James d. Gwartney
Sug'urta (?) (uning ahamiyati keyinroq ko'rib chiqiladi) ham «suiste'molga» rag'bat yaratadi. Bu axloqiy xavf
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Sug'urta
(?) (uning ahamiyati keyinroq ko'rib chiqiladi) ham «suiste'molga» rag'bat yaratadi. Bu axloqiy xavf (?) deb atalib, unda aktivdan qanday foydalanish bo'yicha qaror qabul qilayotgan shaxs har qanday salbiy oqibat xarajatini boshqalar to'lashini yaxshi tushunadi. Su'gurta kompaniyasi o'g'irlangan mashinani boshqasi bilan almashtirib berishini bilgan haydovchilar mashinani qayerda qoldirganiga e'tibor bermasliklari yoki qulflashni unutishlari mumkin. Tibbiy sug'urtasi bo'lmagan chang'ichilarning eng xatarli qiyalarda uchish ehtimoli kamroq. Ikkinchidan, xususiy mulkchilik odamlarni o'z mulklarini boshqalar qadrlaydigan faoliyatlarda foydalanishni va rivojlantirishni rag'batlantiradi. Agar ular mulklaridan boshqalarga hush bo'lgan usulda foydalansalar yoki rivojlantirsalar, mulkning bozor narxi oshadi. Va aksincha, boshqalar, ayniqsa mijozlar va bo'lajak xaridorlar hush ko'rmagan o'zgartirishlar mulkning qiymatini pasaytiradi. Xususiy mulkchilik shaxsiy o'sishga ham ta'sir ko'rsatadi. Agar odamlar mehnatlari mevasini o'zlari ko'rsa, unda ularda qobiliyatlarini mukammalshtirish, ko'proq mehnat qilish va samarali bo'lish uchun rag'bat juda katta bo'ladi. Bunday faoliyat ularning daromadlarini ko'paytiradi. Nega universitet talabalari soatlab dars qilishga va oliy ta'lim bilan bog'liq xarajatlarni to'lashga tayyor? Buning javobi mehnatga bo'lgan xususiy mulkchilikdadir. Ularda 75 mehnatga nisbatan xususiy mulk huquqi mavjudligi sababli agar boshqalar yuqori baholagan bilimni olsa va qobiliyatlarini rivojlantirsa, ularning kelajakdagi daromadlari yuqoriroq bo'ladi. Shu tarzda, xususiy mulkchilik yer, bino va boshqa jismoniy aktivlar egalarini mulkdan boshqalarga manfaat keltiradigan usulda foydalanish, himoya qilish va rivojlantirishni rag'batlantiradi. Shuningdek, bularga amal qilmagan mulk egalari aktivlari qiymatining pasayishiga olib keluvchi xarajatlarga duch keladilar. Ko'p kvartirali uy-joy kompleksi egasini faraz qiling. U shaxsan mashinalar uchun to'xtash joyi, qulay kir yuvish xonalari, yaxshi sport zali, yoki kompleks hududida ko'rkam maysazor va suzish uchun basseyn kabilarni ta'minlashga e'tibor bermaydi. Agar iste'molchilar uchun ushbu ob'ektlar juda qadrli bo'lsa (ularni ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan), kvartiralarning egasida ularni ta'minlash rag'bati kuchli bo'ladi. Nega? Iste'molchilar qulayliklari ko'p kvartiralar uchun kattaroq ijara haqi to'lashga rozi bo'ladilar. Demak, ushbu qulayliklarni ta'minlay olgan kvartira egalari o'z mijozlari farovonligini yaxshilab, sof daromadlarini (shuningdek, ko'p kvartiralar kompleksining bozor bahosini) ham oshiradilar. Aksincha, agar kvartiralar egasi mijozlar istagan qulayliklar o'rniga faqat o'zlari hush ko'rgan qulayliklarni ta'minlasalar, unda ularning daromadlari va kapitalining (kvartiralarining) qiymati kamayadi. Qiziqarlisi shundaki, xususiy mulkchilik sotsialistik mamlakatlarda ham unumdorlikka ta'sir qiladi. Sobiq Sovet Ittifoqidagi qishloq xo'jaligi bunga yaqqol misol bo'ladi. Kommunist rejimi ostida oilalar yarim gektardan kam bo'lgan kichik tomorqalarida yetishtirilgan mahsulotlarni iste'mol qilishlari yoki sotishlari mumkin edi. Ushbu shaxsiy tomorqalar jami qishloq xo'jaligi yerlarning atigi 2 foizini tashkil qilgan edi. Qolgan 98 foizi esa yer va mahsulotlari davlatniki hisoblangan yirik kolxoz xo'jaliklaridan iborat edi. Sovet matbuoti xabar berganidek, Sovet Ittifoqidagi qishloq xo'jalik mahsulotlari jami qiymatining to'rtdan bir qismi o'sha mayda xususiy yer uchastkalarida yetishtirilgan. Bu esa shaxsiy tomorqalarning bir gektariga to'g'ri keladigan hosildorligi davlat kolxozlariga nisbatan deyarli 16 baravar ko'p bo'lganligini ko'rsatadi. Davlat mulkchiligidan xususiy mulkchilik tomon qo'yilgan kichik qadam ham hayratda qoldiradigan natijalarga olib kelishi mumkin. 1978-yilda Xitoy kommunist hukumati fermerlarga kollektiv xo'jaliklarida yetishtirilgan guruchning davlat don rejasidan ortiqcha bajarilgan qismiga to'liq egalik qilish siyosatini amalda joriy qildi. Natijada unumdorlik (?) 76 keskin oshdi, chunki endi fermerlarda samarali ishlab chiqarishga rag'bat bor edi. Kvotadan ortiqcha mahsulotning jamisini fermerlar ixtiyorida qoldirishga ruxsat berildi. Bu haqda gapning ovoza bo'lishi va «xususiylashtirish»ga qarshi rasmiy siyosatning davlat e'tiboridan chetda qolishi natijasida ushbu amaliyot olovdek tez tarqalib, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jadal o'sdi va fermerlarda iqtisodiyotning boshqa sohalariga o'tishlariga imkoni paydo bo'ldi (21) . Uchinchidan, xususiy mulkchilik mulkdorlarning o'z mulklaridan foydalanish jarayonida boshqalarga yetkazilgan zararga qonuniy javobgar qiladi. Sudlar mulkchilikdan kelib chiqadigan vakolatlarni tan oladi va ularning rioya qilinishini ta'minlaydi, shuningdek, ushbu vakolatlar bilan bog'liq mas'uliyatni ham ta'minlaydi. Xususiy mulkchilik nazoratni mas'uliyat bilan bog'laydi. Mulk egalari nazoratni amalga oshira olishi sababli ularga mas'uliyat yuklatilgan. O'z navbatida, ushbu javobgarlik mulkdorlarga o'z mulkidan mas'uliyat bilan foydalanish va boshqalarga zarar yetish ehtimolini kamaytirish uchun harakat qilishga kuchli rag'bat yaratadi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling