligi oshsa, uning narxi ko'tariladi. Narxning oshishi iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar, novatorlar va injenerlarni (1) resursdan bevosita foydalanishni kamaytirishga (masalan, xona bo'sh bo'lganda chiroqlarni o'chirish yoki xonani issiqroq qilgandan ko'ra sviter kiyish hamda iste'molchi va ishlab chiqaruvchilar uchun avtomashina ba jihozlarni ta'mirlash); (2) o'rinbosarlarni (?) tirishqoqlik bilan qidirishga (masalan, iste'molchilarga avtomashinalar o'rnida avtobuslar yoki neft o'rnida shamol, gidro yoki atom quvvati); (3) resurs topish va uning kattaroq qismini qayta tiklashning yangi uslublarini yaratishga (masalan, gorizontal qazish yoki parchalash) rag'batlantiradi. Hozirgi vaqtda ushbu harakatlar «qiyomat kuni»ni yana kelajakka surdi va xususiy mulkchilik 79 ostidagi resurslar uchun bu harakatlar yana davom etishiga hech shubha yo'q. Ushbu farqni yanada ravshan ko'rish uchun sigir va Amerika buyvoli o'rtasidagi farqni ko'rib chiqing. Hech qaysi ikki hayvon kattaligi va go'shtining bahosi bo'yicha bir-biriga bunchalik yaqin emas, lekin umumiy mulk bo'lgan buyvol deyarli yo'q bo'lib ketguncha ov qilingan bo'lsa, xususiy mulk bo'lmish sigirlar bo'yicha taqchillik (?) mavjud deb hech kim ayta olmaydi (22) . Xususiy mulkchilk huquqini himoyalashga va shartnomalar ijrosining xolisligini ta'minlashga yo'naltirilgan huquq tizimi iqtisodiy o'sishning kuchlari hisoblangan savdo manfaatlari, kapital shakllannishi (?) hamda resurslar yaratilishi uchun zamin yaratadi. Aksincha, sust mulkchilik huquqi, kelishuvlar ijrosini ta'minlashda ishonchsizlik, qonunchilikda favoritizm (?) kabi illatlar ham investitsiyaga, ham resurslardan unumli foydalanishga putur yetkazadi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling